So’nggi yangiliklar

21:08*"Фенербахче" Нкункуни сотиб олиши мумкин  0 20:23Сунатилло Абдуллажонов - "Сурхон" футболчиси  0 19:55"Бунёдкор" стадионида йил якунига бағишланган маданий-маърифий тадбир бўлиб ўтди  1 19:29Ринкон: "Винисиус билан "Реал" ўз йўлидан адашди"  1 19:17Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  18 19:07Эшитдик-да! "Сўғдиёна" футболчиси "Навбаҳор"га ўтди  4 18:51ФИФА ЖЧ-2026 чипталарига бўлган талаб бўйича рекорд ўрнатилганини маълум қилди  1 18:25Вадим Абрамов: "Биз биринчи ўринни эгаллашимиз ҳам мумкин эди"  10 17:55Кроос Марокаш терма жамоасини ЖЧ-2026 фаворитлари қаторига қўшди  1 17:26"Нефтчи" аъзоларига чемпионлик учун iPhone совға қилинди  9 16:58"Наполи" "Реал" футболчисини ижарага олиш имконияти билан қизиқди, аммо рад жавобини олди  0 16:34"Андижон" 7 январь куни Туркияга йўл олади  5 16:06Португалия — йилнинг энг яхши терма жамоаси  9 15:41Фарғона вилояти футбол клублари ўртасида ҳамкорлик меморандуми имзоланди  2 15:15Тони Кроос тарихдаги энг улуғ мураббийни айтди  6

“Bunyodkor-2000” finalda! Yangiliklar

“Bunyodkor-2000” finalda!

Xitoyning CHendu shahrida U-15 yosh toifasidagi futbolchilardan iborat jamoalar o'rtasida xalqaro turnir o'tkazilayotgani haqida xabar berib o'tgandik.
Musobaqada mezbonlar “Sungdo” (Xitoy), “Kiongido” (Janubiy Koreya), “Yusonyon” (SHimoliy Koreya) va “Bunyodkor” (O'zbekiston) jamoalari ishtirok etishmoqda.

Guruh bosqichi bahslari yakunlanib, finalchilar va 3-o'rin uchun bo'ladigan bahs ishtirokchilari malum bo'ldi.

Otabek G'ulomxo'jaev boshqaruvidagi “Bunyodkor-2000” guruhning so'nggi o'yinida Janubiy Koreyaning “Kiongido” jamoasini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Gollarga Abdunozir Abdurahmonov va Abubakir Mo'ydinov mualliflik qilishdi. Guruhning ikkinchi o'yinida “Yusonyon” (SHimoliy Koreya) mezbonlarning “Sungdo” jamoasidan 2:0 hisobida ustun keldi. Musobaqa taqvimiga ko'ra, guruh bosqichida birinchi va ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan “Yusonyon” (SHimoliy Koreya) va “Bunyodkor” jamoalari hal qiluvchi final o'yinida ishtirok etadilar. Uchinchi va to'rtinchi pog'onanini band etgan “Sungdo” (Xitoy) va “Kiongido” (Janubiy Koreya) jamoalari turnirning bronza medallari uchun kuch sinashadilar.

Final uchrashuvi 2 fevral kuni bo'lib o'tadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика