“Bunyodkor” – “Fulad”. VIDEO prevyu
19 mar 2014 10:39
Yangiliklar

“Bunyodkor” – “Fulad”. VIDEO prevyu
19 mart, chorshanba kuni Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Osiyo CHempionlar ligasi 3-turi doirasida Eronning “Fulad” klubini qabul qiladi.
Avvalo,
“qaldirg'ochlar”ning chorshanba kungi raqibi – “Fulad” klubi haqida qisqacha
malumot berib o'tsak. Axvaz shahri sharafini himoya qiluvchi ushbu klub 1973
yilda tashkil etilgan. Jamoaning to'liq nomi “Fulad Xuzestan” futbol
klubi. “Fulad” uy uchrashuvlarini 51000 muxlisga mo'ljallangan “G'adir”
stadionida o'tkazadi. Klub vakillari hozircha birgina yutuq – 2005/2006
yilgi mavsumlarda qo'lga kiritilgan Eron chempionligi bilan maqtana
olishadi xolos. Axvazliklar Osiyo CHempionlar ligasida ikkinchi bor ishtirok
etishmoqda. Bungacha ular 2006 yilgi mavsumda Quvaytning “Al-Qodisiya”,
O'zbekistonning “Paxtakor” va Suriyaning “Al-Ittihod” klublari bilan guruh
bosqichida kuch sinashib, pley-offga yo'llanma ololmagandi.
“Fulad”ga qarshi uchrashuv “Bunyodkor” va Eron klublari qarama-qarshiligidagi 13-to'qnashuv sifatida qayd etiladi. Bungacha o'tkazilgan 12ta o'yinning 5tasida “Bunyodkor”, 3tasida eronliklar g'alaba qozonishgan. 4ta uchrashuvlarda kuchlar teng kelgan. To'plar farqi – 18:14, “Bunyodkor” foydasiga.
“Bunyodkor”ning chililik hujumchisi Xose-Luis Vilyanueva o'zaro o'yinlarda eng ko'p to'p kiritgan futbolchi hisoblanadi. Xose eronliklarga qarshi atigi ikki bahsda maydonga tushgan bo'lsa-da, raqib darvozasiga 4ta gol urishni uddasidan chiqqan.
O'zaro o'yinlarda eng ko'p maydonga tushgan futbolchi haqida gap ketganda Azizbek Haydarovni aytib o'tish darkor. Hozirgi paytda BAA chempionatda faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz eronliklarga qarshi “Bunyodkor” safida 11ta uchrashuv o'tkazgan.
“Fulad” hozircha Osiyo CHempionlar ligasida sakkizta uchrashuv o'tkazgan. SHularning 4tasini uyda va shunchasini safarda. Etiborlisi, axvazliklar hali mehmondagi o'yinlarda g'alaba qozona olishmagan. 4 o'yin, 2 durang va 2 mag'lubiyat. To'plar farqi – 0:4.
“Bunyodkor”ning “Fulad”ga qarshi Toshkentdagi bahsi “qaldirg'ochlar”ning Osiyo CHempionlar ligasi tarixidagi 55-uchrashuvi sifatida qayd etiladi. “Bunyodkor” hisobida 22ta g'alaba, 16ta durang va 16ta mag'lubiyat bor. To'plar farqi – 68:64.
“Fulad” jamoasi Osiyo CHempionlar ligasi tarixida O'zbekiston klublari bilan 2006 yilda ro'baro' kelgan. O'shanda eronliklar “Paxtakor” bilan kuch sinashishib, har ikkala bahsda ham mag'lub bo'lishgan. Toshkent 2:0, Eronda 1:3.
“Bunyodkor” va Eron klublari qarama-qarshiligida etti mamlakat hakamlari faoliyat yuritishgan. Ular ichida qatarlik Abdulloh Balideh va xitoylik Sun Baoji ikki marotabadan o'zaro o'yinlarda ishlashgan. 19 mart kungi bahsda ilk bora quvaytlik bosh hakam “Bunyodkor” va Eron klublari uchrashuvini boshqarib boradi.
“Qaldirg'ochlar”ning Eron klublari bilan o'zaro o'yinlarini eslab o'tarkanmiz, 2009 yilning 27 may sanasida bo'lib o'tgan “Piruzi” – “Bunyodkor” bahsiga to'xtalib o'tmasak bo'lmaydi. Boisi o'sha uchrashuvni tomosha qilish uchun “Ozodi” stadioniga 95225 nafar muxlislar tashrif buyurgan va bu ko'rsatkich Osiyo CHempionlar ligasi tarixida o'ziga xos rekord o'rnatgan edi.
Muxlislarni 19 mart oqshomida “Paxtakor” markaziy stadionida O'zbekistonning Osiyo CHempionlar ligasidagi yagona vakili – “Bunyodkor”ni qo'llab-quvvatlashga chorlab qolamiz.
TAS-IX hududida
TAS-IX emas
Videolavha muallifi - Akbar Dadashev

Fikrlar