"Bunyodkor" ikki xovartiyalik bilan shartnoma imzoladi
08 jan 2024 21:02
Yangiliklar
"Bunyodkor" ikki xovartiyalik bilan shartnoma imzoladi
Ikki xorvatiyalik futbolchi yangi mavsumda "qaldirg'ochlar" sharafini himoya qiladi.
"Bunyodkor" matbuot xizmati quyidagicha bayonot berdi:
Ikki nafar xorvatiyalik legioner 2024 yilgi mavsumda “Bunyodkor” libosida to'p suradi. O'z vaqtida Xorvatiya yoshlar terma jamoasi safida maydonga tushgan, “Bunyodkor”ga kelguniga qadar Serbiya Superligasi ishtirokchisi “Novi Pazar” klubida etakchilardan biri bo'lgan 28 yoshli yarim himoyachi Freyn CHiryak hamda chap qanot vingeri va hujumchi chizig'ida birdek harakat qiladigan Toni Yovich 2024 yilgi mavsumni “Bunyodkor”da o'tkazadi. Har ikkala futbolchi bilan bir yilga mo'ljallangan shartnoma imzolandi.
FREYN CHIRYAK
Tug'ilgan sanasi: 23.06.1995 yil
Fuqaroligi: Xorvatiya
Bo'yi: 180 sm
Ampluasi: markaziy yarim himoyachi
So'nggi jamoasi: “Novi Pazar” (Serbiya)
Xorvatiya yoshlar (U-19) terma jamoasi safida maydonga tushgan
TONI YOVICH
Tug'ilgan sanasi: 02.09.1992 yil
Fuqaroligi: Xorvatiya
Bo'yi: 178 sm
Ampluasi: Vinger, hujumchi
So'nggi jamoasi: “Sloga” (Bosniya)
Fikrlar