So’nggi yangiliklar

22:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Фламенго" – "Челси". Таркиблар аниқ!  0 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  28 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  43 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  1 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0 20:2332 ёшли Парти "Арсенал"ни тарк этади — Туркия клублари ҳаракатда  0 19:38"Ливерпуль" ҳимоя чизиғида ўзгариш кутиляпти — "Кристал Пэлас" ҳимоячиси рўйхатдаги асосий номзодлардан бири  0 18:41Мудрик антодопинг қоидаларини бузганликда айбланса, "Челси" уни судга беради  7 18:18Аморим Рэшфордга чиқиш эшигини кўрсатмоқда: МЮ уни "Реал"га таклиф қилди   3 17:51Жароҳатдан кейинги катта сакраш: "Барселона" ёш истеъдод учун курашмоқда  2 17:23Фабрегас Моратани "Комо"га таклиф қилмоқчи  2 16:56Кореяда хорижлик дарвозабонларга қўйилган тақиқ бекор қилинди  1 16:29Умиджон Эргашев: "ОКМК билан ўйинда бизни ғалабадан бошқа натижа қониқтирмайди"  1 16:00Элдор Шомуродовнинг Туркияга йўл олиши футболчининг фойдасига ишлайдими ёки зарарига?  16

“Bunyodkor” OCHLda ketma-ket to'qqizinchi bor ishtirok etadi Yangiliklar

“Bunyodkor” OCHLda ketma-ket to'qqizinchi bor ishtirok etadi

Teglar :  Bunyodkor
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi qitamizning klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqasi – Osiyo CHempionlar ligasi turnirining guruh bosqichida ketma-ket to'qqizinchi bor ishtirok etmoqda.

Bu boradagi rekord ko'rsatkich Toshkentning boshqa bir jamoasi “Paxtakor”ga tegishli bo'lib, “sherlar” 2003/04-2013 mavsumlar davomida ketma-ket o'n marotaba musobaqada uzluksiz ishtirok etishgan. Demak, “Bunyodkor” bu boradagi rekordni takrorlashga yaqin.

Musobaqaning guruh bosqichini muvaffaqiyatli o'tkazib, ketma-ket “pley-off”ga yo'llanma olish borasidagi rekord ko'rsatkich “Bunyodkor” va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoalariga tegishli. “Qaldirg'ochlar” 2008-2014, “boss”lar 2009-2015 yillar oralig'ida muntazam ravishda etti mavsum guruh bosqichidan qoqilishlarsiz o'ta olgan. “Al-Hilol” joriy mavsumda ham guruh bosqichidan “eson-omon” o'ta olsa, bu boradagi mutlaq rekordchiga aylanib olishi mumkin.

“Bunyodkor” OCHLda ketma-ket to'qqiz mavsum ishtirok etayotgani o'ziga xos etiborga molik jihatdir. SHuningdek, “qaldirg'ochlar” guruh bosqichi doirasida sharq va g'arb mintalarda bir necha mavsumlar davomida qatnashgan yagona klubdir. “Bunyodkor” turnir davomida (hozircha) 68ta uchrashuv o'tkazdi. SHularning 26tasida g'alaba, 18tasida durang va 24tasida mag'lubiyat qayd etgan. To'plar farqi – 82:81.

2016
“Pley-off”dagi raqib: “Al-SHabab” (BAA)
Guruhdagi raqiblar: “Al-Nasr” (Saudiya Arabistoni), “Zob-Ahan” (Eron), “Lahviya” (Qatar)
Ko'rsatkich: 1ta o'yin, 1ta g'alaba. To'plar farqi – 2:0 (hozircha)
Natija: Guruh bosqichi (hozircha)

2015
“Pley-off”dagi raqib: “Al-Jazira” (BAA)
Guruhdagi raqiblar: “Al-Nasr” (Saudiya Arabistoni), “Persepolis” (Eron), “Lahviya” (Qatar)
Ko'rsatkich: 7ta o'yin, 1ta g'alaba, 1ta durang, 5ta mag'lubiyat. To'plar farqi – 4:8
Natija: Guruh bosqichi

2014
Guruhdagi raqiblar: “Al-Fateh” (Saudiya Arabistoni), “Fulad” (Eron), “Al-Jaish” (Qatar)
Ko'rsatkich: 8ta o'yin, 2ta g'alaba, 2ta durang, 4ta mag'lubiyat. To'plar farqi – 7:11
Natija: Nimchorak final

2013
Guruhdagi raqiblar: “Beyczin Goan” (Xitoy), “Poxang Stilerz” (Janubiy Koreya), “Sanfrechche Xirosima (Yaponiya)
Ko'rsatkich: 8ta o'yin, 2ta g'alaba, 5ta durang, 1ta mag'lubiyat. To'plar farqi – 7:5
Natija: Nimchorak final

2012
Guruhdagi raqiblar: “Adelaida Yunayted” (Avstraliya), “Poxang Stilerz” (Janubiy Koreya), “Gamba Osaka” (Yaponiya)
Ko'rsatkich: 11ta o'yin, 5ta g'alaba, 2ta durang, 4ta mag'lubiyat. To'plar farqi – 15:16
Natija: Yarim final

2011
Guruhdagi raqiblar: “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni), “Persepolis” (Eron), “Al-Vahda” (BAA)
Ko'rsatkich: 7ta o'yin, 2ta g'alaba, 3ta durang, 2ta mag'lubiyat. To'plar farqi – 9:9
Natija: Nimchorak final

2010
Guruhdagi raqiblar: “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni), “Zob-Ahan” (Eron), “Al-Vahda” (BAA)
Ko'rsatkich: 7ta o'yin, 3ta g'alaba, 1ta durang, 3ta mag'lubiyat. To'plar farqi – 10:10
Natija: Nimchorak final

2009
Guruhdagi raqiblar: “Al-Ittifoq” (Saudiya Arabistoni), “Sepahon” (Eron), “Al-SHabab” (BAA)
Ko'rsatkich: 9ta o'yin, 4ta g'alaba, 2ta durang, 3ta mag'lubiyat. To'plar farqi – 10:14
Natija: CHorak final

2008
Guruhdagi raqiblar: “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni), “Sepahon” (Eron), “Al-Ittihod” (Suriya)
Ko'rsatkich: 10ta o'yin, 6ta g'alaba, 2ta durang, 2ta mag'lubiyat. To'plar farqi – 18:8
Natija: Yarim final

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика