“Bunyodkor” – “Al-Nasr”: o'yinoldi matbuot anjumani
20 apr 2015 15:27
Yangiliklar

“Bunyodkor” – “Al-Nasr”: o'yinoldi matbuot anjumani
Ertaga, seshanba kuni “Bunyodkor” stadionida “Al-Nasr”ga qarshi bo'ladigan bahs oldidan o'yinoldi matbuot anjumani bo'lib o'tadi.
Soat 12:15da boshlanadigan tadbirning birinchi qismida “Al-Nasr” bosh murabbiyi Xorxe da Silva va futbolchilardan biri OAV vakillari savollariga javob qaytaradi.
SHundan so'ng “Bunyodkor” ustozi Sergey Lushchan va etakchi futbolchilardan biri jurnalistlar bilan muloqotga kirishadi.
SHuningdek, 21 aprel kuni har ikkala jamoa rasmiy mashg'ulotini o'tkazadi. “Qaldirg'ochlar” soat 17:30dan boshlab asosiy maydonda mashq qilishsa, saudiyaliklar 19:00da “Bunyodkor” stadioni maysalarini sinab ko'rishadi. Har ikkala mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasi jurnalistlar uchun ochiq bo'ladi.
“Bunyodkor” – “Al-Nasr” uchrashuvi oldidan tashkil etiladigan har ikkala tadbirga OAV vakillarini taklif etamiz.
Eslatib o'tamiz, Osiyo CHempionlar ligasi “A” guruhi 5-turi doirasidan o'rin olgan “Bunyodkor” – “Al-Nasr” uchrashuvi 22 aprel kuni “Bunyodkor” stadionida soat 19:00da boshlanadi.

Fikrlar