“Bunyodkor” – “Neftchi”: Lushanning birinchi o'yini
05 iyu 2014 13:15
Yangiliklar
“Bunyodkor” – “Neftchi”: Lushanning birinchi o'yini
Bugun bo'lib o'tadigan “Bunyodkor” - “Neftchi” bahsi bilan oliy liganing 11-turiga start beriladi. Bu o'yin qiziqarli kechishi kutilyapti.
Negaki ushbu bahs orqali yosh murabbiylarning to'qnashuviga guvoh bo'lamiz. Xabaringiz bor, yaqinda “Bunyodkor”ni Sergey Lushan qabul qilib oldi. “Neftchi”ni esa mavsum boshidan beri Murod Ismoilov boshqaryapti.
Har ikkala murabbiy ham yosh hisoblanadi va ularning futbolga bo'lgan qarashlarini bugungi o'yin orqali bilib olish nihoyatda qiziq ko'rinishi turgan gap. Qolaversa, bu o'yin Sergey Lushan uchun “Bunyodkor” bosh murabbiyi sifatidagi ilk uchrashuvi bo'ladi. His-hayajon, bosim deganlaridek. Lushan qo'l ostidagi jamoaning qanday harakat qilishi ham qiziq albatta.
“Bunyodkor” shu paytgacha o'z maydonida beshta o'yin o'tkazib, shundan uchtasida g'alaba qozondi va ikki bor durang qayd etdi. “Qizilqum”, “Metallurg”, “Navbahor” mag'lubiyatga uchratilgan bo'lsa, “Lokomotiv” va “Olmaliq” bilan durang o'ynaldi. O'z maydonidagi bahslarda 11 ochko to'plagan “Bunyodkor” ayni payt turnir jadvalida 3-o'rinda bormoqda.
“Neftchi” esa negadir g'alati natijalarni qayd etmoqda. Bu jamoa avvaliga to 8-turgacha g'alaba nimaligini bilmadi. Keyin o'z uyida “Olmaliq”ni mag'lub etib, safarda “So'g'diyona”dan mag'lub bo'ldi va o'tgan turda “Dinamo” ustidan kichik hisobda zafar quchdi. “Neftchi” hozircha safarda beshta o'yinda maydonga tushib, bir marta durang qayd etdi va to'rt bor mag'lub bo'ldi. “Neftchi”ning yagona duranggi 3-turda “Navbahor” bilan bahsda ro'y berdi. Jamoa safar bellashuvlarida uchta gol urib, o'z darvozasidan 8ta o'tkazib yubordi. “Neftchi” turnir jadvalida 11-pog'onada boryapti.
X.Xoliqov.

Fikrlar