

“Qaldirg'ochlar” 16 yanvar kuni tushlik paytida Sharja shahriga yetib borishdi va “Radisson blue” mehmonxonasiga joylashishdi. Baxtiyor Boboev boshchiligidagi mashg'ulotlar shu kunning o'zidanoq boshlanib ketdi.
Jamoamiz kuniga uch mahaldan shug'ullanmoqda. Yashil maydonda ikki mahal to'p bilan ishlash mashqlari olib borilayotgan bo'lsa, kuniga bir marotabadan trenajyor zalida jismoniy holatga e'tibor qaratilmoqda.
Ushbu HAVOLA orqali “Bunyodkor”ning 17 yanvar kungi mashg'ulotlari fotojamlanmasi bilan tanishishingiz mumkin.



