Bunyodkor nigeriyalik futbolchilar yuzasidan bayonot berdi
29 dek 2013 09:22
Yangiliklar

Bunyodkor nigeriyalik futbolchilar yuzasidan bayonot berdi
Toshkentning Bunyodkor klubi Toshkentda bo'lib turgan bir guruh nigeriyalik futbolchilar bilan bog'liq vaziyat yuzasidan bayonot berdi. Bayonot matni klub tvitterida chop etilgan.
Malum bo'lishicha, ushbu nigeriyalik futbolchilarning Bunyodkorga hech qanday aloqasi yo'q. Afrikaliklar Bunyodkornikiga o'xshash JAKO brendi ostidagi liboslarni Toshkentda tiktirishgan, liboslardagi klub logotipi esa Bunyodkorniki emas, balki ramzi Toshkent klubinikiga juda ham o'xshash bo'lgan Gruziyaning Mark Starsniki.
Avvalroq, Facebook ijtimoiy tarmog'ida bir guruh nigeriyalik futbolchilarning Toshkentda mashg'ulotlar olib borayotgani va guruh bo'lib suratga tushgani haqida xabar berilgan edi. Ularning ustidagi sport liboslari uzoqdan qaraganda Bunyodkorniki bilan bir xil ko'rinishda edi.
Mark Stars Gruziya ikkinchi ligasi vakili bo'lib, 2012 yilda tashkil etilgan. Klub nigeriyalik Kelvin Otusga tegishli. Klub rasmiy sayti malumotlariga ko'ra, jamoa tarkibida uch nafar nigeriyalik futbolchi bor.
Jamoa logotipi shakli Bunyodkorniki bilan bir xil, ranglar ham deyarli o'xshash. Bunyodkor logotipida gumbaz ustida oq laylaklar bo'lsa, Marks Starsnikida qora laylaklar bor, shuningdek, Gruziya klubi logotipida qaldirg'ochlar yo'q. Bunyodkor logotipining BUNYODKOR deb yozilgan o'rnida Mark Stars logotipida FOUNDED 2012 deb yozilgan.
Toshkentda, bir qatorlari 2013 yil kuzidan beri bo'lib turgan nigeriyalik futbolchilar guruhi nima uchun o'z liboslarini Bunyodkornikiga o'xshash darajada tayyorlatgani nomalum.

Fikrlar