“Bunyodkor” – AGMK uchrashuviga kirish bepul
03 mar 2018 13:18
Yangiliklar
“Bunyodkor” – AGMK uchrashuviga kirish bepul
Soat 20:00da boshlanadigan bahsda “Bunyodkor” va Olmaliqning AGMK klublari o'zaro kuch sinashishadi. “Bunyodkor” futbol klubi va stadioni mamuriyati uchrashuvga kirish bepul ekanligini elon qildi.
Uchrashuv arafasida “Bunyodkor” stadionida muxlislarni ajoyib koncert dasturi kutmoqda. Stadionga tashrif buyurgan muxlislar o'yin arafasi va tanaffus vaqtida O'zbekiston xalq artisti G'ulomjon Yoqubov va yoshlarning sevimli xonandasi Davron Ergashev ijrosidagi qo'shiqlardan bahramand bo'ladilar.
SHuningdek, muxlislarni futbol to'plari, futbolkalar, sharflar va boshqa ajoyib sovg'alar kutmoqda.
Eng asosiysi, muxlislar tajribali mutaxassislar Mirjalol Qosimovning “Bunyodkor”i va Viktor Kumikovning AGMKsi ijrosidagi shiddatli futbol guvohiga aylanadilar.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar