“Bunyodkor” o'smirlari xalqaro turnir g'olibi!
09 iyu 2014 10:45
Yangiliklar
“Bunyodkor” o'smirlari xalqaro turnir g'olibi!
Qozog'istonning Taraz viloyatida sport ustasi Anton SHox xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan xalqaro turnir nihoyasiga etdi.
Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligidagi “Bunyodkor” futbol maktabining 2000 yilda tavallud topgan jamoasi finalda mezbonlar, Tarazning “Montajnik” klubini 1:0 hisobida engdi va bosh sovrinni qo'lga kiritdi. SHunisi quvonchliki, shaxsiy sovrinlarning ham ko'pchiligi yosh “qaldirg'ochlar”ga nasib etdi. “Eng yaxshi darvozabon” sovrini Jasur Umrzoqovga, “Eng yaxshi himoyachi” – Ixtiyor Xoldorovga, “Eng yaxshi to'purar” Abdunozir Abdurahmonovga topshirildi. Abdunozir turnirda 7 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi.
Musobaqaning so'nggi kunida quyidagi natijalar qayd etildi va barcha o'rin sohiblari malum bo'ldi:
7-o'rin uchun: “Sparta” (Tomsk) – 5-BO'SM (Taraz) – 6:2.
5-o'rin uchun: Toshkent terma jamoasi – “Abdish-Ota” (Kant) – 2:1.
3-o'rin uchun: “Rotor” (Volgograd) – “Ural” (Ekaterinburg) – 6:0.
Final: “Bunyodkor” (Toshkent) – “Montajnik” (Taraz) – 1:0.
O'smirlarimiz va ularning ota-onalarini ajoyib muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz!

Fikrlar