Bunyodkor ishtirokidagi uchrashuvlarning fotomuxlisiga aylaning!

Narzulla Saydullayev
2 iyun 2020, 14:27
Xabaringiz bor, 13 iyundan e'tiboran Coca Cola Superliganing 2020 yilgi mavsumi davom ettiriladi.

Aynan shu kuni Bunyodkor o'z maydonida Qo'qon-1912 jamoasini qabul qiladi. Ma'lumki, koronavirus pandemiyasi sababli Superliganing barcha o'yinlari tomoshabinlarsiz o'tkaziladi. Ammo siz mazkur bellashuvning stadiondagi muxlisiga aylanishingiz mumkin. Muxlislar uchun o'ynaydigan Bunyodkor ajoyib ishga qo'l urdi. 

Endi siz Bunyodkor - Qo'qon-1912 uchrashuvining fotomuxlisiga aylanish imkoniyatiga egasiz. Garchi stadionga tashrif buyura olmasangizda, o'z suratingiz bilan futbolchilarimizni qo'llab-quvvatlash va ularga ruhan dalda bo'lish imkoniyatiga egasiz. Buning uchun sifatli fotosuratingizni tegishli elektron pochtaga jo'nating. Biz ushbu suratni chop etamiz va Bunyodkor stadionining jamoamiz muxlislari uchun atalgan sektoriga joylashtirib chiqamiz. Shu tariqa futbolchilarimizni nafaqat oynai jahon orqali, balki tribunada ham qo'llab turasiz. Aytish kerakki, Bunyodkor buni karantin vaqtida ananaga aylantiradi va jo'natgan suratlaringiz orqali doimiy ravishda qaldirg'ochlarning fotomuxlisiga aylanasiz!

Fotosuratlar 10 iyunga qadar qabul qilinadi.
Suratlarni bunyodkorfanclub@gmail.com elektron pochtasiga jo'natishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com