So’nggi yangiliklar

00:47Баҳром Ҳайдаров: "Иккита мағлубиятдан сўнг фожиа ясаш нотўғри"  1 00:45Гвардиола мавсумда 16 та ўйинда мағлуб бўлди. "Ман Сити" устози фаолиятидаги антирекордни янгилади  0 23:38Рўзиқул Бердиев: "Қўқон-1912" анча курашувчан жамоа эканлигини билардик"  3 23:30Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Файҳа" сўнгги дақиқаларда урилган голлар эвазига "Ал Ухдуд"ни мағлуб этди, Шукуров 90 дақиқа ўйнади  1 23:17ПСЖ — "Осер". Таркиблар маълум  0 22:46Суперлига. "Шўртан" мавсумдаги илк ғалабасини бир киши кам бўлиб қолган "Андижон" устидан қўлга киритди  79 22:31Англия кубоги. "Манчестер Сити" финалда "Кристал Пэлас"га мағлуб бўлиб, жорий мавсумда соврин ютиш имкониятини қўлдан чиқарди  82 21:51Вадим Абрамов: "Жуда ёмон ўйин намойиш этдик. Мухлислардан узр сўрайман"  3 21:31Улуғбек Бакаев: "Мағлубиятли сериядан сўнг қайд этилган дурангни яхши натижа деб ҳисоблайман"  9 21:20"Ливерпуль" 35 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 20:57Суперлига. "Қўқон-1912" ўз майдонида "Насаф"га мағлуб бўлди   27 20:42Германия Бундеслигасида 2024/25 йилги мавсум якунланди  3 20:38РПЛ. "Рубин" меҳмонда учта тўп ўтказиб, мағлубиятга учради, Ашурматов бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 20:00Суперлига. Захирадан тушганлар ўзини кўрсатган "Бухоро" – "Динамо" ўйинида жанговар дуранг қайд этилди  24 19:58ОПЛ. "Сумқайит" ўз уйида мағлуб бўлди, "Сабаҳ" меҳмонда дуранг ўйнади  0

Bunyodkor - Dinamo 0:1 yoxud oliy liganing eng kutilmagan 7 natijasi Yangiliklar

Bunyodkor - Dinamo 0:1 yoxud oliy liganing eng kutilmagan 7 natijasi

Yakunlangan milliy chempionatimizda bir qator kutilmagan natijalar qayd etildi.
Ushbu bahslarni sarhisob qilgan Erudit Sport nashri ular orasida ettita o'yinni tanlab oldi. Biz uchun etiborlisi, ushbu bahslar orasidan Toshkentda bo'lib o'tgan Bunyodkor - Dinamo (0:1) uchrashuvi ham o'rin olgan. Qayd etish joiz, so'nggi soniyalarda kiritilgan o'sha gol Dinamoga 2013 yilgi chempion Bunyodkor ustidan ilk marotaba g'alaba keltirgandi.

8-tur: Nasaf – Bunyodkor-2:0

Qarshida kechgan ushbu uchrashuv barchaning diqqatini o'ziga qaratgandi. “Nasaf” va “Bunyodkor” jamoalarining qarama-qarshiligi doim jiddiy tus olgan. Bu safargi to'qnashuv ham bundan mustasno emas. Etiborlisi shundaki, “Bundyokor” ushbu turgacha hali mag'lubiyatga uchramagandi. 10-daqiqada Ilhom Yunusov va 78-daqiqada Ilhom SHomurodov tomonidan kiritilgan gollarga “Qaldirg'ochlar”dan hech kim javob bera olmadi va shu tariqa ular mavsumdagi ilk mag'lubiyatini tan olishga majbur bo'lgandilar.

15-tur: Nasaf – Lokomotiv-2:5

Qizig'i shundaki, qarshiliklar safarda beshta gol urishgan bo'lsa, keyingi turda o'z uyida ana shuncha to'pni o'tkazib yuborishdi. “Lokomotiv”ni qabul qilgan “Ajdarlar” kutilmaganda 2:5 hisobida mag'lubiyatga uchrab, barchaning ajablanishiga sabab bo'lgandi. U paytda ikkala jamoaning chempionlikka etarlicha imkoni bor edi. SHuning uchun o'yin ancha jangovor tarzda kechgandi. “Lokomotiv” futbolchilarning individual mahorati va albatta asosiysi, omad tufayli g'alabaga erishdi.

16-tur: Mashal: – Andijon-6:1

Muborakda kechgan o'yinda 6:1 hisobi qayd etildi. Tartibli o'yin ko'rsatishi bilan nom qozongan “Mashal” futbolchilari andijonliklarga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Garchi Aziz Ibragimovning golidan so'ng mehmonlar hisobda oldinga chiqib olishgan bo'lishsa-da, keyinchalik o'z darvozalaridan birin-ketin oltita to'p o'tkazib yuborishdi. Bu yilgi chempionatimizdagi eng yirik hisob aynan “Mashal” – “Andijon” uchrashuvidagi 6:1 hisobi bo'ldi.

17-tur: Bunyodkor – Dinamo-0:1

Toshkentdagi Jar stadionida bo'lib o'tgan mazkur uchrashuv chindan ham kutilmagan natija bilan yakunlangandi. Butun o'yin davomida “Bunyodkor” tashabbusga erishib, ko'plab golli imkoniyatlarga ega bo'lganiga qaramasdan, “Dinamo”chilar hakam tomonidan qo'shib berilgan so'nggi daqiqada Azamat Bobojonovning jarima zarbasi gol bilan intiho topgach, o'ta qimmatli g'alabani qo'lga kiritishgandi. O'shanda Tachmurod Agamurodovning “Dinamo”dagi dastlabki murabbiylik o'yini edi. Tajribali mutaxassisning taktikasi o'zini oqlaganini ushbu natjadan ham bilsa bo'ladi.

18-tur: Lokomotiv – Bunyodkor-1:2

Sergey Lushan shogirdlari o'z maydonida “Dinamo”ga imkoniyatni boy berishgach, navbatdagi turda asosiy raqiblaridan biri – “Lokomotiv” qarshi to'p surishiga to'g'ri keldi. Ko'pchilik “Dinamo”ga yutqazgach, “Bunyodkor”ning mag'lubiyatini taxmin qilishgandi. Lekin o'shanda “Qaldirg'ochlar” matonat bilan to'p surishdi va haqli ravishda g'alaba qozonishdi. Ular “Dinamo”dan uchralgan mag'lubiyat tasodif ekanligini isbotlay olishgandi. Yakunda ushbu mag'lubiyat “Lokomotiv”ga qimmatga tushdi.

19-tur: So'g'diyona – Navbahor-5:4

Zominda “So'g'diyona” hamda “Navbahor” klublari ishtirokidagi bellashuvda gollar shousi kuzatilgan bo'lib, unda maydon egalari 5:4 hisobida ustunlikka erishgandi. Lekin bunchalik ko'p gol bo'lishini ko'pchilik kutmagan bo'lsa, ajab emas. SHundan keyin jizzaxliklar yana o'z uyida “Metallurg” bilan ham xuddi shunday natijani qayd etib, g'alaba qozongach turli gap-so'zlar paydo bo'ldi. Nima bo'lganda ham “So'g'diyona”ning 5:4 hisobidagi g'alabasi ajablanarli edi.

20-tur: Lokomotiv – Paxtakor-1:3

CHempionlik taqdirini hal qilgan o'yin. Uchrashuvdan avval turli bahs-munozaralar bo'lgandi. Yakunda “Paxtakor” barcha masalaga uzil-kesil nuqta qo'ydi. “Lokomotiv” o'z uyida o'ynagani uchun uning imkoniyatlarini yuqori baholaganlar ko'p bo'ldi. Ammo jamoaviy o'yin bo'yicha “Paxtakor” raqibidan ustun ekanligini amalda isbotlay oldi. Aynan mazkur g'alabadan so'ng “Paxtakor”ning chempionligi oydinlashdi va tez orada “SHerlar” buni rasmiylashtirishga erishdilar.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика