"Bunyodkor" AGMKni 3ta o'yindan beri yuta olmayapti yoxud Maqsudov Qosimovga qarshi
14 may 2021 10:16
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/636915_original.jpg)
![](/upload/storage/636915_220.jpg)
"Bunyodkor" AGMKni 3ta o'yindan beri yuta olmayapti yoxud Maqsudov Qosimovga qarshi
Ushbu uchrashuvga doir fakt va malumotlarni berishni boshlaymiz.
"Bunyodkor" so'nggi marotaba AGMK ni 2019 yilgi mavsumning birinchi davrasida Lutfulla To'raevning yagona goli evaziga mag'lubiyatga uchratgan edi. SHundan so'ng chempionat doirasidagi ketma-ket uchta o'yinda Mirjalol Qosimov shogirdlarining qo'li baland keldi. AGMK o'z maydonida "Bunyodkor"ga qarshi oxirgi ikkita uchrashuvda g'alabani tantana qilgan.
5-tur. 20.04.2019. AGMK - "Bunyodkor" 0:1
22-tur. 18.10.2019. "Bunyodkor"- AGMK 0:2
3-tur. 13.03.2020. AGMK - "Bunyodkor" 2:0
16-tur. 22.09.2020. "Bunyodkor"- AGMK 2:3
"Bunyodkor" mana shu o'yinlarda 3ta gol urgan, o'z darvozasidan 7ta to'p olib chiqqan.
Bugungi to'qnashuv o'yin ushbu jamoalarning Superligadagi o'zaro 26-uchrashuvi hisoblanadi. AGMK va "Bunyodkor" o'rtasidagi o'yinlarda 5 marotaba olmaliqliklar g'alabani tantana qilgan bo'lsa, 5 bor durang qayd etilgan va 16 marta "Bunyodkor" g'alaba qozongan. To'plar nisbati ham "qaldirg'ochlar" foydasig'a: 28-48. "Bunyodkor"ning AGMK ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g'alabasi 4:1 bo'lgan. Gollarga Anvar Berdiev 2ta, Oleksandr Pishur va Oleg Zoteev mualliflik qilgan edi. "konchilar"ning eng yirik hisobli g'alabasi 3:1. Qizig'i mazkur natija ham 2013 yil qayd etilgan. Birinchi davrada kechgan o'yinda Zafar Polvonov 1ta va Evgeniy Gogol 2ta goli bilan AGMKga tarixiy natijani keltirgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar