So’nggi yangiliklar

13:26Фарҳод Нишонов Осиё кубоги олдидан нималар деди?  0 12:58"Атлетико" "Барселона" ўйинчиси учун 50 млн евро атрофида маблағ тайёрлаб қўйди  2 12:55Ўзбекистон – Яман учрашувини қаердан кўриш мумкин?  2 12:35Винисиус Саудия Арабистони ҳақида: "Реал"да узоқ муддатга қолишга умид қиламан. Бу менинг уйим. Шу ерда тарихга киришни хоҳлайман"  7 12:07Гвардиола: "Бундай ҳолат илгари "Спортинг", "Брентфорд", "Манчестер Юнайтед"га қарши ўйинларда ҳам кўп марта юз берган"  31 11:49"Пахтакор"нинг собиқ мураббийи Россия клубида иш бошлади  1 11:40Жон Стоунз: "Олдинда яна 90 дақиқа бор ва биз вазиятни ўз фойдамизга тўғрилашимиз мумкин"  11 11:15«Барселона» ПСЖ футболчисини сотиб олмоқчи  6 10:48«Арсенал» ёзда 7 нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  6 10:35Қосимов «Қўқон-1912» жамоасига ўтишга яқин  4 10:00Осиё кубоги. U-20 терма жамоамиз эртага ўз юришини бошлайди. Яманга қарши қандай либосда ўйнашимиз маълум  5 09:40Анчелотти иродали ғалабадан сўнг нималар деди?  22 09:14Виниcиус «Ман Сити» мухлисларининг осган баннери ҳақида фикр билдирди  30 08:48Бугун ўсмирларимиз Марокашга қарши баҳс олиб боради  6 08:15Икки ярим ой аввал «Қизилқум» билан хайрлашган легионер жамоага қайтмоқда  0

"Bunyodkor" o'rinbosarlari dastlabki sinovdan qanday o'tishdi? Raqib murabbiyi nimalar dedi? (XORVATIYA KUNDALIGI) Yangiliklar

"Bunyodkor" o'rinbosarlari dastlabki sinovdan qanday o'tishdi? Raqib murabbiyi nimalar dedi? (XORVATIYA KUNDALIGI)

Yosh "qaldirg'ochlar"ning Xorvatiyadagi yig'ini davom etmoqda.


O'zbekiston? "Yalla" guruhining "Uchquduq" qo'shig'ini yaxshi ko'ramiz, futbolchilardan SHomurodovni taniyman. "Bunyodkor" o'rinbosarlari Xorvatiyada (KUNDALIK)


FOTO. Xorvatiya terma jamoasi mashg'ulot o'tadigan maydonga sayohat va stadion bosh menejerining fikrlari (KUNDALIK)


Klub o'rinbosarlari kecha mazkur yig'in doirasidagi dastlabki o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi. Jamoaning asosiy posboni Jasur Umrzoqov uchrashuvdan oldingi chigalyozdi mashg'ulotida jarohat olgani bois Mirsaid Tursunmatov boshlang'ich tarkibdan o'rin oldi, deya olamiz. Xudoga shukurki, Jasur Umrzoqovning jarohati tekshiruvlar natijasida jiddiy emasligi malum bo'ldi. Unga barcha zarur yordam ko'rsatilgan. Barchasi joyida. Raqib avval malumot berganimizdek, Xorvatiya uchinchi ligasi vakili "Medimure". 



"Bunyodkor" U-21 Xorvatiyada. Kunning birinchi yarmidagi voqealar va o'rtoqlik uchrashuvidagi raqiblar haqida (KUNDALIK)


Asosan jismoniy kuchga tayanib o'ynagan raqib futbolchilari ikki bo'limda ham "Bunyodkor"ning birgina xatosidan unumli foydalanib ketdi, xolos. O'yin tashkil qilish, himoyadan paslar orqali chiqishda vakillarimiz chakki ko'rinishgani yo'q. Ayni paytda o'rinbosarlar jamoasida yangi tarkib shakllanayotganini ham inobatga olish darkor. Hozirda Bilol Tupliev,  Mahmud Mahammadjonov, Muhammadsafo Fozilov asosiy jamoa bilan Minskda, Jasur Holdorov, Mironshoh Sattorov "Olimpik" ko'rigida, Jahongir O'rozov U-20 terma jamoasida. Ularning o'rniga 2004, 2005 yilda tug'ilgan bir necha nafar futbolchilar Zagreb yig'iniga jalb qilingan. Uchrashuvning 43-daqiqasiga qadar tartibli o'yin ko'rsatgan "qaldirg'ochlar" himoyadagi yagona xato tufayli gol o'tkazib yuborishdi, 0:1. Ikkinchi bo'limda ham shunday holat takrorlandi, 0:2. 

Nazorat uchrashuvi

BUNYODKOR U-21 - Medimure (Xorvatiya) - 0:2

Gol: Dorde Magdelinich, 43 - 0:1. Petar Xavoyich, 75 - 0:2.

"Bunyodkor U-21":  Mirsaid Tursunmatov, SHohruh Muhsinov, Xurshid Ubaydullaev, Aleksandr Zevadinov, Tohir To'xtasinov, Muhammad Bobur Asadullaev, Bobur Yorbekov, Abduazim Ortiqov, Andrey Gulyamov, Aziz Koshibxonov, Ulug'bek Kenjaev

"Medimure": Ivan Kalach, Jan Marijus, Ivan Tezachki, Marijan Fotak, Ivan Kegelj, Jozef Kuqi, Ivan Dakovich, Josko Rendulich, Dorde Magdelinich, Kristian Papovich, Marko Xarachi




Mazkur uchrashuvdan so'ng "Medimure" jamoasi bosh murabbiy Ivica Solomun fikrlarini bildirdi. 

— Sizning jamoangiz yosh va hali etarlicha tajribaga ega emasligi sezildi. SHunga qaramay birinchi bo'limda jamoamizga muammo tug'dira olishdi. Bo'sh zonalar qoldirishmadi. Ikkinchi goldan so'ng bizga nisbatan osonroq bo'ldi, deb o'ylayman. "Bunyodkor"da yaxshi yosh ijrochilar bor ekan. 

Raqib safidan aynan bir futbolchini ajratib ko'rsatish kerak bo'lsa, jamoa sardorini tanlayman. Jismoniy holati, o'yinni boshqarishi katta futbolchilarnikiga o'xshaydi. Jamoadagilarning ko'pchiligi individual kuchli. Futbolda eng muhimi to'xtab qolmaslik. Oldinga intilishlari zarur.

Jamoani sardor sifatida boshlab tushgan Xurshid Ubaydullaevning fikrlari quyidagicha bo'ldi.

 

— Xorvatiyadagi yig'in ko'ngildagidek ketmoqda. Evropa jamoalari bilan kuch sinashish orqali tajriba olyapmiz. Kechagi uchrashuv haqida to'xtalsam, omad va tajriba etishmadi. Raqib maydonda ustunlikka ega bo'ldi. Jamoadagi yoshlarimiz uchun bu bahs faqat foyda keltirdi, deya olaman. Ikkinchi o'yinda yuz foiz kuchimizni sarflab g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Jarohatdan so'ng o'yinimda ancha pasayish yuzaga keldi. O'ylaymanki, oldindagi yig'inlar orqali avvalgi sport formamga qaytaman



Uchrashuv 6 000 tomoshabinga mo'ljallangan "Mladost" arenasida bo'lib o'tdi. Maydon maysasi ajoyib holatda. Tomoshabinlar, sharhlovchilar va OAV uchun zarur sharoitlar yaratilgan. 


SHarxlovchilar va OAV uchun ajratilgan xona

Bugun Ivan Boshkovich jamoaga kelib qo'shiladi va katta ehtimol bilan kechki mashg'ulotlarni o'zi o'tkazadi. O'z vaqtida "Nasaf"da porlagan Boshkovich bilan ham suhbat tashkil qilish rejamdan o'rin olgan. Bizni kuzatishda davom eting. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика