So’nggi yangiliklar

02:06Биринчи лига. "Пахтакор-Фарм"дан 9:1, "ТерДУ"дан 8:1, пойтахт дербисида дуранг ва бошқа натижалар  0 02:05ЕЧЛ. "Буде Глимт" ва Кипр клуби лига босқичига йўлланмани қўлга киритди  0 01:56U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор" йирик ҳисобда ютқазди, Андижонда голлар шоуси ва бошқа натижалар  0 01:01Камолиддин Тожиев: "Пахтакор ўз олдига доим олий мақсадни қўяди. Кубок ва Суперлигада охиргача курашамиз"  4 00:29Тарих яратилди! "Қайрат" пенальтилар сериясида "Селтик"ни мағлубиятга учратиб ЕЧЛ лига босқичига йўл олди!  37 00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  2 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  3 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  54 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   1 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  9 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4

“Bunyodkor” klubi sovrini uchun musobaqa boshlandi Yangiliklar

“Bunyodkor” klubi sovrini uchun musobaqa boshlandi

“Bunyodkor” futbol klubi “Sog'lom bola” yili dasturi asosida xayrli ananaga asos soldi.
Endi har yili “Navro'z” bayrami kunlari mamlakatimizning turli go'shalarida futbol bilan shug'ullanayotgan 14 yoshli o'smirlar poytaxtga to'planishadi va “Bunyodkor” klubi sovrini” turnirida ishtirok etishadi. Ilk marotaba tashkil etilayotgan bu yilgi turnirda 2000 yilda tavallud topgan o'smirlar bosh sovrin uchun kuch sinashishadi. Turnirda jami 16 jamoa ishtirok etishi rejalashtirilgan va tashkilotchilar barcha viloyatlar futbol federaciyalariga taklif jo'natishgan edi. Lekin ayrim sabablarga ko'ra, ilk turnirga Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm va Farg'ona viloyatlaridan ishtirokchilar etib kelishmadi. Aksincha, Andijon viloyatidan bir yo'la ikki jamoa qatnashishi tashkilotchilarni xursand qildi. Qolgan o'rinlar poytaxt jamoalari hisobiga to'ldirildi.

Turnirning asosiy maqsadi, tashkilotchilik va boshqa tafsilotlar haqida batafsil malumot olish uchun klub rasmiy sayti vakillari “Bunyodkor” FK Birinchi vice-prezidenti – Bosh direktor Baxtiyor Boboevga murojaat qilishdi.

- “Bunyodkor” futbol klubi tashkil topganiga 9 yil bo'ldi. Klub tashkilotchi sifatida Respublika miqyosidagi turnirni aynan bu yil o'tkazayotgani va uning maqsadi haqida malumot bersangiz.
- “Bunyodkor” jamoasi qisqa muddatda qanday natijalarga erishgani barchaga malum va hozir bu haqda to'xtalmoqchimasman. Lekin klub barcha jabhalarda mustahkam oyoqqa turib olishi uchun malum vaqt kerak edi. Professional klub tizimini yaratish, o'z bazasi va stadioniga ega bo'lish, bolalar-o'smirlar maktabini ishga tushirish, xorijiy bo'lgani yo'q. Klub oliy ligada o'z o'rniga ega bo'lgandan so'ng yoshlar tarkibi va o'z futbol maktabiga ega bo'ldi. Keyinchalik farm-klub, ayollar va futzal jamoalariga ham asos solindi. Lekin xalqaro andozalar asosidagi haqiqiy futbol akademiyasi talablariga javob beradigan bolalar-o'smirlar sport maktabiga, faqatgina yangi barpo etilgan “Bunyodkor” majmuasi ishga tushirilgandan so'ng ega bo'lganimizni ham tan olishimiz kerak. Malumki bu maktabda barcha yoshdagi o'smir-yoshlar o'z mahoratlarini oshirib borish imkoniyatiga egalar. Lekin ularning eng sarasi 14 yoshdan boshlabgina akademik guruhlarga qabul qilinadi. Bunday guruhlarni tashkil etishdan maqsad, faqat “Bunyodkor” maktabi tarbiyalanuvchilarini emas, balki butun mamlakatimizning eng iqtidorli yosh futbolchiliarini saralab, turli yoshdagi terma jamoalarga tayyorlab berish edi. Lekin xohlovchilar soni nihoyatda ko'pligi sabab, dastlabki saralash bosqichlarida katta muammoga duch keldik. Biz bir yilda ikki marta, o'quvchilarning bahorgi va kuzgi tatillari paytida qabul kunlari elon qildik. Bir hafta ichida minglab bolakaylarni saralash ancha mushkul bo'ldi. SHu boisdan ham 14 yoshli o'smirlar o'rtasida Respublika miqyosida turnir o'tkazish va u musobaqadan tashqari akademik guruhlarga iqtidorlarni tanlab olish vazifasini ham bajarishini rejalashtirgan edik. Yurtboshimiz tomonidan 2014 yil “Sog'lom bola” yili deb elon qilinishi rejamizni amalga oshirish uchun turtki bo'ldi va bu yildan boshlab biz ananaviy turnir o'tkazishni boshladik. SHu bahonada ommaviy futbolni rivojlantirishga o'z ulushimizni qo'shayotganimizdan mamnunmiz.

- Turnirda 16 jamoa ishtirok etishini inobatga olsak, har bir uchrashuvni kuzatish va iqtidorlarni ajratib olish qiyinchilik tug'dirmaydimi?

Klubimizda, shuningdek futbol maktabimizda alohida selekcioner-murabbiylar guruhi mavjud. Bir vaqtning o'zida 3ta maydonda 3ta o'yin o'tkaziladi va ularning har birini 2tadan guruh azolari sinchkovlik bilan kuzatishadi. SHuningdek, bu turnir futbol maktabimizning o'nlab murabbiylari nazoratida bo'ladi va ular ham o'z tavsiyalari bilan selekciya guruhiga yordam berishadi.

- Endi bevosita turnir nizomiga to'xtalsak...
- 16 jamoa 4 guruhga taqsimlanadi va bir davrada o'zaro kuch sinashadi. Keyingi bosqichda har bir guruhda malum o'rin egasi boshqa guruhdagi xuddi shu o'rin sohibi bilan pley-off uchrashuvlarida kuch sinashadi. Guruh g'oliblari uchun bu yarim final, so'ngra esa finalga aylanadi. G'olib jamoaga bosh sovrin – turnir kubogi topshiriladi. Sovrindorlar medallar va qimmatbaxo sovrinlar bilan taqdirlanadi. Turnir yakuniga ko'ra 6ta yo'nalishda, yani darvozabon, himoyachi, yarim himoyachi, hujumchi, to'purar va o'yinchi borasida eng yaxshilar aniqlanadi va ularga ham alohida sovrinlar topshiriladi.

- Hamkorlar haqida ham to'xtalib o'tsangiz.
- Tashabbusimizni qo'llab-quvvatlagani va amaliy yordami uchun O'FF va PFL rahbarlariga alohida minnatdorchilik bildiramiz. O'FF “Hakamlar departamenti” turnir bahslarini o'tkazish uchun eng malakali hakamlarni ajratdi. SHu bois ham musobaqa haqqoniy va ortiqcha bosimlarsiz o'tishiga ishonch bor. Har bir ishtirokchi ilk turnirdan yaxshi taassurot bilan qaytishi uchun sharoitlar etarli. Alo sifatli maydonlar, jamoalar mehmonxonadan stadionga qatnashlari uchun alohida avtobuslar, o'yin paytida tibbiyot xizmati va ichimlik suvlari doimo tayyor bo'ladi.

- Demak, “Bunyodkor” klubi sovrini uchun turnir ananaviy ko'rinish oladi deb ishonsak bo'ladi.
- Albatta. Har yili o'quvchilarning bahorgi tatil paytida Respublika miyosida turnir bo'lib o'tadi. Unda saralab olingan iqtidorlarni yozgi tatilda yana taklif qilamiz va ular endi 3 oy mobaynida malakali murabbiylar ko'rigida shug'ullanishadi. Akademiya guruhlari tarbiyalanuvchilari yotoqxona, oziq-ovqat, sport formasi va boshqa zarur anjomlar bilan taminlanadi. Eng muhimi, kelajakda mashhur futbolchi bo'lib, o'z jamoalariga foydasi tegishi uchun poydevor yaratiladi.

Abror Imomxo'jaev suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика