"Bunyodkor" klubi sobiq xodimi: "Ronaldu Toshkentga kelganida "Jar" stadioni darvozasi sinib ketgandi"
02 fev 2024 11:27
Yangiliklar
"Bunyodkor" klubi sobiq xodimi: "Ronaldu Toshkentga kelganida "Jar" stadioni darvozasi sinib ketgandi"
O'z vaqtida "Bunyodkor" klubida matbuot kotibi sifatida ishlagan Abror Imomxo'jaev hamkasblarimizga intervyu berdi.
Ushbu intervyu chog'ida Krishtianu Ronalduning 2009 yil 22 dekabr kuni O'zbekistonga kelgani yodga olindi.
"Ronalduning Toshkentga kelishi juda katta shov-shuvga sabab bo'lgandi. Bir yil avval Messi kelganida bunchalik shov-shuv bo'lmagandi. Ronaldu kelganida odamlar oqimining ko'pligidan "Jar" stadionining qalin temir darvozalaridan biri sinib ham ketgandi. Stadionga 9000 odam sig'ardi, lekin taxminan 14 ming odam kirgandi o'shanda stadionga. Ularning orasida qizlar ham ko'pchilikni tashkil qilgandi. Xavfsizlik xodimlari ham odam ko'pligi uchun o'sha kuni juda ham qattiq ishlashgandi", - dedi Abror Imomxo'jaev intervyuda.
To'liq intervyuni quyida tomosha qilish mumkin.
Fikrlar