"Bunyodkor": "Fulad" ham, "Al Fateh" ham g'alaba qozondi
11 jan 2014 19:42
Yangiliklar

"Bunyodkor": "Fulad" ham, "Al Fateh" ham g'alaba qozondi
“Bunyodkor”ing Osiyo CHempionlar ligasidagi raqibi – Eronning “Fulad” klubi juda muhim g'alabani qo'lga kiritdi.
Axvazliklar 22-turning markaziy uchrashuvida chempionat peshqadami – Tehronning “Piruzi” klubini qabul qilishdi. Avvaliga uchrashuvning 25-daqiqasida poytaxtliklar Said Mehdining gol evaziga oldinga chiqib olishdi. Oradan roppa-rosa o'n daqiqa o'tib, Ismoil SHarifat o'zining ajoyib zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi. O'yin durang natija bilan yakunlanib borayotgan bir paytda (89-daqiqada) Arash Afshin “Piruzi” darvozasini ishg'ol qilib, “Fulad”ga juda muhim bo'lgan uch ochkoni taqdim qildi.
Ushbu g'alabadan so'ng “Fulad”ning ochkolari soni 42taga etdi va ular musobaqa jadvalining 11 yanvar kungi holati bo'yicha peshqadamga aylanishdi. 41 ochko bilan ikkinchi pog'onada borayotgan “Istiqlol” klubi ushbu turdagi uchrashuvini ertaga o'tkazadi.
Kecha Saudiya Arabistoni chempionatining 17-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Ushbu tur doirasida Osiyo CHempionlar ligasidagi raqibimiz, Saudiya Arabistoni chempionatining amaldagi g'olibi – “Al-Fateh” klubi o'z maydonida poytaxtning “Al-SHabab” jamoasini qabul qildi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvda al-ahsaliklar 2:1 g'isobida g'alaba qozonishdi. Ushbu g'alabadan so'ng ochkolari sonini 21taga etkazib olgan “Al-Fateh” musobaqa jadvalining 7-pog'onasiga ko'tarilib oldi.

Fikrlar