So’nggi yangiliklar

23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  18 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  74 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4

“Bunyodkor” FK 12 yoshda! Yangiliklar

“Bunyodkor” FK 12 yoshda!

Teglar :  Bunyodkor
Bugun “Bunyodkor” futbol klubi tashkil etilganiga roppa-rosa 12 yil to'ldi.

Klub 2005 yilning 6 iyul sanasida tashkil topgan. O'shanda “Quruvchi” nomi ostida faoliyat yurita boshlagan jamoa xavaskorlar o'rtasidagi Toshkent shahar chempionati orqali birinchi ligaga yo'llanma beruvchi o'tish turnirining final bosqichida ishtirok etgan. Musobaqa yakuniga ko'ra, “Quruvchi” birinchi ligaga berilgan yo'llanmalarning birini qo'lga kiritgan.

2006 yil birinchi liga bahslari yakunlariga ko'ra, “Quruvchi” (38 uchrashuv, 27 g'alaba, 5 durang va 6 mag'lubiya bilan) oliy ligada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.
Oliy ligadagi debyut mavsumdayoq “Quruvchi” ichki musobaqalarda bir necha yangi rekordlar o'rnatdi. Mamlakat grandlari bilan uchrashuvlarda eng ko'p gol urish, eng kam gol o'tkazish, eng ko'p ochko jamg'arish kabi ko'rsatkichlarda yangi sahifalar ochildi. Qolaversa, debyutant jamoa vakili Ilhom Mo'minjonov mavsum yakunida chempionatning eng yaxshi to'purari nomiga sazovor bo'ldi.

2008 yilning 3 avgustidan boshlab jamoa nomi “Quruvchi”dan “Bunyodkor”ga o'zgartirildi. Qisqa fursat ichida “Bunyodkor” besh karra mamlakat chempioni, uch karra vice-chempion, mamlakat kubogining to'rt karra sohibi, O'zbekiston superkubogi egasiga aylandi. “Bunyodkor” qitamizning klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqasi – Osiyo CHempionlar ligasida ikki marta yarim finalga qadar etib bordi. 2008 yilda “Bunyodkor” futbolchisi Server Jeparov Osiyoning eng yaxshi futbolchisi, deb tan olindi. Qitamiz futbolining eng nufuzli tashkiloti – OFK 2015 yil yakunlariga ko'ra, “Bunyodkor” FK xizmatlarini yana bir bor etirof etdi. Mavsum yakunida aniqlangan Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi nominaciyasining yakuniy uchlik ro'yxatini to'liq “qaldirg'ochlar” to'ldirishdi va yakunda g'oliblik Dostonbek Hamdamovga nasib etdi. O'tgan vaqt mobaynida “Bunyodkor” brendi nafaqat Osiyoda, balki butun dunyo bo'ylab keng tarqaldi.

Xududimizda yagona, zamonaviy talablarga to'liq javob beradigan va barcha qulayliklarga ega bo'lgan “Bunyodkor” stadionida barpo etildi. Klub qoshidagi futbol maktabi kun sayin yangi-yangi marralarni ko'zlagan holda faoliyat yuritmoqda. “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari turli yoshdagi O'zbekiston terma jamoalarida harakat qilishmoqda.

Faoliyati davomida “Bunyodkor” bilan bog'liq bo'lgan barcha insonlarni – murabbiylar, futbolchilar, muxlislar, ishchi xodimlar, homiylar va boshqalarni chin dildan muborakbod etamiz. Ishonamizki, jamoamiz hali yangidan-yangi marralarni zabt etib, muxlislarga yorqin g'alabalarni taqdim qiladi.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика