So’nggi yangiliklar

18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  3 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  1 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  3 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2

Bunyodkor akademiyasi ikki yulduzli akademiya maqomini oldi Yangiliklar

Bunyodkor akademiyasi ikki yulduzli akademiya maqomini oldi

Teglar :  Bunyodkor
2019 yilning 29 oktyabr sanasida Laslo Salai boshchiligidagi OFKning ishchi guruhi yurtimizga tashrif buyurib, Bunyodkor futbol akademiyasining bugungi kuni, faoliyati, murabbiylarning salohiyati, ish tartibi, mashg'ulotlardan tortib, o'quvchilarning bilim olish jarayoni bilan yaqindan tanishgandi.

Tanishuvdan asosiy maqsad akademiya ikki yulduzli maqomga loyiq ekanligini ko'zdan kechirish edi. Kuni kecha ishchi guruhga rahbarlik qilgan Laslo Salai OFK «Bunyodkor» futbol akademiyasidagi yaratilgan sharoitlar akademiyaga ikki yulduzli maqomni berishga loyiq ekanligini tasdiqlanganini malum qildi. Malum bo'lishicha, OFK «Bunyodkor» akademiyasiga ikki yulduzli maqom berish bo'yicha rasmiy hujjatni shu yilning fevral oyida topshirishni mo'ljallamoqda

Malumot o'rnida aytish kerak, akademiyalar bo'yicha eng yuqori maqom uch yulduzli hisoblanadi. Qatardagi «Espayr» futbol akademiyasi Osiyoda uch yulduz olgan akademiyalar qatoriga kiradi. Evropada «Portu», «Ayaks», «Barselona» futbol akademiyalari uch yulduz maqomini olgan.

Yaponiyaning «Fukishima», Janubiy Koreyaning «Seul» jamoalarining akademiyalari Osiyodagi ikki yulduzli akademiyalardir. SHuni alohida takidlash lozimki, «Bunyodkor» akademiyasi nafaqat O'zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda ikki yulduzli maqomini olgan ilk akademiyadir.

Aytish kerakki, bu maqom klub va akademiyada faoliyat yuritayotgan insonlarning mehnatiga berilgan asl bahodir. Ikki yulduzli akademiya maqomini olgan «Bunyodkor» futbol akademiyasi bundan keyin ham o'zbek futboliga yulduzlarni etishtirib berishda davom etadi.


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика