"Bunyodkor": O'zbekiston kubogi-2016 sari odimni “Jar”dan boshlaymiz. VIDEO
25 mar 2016 19:28
Yangiliklar
"Bunyodkor": O'zbekiston kubogi-2016 sari odimni “Jar”dan boshlaymiz. VIDEO
Mamlakat kubogining to'rt karra sohiblari oliy liganing yangi vakili – “Obod” klubi bilan kuch sinashishadi.
SHanba oqshomiga belgilangan “Obod” – “Bunyodkor” uchrashuvi “Jar” stadionida soat 16:00da boshlanadi. Stadionga kirish bepul.
O'zPFL uchrashuvni boshqarib borish uchun quyidagi hakamlar guruhini tayinladi: N.Kosimov (Qarshi), V.Lushin (Guliston), S.Hakimov (Samarqand), A.SHukurullaev (Toshkent). Uchrashuv nazoratchisi: F.Abdullaev (Toshkent).
Bu ikki jamoa bungacha ham kubok bahslari doirasida ikki bor to'qnash kelishgan. O'tgan yilgi turnirning aynan shu bosqichi doirasida kechgan qarama-qarshiliklarda “Bunyodkor” ikki uchrashuv natijasiga ko'ra chorak finalga yo'llanma olgandi (1:0 va 1:1). “Qaldirg'ochlar”ning har ikkala goliga bosniyalik legioner Samir Bekrich mualliflik qilgandi.
Etiboringizga “Bunyodkor” va “Obod” jamoalari o'rtasida kechgan avvalgi uchrashuvlar videosharhini havola qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar