“Bunyodkor-2000” SHimoliy Koreyadagi xalqaro musobaqada
18 avg 2015 10:10
Yangiliklar


“Bunyodkor-2000” SHimoliy Koreyadagi xalqaro musobaqada
Xabaringiz bor, musobaqa tashkilotchilari xuddi shu turnirni bungacha
Janubiy Koreya va Xitoy mamlakatlarida U-15 va U-16 yosh toifasida
uyushtirishgandi. Turnirdan ko'zlangan asosiy maqsad SHimoliy va Janubiy
Koreya mamlakatlari o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdir.
15 yoshli futbolchilar o'rtasida ikkinchi bor o'tkazilayotgan “Ari Sports Cup” turnirida “Bunyodkor” futbol maktabining 2000 yilda tavallud topgan futbolchilari ishtirok etishadi. Otabek G'ulomxo'jaev murabbiyligidagi jamoamiz ayni paytda Pxenyan shahrida bo'lib turishibdi. Takidlash joizki, “Bunyodkor-2000” ushbu turnirning amaldagi g'olibi hisoblanadi va bu safar o'smirlarimiz chempionlikni himoya qilishlari talab etiladi.
Kecha turnirning guruh bosqichiga qura tashlandi. Unga ko'ra, jamoalar to'rttadan ikkita guruhga ajratildi. Uchrashuvlar 21 avgustdan start oladi. Turnirning birinchi kunida “Bunyodkor-2000” musobaqa mezbonlari “Pxenyan” jamoasi bilan kuch sinashadi.
“A” GURUHI
1. “4.25 sport klubi” (SHimoliy Koreya)
2. “Kyongido” (Janubiy Koreya)
3. “Guanchjou” (Xitoy)
4. “Atletiko Yuventus” (Braziliya)
“V” GURUHI
1. “Bunyodkor” (O'zbekiston)
2. NK OSIEK (Xorvatiya)
3. “Pxenyan” (SHimoliy Koreya)
4. “Kangvondo” (Janubiy Koreya)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar