So’nggi yangiliklar

07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  0 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  5 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  6 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  59 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  7 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1

“Bunyodkor” – “Lokomotiv” uchrashuvi hech qaerga ko'chirilmaydi Yangiliklar

“Bunyodkor” – “Lokomotiv” uchrashuvi hech qaerga ko'chirilmaydi

Xabaringiz bor,17-25 sentyabr kunlari poytaxtimiz ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bahslariga mezbonlik qiladi.

Ushbu uchrashuvlar “Bunyodkor”, “Jar” “Paxtakor” stadionlarida o'tkaziladi. Superliga taqvimiga ko'ra “Bunyodkor” 21 sentyabr kuni o'z maydonida “Lokomotiv”ni qabul qilishi kerak. Saralashning “E” guruhi bahslari “Paxtakor” stadionida o'tadi. Ushbu guruhdan Janubiy Koreya, O'zbekiston, Mo'g'uliston o'rin olgan. “F” guruhidagi uchlikda Filippin, Gongkong, Nepal ayollar terma jamoalari joylashgan. Ular “Jar” stadionida to'p tepishadi. “G” guruhi o'yinlari “Bunyodkor” stadionida o'tishi rejalashtirilgan. O'ylantirayotgan jihati “qaldirg'ochlar”ning “Lokomotiv”ga qarshi o'yini ko'chiriladimi? Biz bu masala yuzasidan klub bosh direktori Ulug'bek Mirzaevga murojaat qildik. 

“To'g'ri aytdingiz Iordaniya, Eron, Bangladesh bu guruhdan joy oldi. Barcha ayollar milliy terma jamoalarining mashg'ulotlari “Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida bo'lib o'tadi. OCHL bahslari vaqtida bosh jamoamiz asosiy maydondan foydalana olmadi. Lekin “Bunyodkor” – “Lokomotiv” o'yini baribir “Bunyodkor” stadionida o'tkaziladi. “G” guruhidan o'rin olgan Iordaniya – Bangladesh o'yini 19 sentyabr kuni mazkur stadionda tashkillashtiriladi. Taqvimga ko'ra, 22 sentyabr kuni Eron va Bangladesh o'zaro to'qnashadi. Biz mazkur masalada OFKga chiqdik. O'zbekiston futbol associaciyasidan ham iltimos qildik. Tashkilotlar iltimosimizga rozilik bildirishdi. “Lokomotiv”ga qarshi o'yin 21 sentyabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo'ladi”,- deydi Ulug'bek Mirzaev. 

Bunday pallada maydon maysasiga ortiqcha og'irlik tushmaydimi? Ulug'bek Mirzaev bu savolga quyidagicha javob berdi. 

“Maydon juda yaxshi holatda. Ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralashida 3ta uchrashuvga mezbonlik qilamiz. Bilsangiz OCHLda stadonimiz 12ta o'yinni o'zida qabul qilgandi. Hech qanday muammosi yo'q. Lekin mashg'ulot maydonlarimizga katta yuklama tushishi mumkin”,- deydi Ulug'bek Mirzaev.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика