"Bunyodkor" akademiya: ikki jamoamizdan ikki xil natija
09 sen 2014 14:34
Yangiliklar

"Bunyodkor" akademiya: ikki jamoamizdan ikki xil natija
Futbol bo'yicha bolalar va o'smirlar o'rtasidagi Toshkent shahar birinchiligining 20-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
“Bunyodkor” akademiyasining “Bunyodkor-A” jamoasi o'z maydonida RKOR vakillarini qabul qilgan bo'lsa, yana bir jamoamiz “Bunyodkor-B” mehmonda “Paxtakor” bilan kuch sinashdi.
2003 yil
Bunyodkor-“A” – RKOR 3:1
Paxtakor - Bunyodkor-“B” 3:2
Eng kichik yosh toifasidagi jamoalar o'yinida bunyodkorchilarning birinchi tarkibi RKOR ustidan ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Garchi birinchi bo'limda o'yin teng kurashlar ostida kechgan bo'lsa-da, ikkinchi bo'lim avvalidanoq mezbonlar o'yinida g'alabaga ishtiyoq ustunlik qila boshladi. Natijada yosh “qaldirg'ochlar” raqib posbonini uch bor ranjitishga erishdilar.
Ikkinchi jamoamiz Bunyodkor-“B” mehmonda harakat qilishiga qaramay yosh paxtakorchilarga munosib qarshilik ko'rsatishdi. Jamoamiz ikki bor hisobda oldinga chiqib olishiga qaramay yakunda mezbonlar bitta to'p farqi bilan g'alaba qozonishdi.
2002 yil
Bunyodkor-“A” – RKOR 11:0
Paxtakor – Bunyodkor-“B” 2:0
Ikkinchi o'yinda Bunyodkor-“A” vakillari mehmonlarni futbolda kamdan-kam holatlarda uchraydigan hisobda mag'lubiyatga uchratishdi – 11 :0! Hisobdan ham ko'rinib turibdiki, o'yinda to'liq ustunlik mezbonlar tomonida bo'ldi. Takidlash joizki, yosh bunyodkorchilarning aynan shu yosh toifasidagi jamoasi xalqaro maydonlarda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. Xalqaro tajriba esa ichki birinchilikda jamoamiz vakillariga qo'l kelmoqda.
Bunyodkor-“B” ikkinchi o'yinda ham mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'ldi. Teng kurashlar ostida o'tgan o'yinda ehtiyotsizlik oqibatida o'tkazib yuborilgan ikki gol mezbonlarga uch ochkoni taqdim etdi.
2001 yil
Bunyodkor-“A” – RKOR 0:1
Paxtakor – Bunyodkor-“B” 6:0
2001 yilda tug'ilgan bolalardan iborat jamoalar o'yinlarida akademiyamizning ikki vakili ham mag'lubiyatga uchradi. Bunyodkor-“A” o'z maydonida kichik hisobda yutqazgan bo'lsa, yana bir vakilimiz mehmonda yirik 0:6 hisobida mag'lub bo'ldi.
2000 yil
Bunyodkor-“A” – RKOR 9:0
Paxtakor – Bunyodkor-“B” 5:1
Yana bir gollar shousini 2000 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilar namoyish etib berishdi. O'yinda to'liq ustunlik bilan harakat qilgan yosh bunyodkorchilar raqib darvozasini javobsiz 9 bor nishonga olishdi va RKOR yana bir yirik mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'ldi.
Bunyodkor-“B”ning mag'lubiyatli seriyasi yana davom etib, bu gal ham jamoamiz yirik mag'lubiyatni tan oldi. O'yinda yo'l qo'yilgan xatolar keyingi uchrashuvlarda o'z echimini topadi, deb umid qilamiz.
1999 yil
Bunyodkor-“A” – RKOR 3:0
Paxtakor – Bunyodkor-“B” 2:0
SHu kunga belgilangan o'yinlar orasidagi yana bir qiziqarli uchrashuv mezbonlar g'alabasi bilan yakunlandi. RKOR vakillari qancha harakat qilishmasin mezbonlarga munosib qarshilik ko'rsata bilmadi. Har ikki bo'limda ham jamoamiz ustunlikni qo'ldan boy bermadi va yakunda mag'lubiyatga uchradi. O'yinda darvozalarga kiritilgan uchta gol ham standart vaziyatlar natijasida yuzaga keltirildi.
Bunyodkor-“B” mehmonda yana mag'lubiyatga uchradi va uch ochkodan mahrum bo'ldi. Ikki to'p farqi bilan mezbonlar ustunlikka erishishdi.
1998 yil
Bunyodkor-“A” – RKOR 7:2
Kunning eng oxirgi o'yini ham mezbonlar g'alabasi bilan yakunlandi. Boshqa o'yinlardan farqli o'laroq, bu o'yinda RKOR ikkita to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Ikki bo'limda darvozalar jami 9 bor ishg'ol qilindi va mezbonlar 7:2 hisobida g'alabaga erishdi. Paxtakor – Bunyodkor-“B” o'yini boshqa muddatga qoldirildi.
Keyingi tur o'yinlari 14 sentabr kuni bo'lib o'tadi va unda akademiyamizning ikki jamoasi o'zaro to'qnash kelishadi.
Sanjar Ismatov

Fikrlar