Bunyodkor - Al Zavra. Ertaga o'yinoldi matbuot anjumani bo'ladi
20 jan 2020 10:00
Yangiliklar


Bunyodkor - Al Zavra. Ertaga o'yinoldi matbuot anjumani bo'ladi
Xabaringiz bor, 22 yanvar kuni Bunyodkor Osiyo CHempionlar ligasi saralash bosqichi doirasida Iroqning Al Zavra jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.
Ertaga, 21 yanvar kuni mazkur o'yin oldidan bir qator tadbirlar o'tkaziladi. Xususan, soat 10:00da «Bunyodkor» stadionining majlislar zalida har ikkala jamoa rasmiylari hamda uchrashuv komissari ishtirokida miting o'tkaziladi. Unda o'yin atrofidagi tashkiliy masalalar hal qilinadi. Soat 11:30da «Jar» stadionida «Al Zavra», 11:45 esa, «Bunyodkor» jamoasi bosh murabbiyi hamda bir nafardan o'yinchisi ishtirokida OAV xodimlari uchun matbuot anjumani bo'lib o'tadi.
Tushdan so'ng, soat 14:00da «Al Zavra», 15:15da «Bunyodkor» jamoasi «Jar» stadionida o'yinoldi rasmiy mashg'ulotini o'tkaziladi. Har ikkala jamoa mashg'ulotining dastlabki 15 daqiqasi OAV xodimlari uchun ochiq bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar