So’nggi yangiliklar

07:00Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7

Bunyodkor Minskda Belarus klubini mag'lub etdi Yangiliklar

Bunyodkor Minskda Belarus klubini mag'lub etdi

Bunyodkor klubi 13 iyul kuni Minskdagi yig'in doirasidagi ilk o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Aytish kerak, ertalabki mashg'ulotlar bilan boshlandi. Aniqrog'i, futbolchilar «trenajer zali»da jismoniy yuklamalar olishdi. Garchi 5 soatdan keyin o'rtoqlik o'yini bo'lsa-da, murabbiylar shtabi o'yinchilarga jismoniy yuklamalar berishdan cho'chishmadi. Ahamiyatlisi, nonushtadan keyin o'tkazilgan mashg'ulotlarda jismoniy yuklamalar olgan yigitlar tushlikdan so'ng bo'lib o'tgan o'rtoqlik o'yinida raqibga hech qaysi jihatdan yutqazgani yo'q. Aksincha, uchrashuvning aksar qismida mezbonlarga nisbatan faol va mazmunli o'tkazishdi. O'yinni tashkil qilish borasida «Smolevichi»dan ustunlik ko'rindi. SHunchaki, Belorus chempionatining 1-ligasida peshqadamlik qilayotgan maydon egalari o'z uyida yutqazishni xohlamagani sababli 90 daqiqa maydonda faollik ko'rsatdi. Takidlaganimizdek, sifat borasida bizning yigitlar ustunlik qilishdi.

O'yin taqdirini birgina gol hal qildi. Ikkinchi bo'limda chap qanotdan tashkil qilingan hujum havodan amalga oshirilgan to'p uzatish orqali o'ng qanotga ko'chdi. To'pni qabul qilib olgan Dilshod Ahmadaliev bir harakat bilan himoyachini chetga «surib qo'yib», ikkinchi harakatda darvozani erlatib nishonga oldi. Vadim Abramov ikkinchi qirq besh daqiqalikda tarkibni deyarli o'zgartirdi. Mezbonlar esa, birinchi bo'limning o'zidan keyinoq tarkibni yangilashdi.

O'RTOQLIK UCHRASHUVI
SMOLEVICHI – BUNYODKOR – 0:1 (0:0)
«Smolevichi»:
Aleksey CHernix, Ivan Vasilenok, Eduard Jevrenov, Igor Zayac, Vladislav Muhamedov, Aleksandr Krasnov, Dmitriy SHHegrikovich, Anatoliy Makarov, Artyom Fedyanin, Dmitriy Gomza, Evgeniy Barsukov.
«Bunyodkor»: Murodjon Zuhurov (Abdumavlon Abdujalilov, 46), Dilshod Ahmadaliev (Muhammadodil Qahramonov, 72), Anvar G'ofurov (Ulug'bek Abdullaev, 78), Abdulla Abdullaev, Sanjar Qodirqulov, Lutfulla To'raev, Xurshid G'iyosov (Valeriy Akopov, 72), Suhrob Izzatov (Boburbek Farhodov, 72), Nurillo To'xtasinov (Javohir Qahramonov, 62), Jasurbek Jaloliddinov (Sanjar Rixsiboev, 46), Vladislav Nuriev (Mirjahon Mirahmadov, 46; Farrux Ikromov, 83).
Gol: Dilshod Ahmadaliev, 64 – 0:1.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика