So’nggi yangiliklar

08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  1 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  2 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  2 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  1 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  19 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10

Bundesliganing markaziy o'yiniga bag'ishlangan Prevyu Yangiliklar

Bundesliganing markaziy o'yiniga bag'ishlangan Prevyu

Germaniya Bundesligasining muhim o'yini Myunxenda o'tkaziladi.

Uch kun oldin Germaniya kubogida o'zaro to'qnash kelgan "Leypcig" hamda "Bavariya" jamoalari endi chempionatda kuch sinashishadi.

Kubokdagi o'yinda "lotoreya" orqali yutuq "Bavariya"ga chiqqandi. O'sha o'yin uchun ham revansh olish maqsadida Ralf Xazzenxyuttl jamoasi Myunxenga safar uyushtirmoqda.

10-tur oldidan jamoalar turnir jadvalida yonma-yon joylashishgan.

Yupp Xaynkes boshqaruvidagi "Bavariya" peshqadam "Borussiya" bilan bir xil ochko jamg'argan va faqatgina to'plar nisbatiga ko'ra ikkinchi pog'onani egallab turibdi. "Leypcig" esa ular bir ochko kam to'plab 3-pog'onani band etgan. "Alyanc Arena"dagi bahs "Leypcig"ni turnir jadvalida kamida yana bir pog'ona ko'tarilishiga xizmat qilishi mumkin. Agarda ular "Bavariya" qarshiligini enga olishsa.

"Leypcig" jamoasi Bundesligada hali "Bavariya"ni mag'lub etishni uddasidan chiqishmagan. Kubok uchrashuvini ham hisobga oladigan bo'lsak, har safar "Bavariya"ning tajribasi oldida "bo'qalar" ojiz qolishmoqda.

"Bavariya" - "Leypcig" o'yinidan 3 soat oldin peshqadam "Borussiya" - "Gannover" bilan kuch sinashishini inobatga oladigan bo'lsak, bu bahsda dortmundliklar g'alaba qozonishlari shart. Aks holda ular peshqadamlikni bir necha soatlardan keyin Myunxenda o'zaro to'qnashadigan "Bavariya" yoki "Leypcig"ga bo'shatib berishlariga to'g'ri keladi. Bu jihat esa "Borussiya"ga qo'shimcha motivaciya bag'ishlashi aniq. Aksincha holat yuzaga keladigan bo'lsa, Myunxendagi o'yin yanada jozibali va qiymatli bo'lishi mumkin. CHunki "Borussiya" "Gannover" bilan ochko yo'qotadigan bo'lsa, unda markaziy bellashuv yanada keskin va murosasiz o'tishi shubhasiz. CHunki markaziy o'yin peshqadamlik uchun kurashga aylanib ketishi muqarrar.



Bu o'yinda kimning ustunligi yuqori?

Albatta "Bavariya"dagi futbolchilar mahorati, darajasi raqibinikidan ko'ra bir bosh baland. Tajriba bu erda so'zsiz "Bavariya" foydasiga ishlaydi.

Ammo tarozi pallasi "Leypcig" tomonga ham og'ish ehtimoli yo'q emas. Birinchidan, jamoa ancha yosh va uch kun avval 120 daqiqalik qiyin uchrashuvdan keyin nisbatan qarib qolgan "Bavariya"ga ko'ra tezro tiklanishga ulgurishgan. Kubok bahsida qizil kartochka olgan jamoa etakchimsi Nabi Keytaning ushbu diskvalifikaciyasi bundesliga o'yinlariga o'tmaydi. Bu borada "Leypcig"da muammo yo'q.

"Bavariya" esa yosh jihatdan nisbatan ancha qariya va jamoaning hujum chizig'ida tanlovlari cheklangan. Myuller, Riberi va Xamesda jarohat mavjud. Tomas Myuller hamda Riberi o'yinni o'tkazib yuborishi aniq. Xames esa so'roq ostida.

Tajribadan tashqari "Bavariya"ning yana bir ustunligi bu jamoaning hozirgi ruhiy holati. Yupp Xaynkes kelganidan keyin "Bavariya" yaxshi tomonga o'zgardi. Ichki muhit yangilandi va yaxshilandi. SHuningdek, kubok bahsida g'alabadan keyin "Bavariya" "Leypcig"dan yaqqol yaxshi holatda ekanligini aniq.

Kubok o'yinida "Bavariya" tomonidan yaralangan "buqalar" Myunxenda ancha g'azab bilan kelishlari aniq. Demak bizni qiziqarli va murosasiz to'qnashuv kutayotgani aniq.

"Bavariya" o'z uyida qizil libosda o'ynashini hisobga olsak, bu ko'zi qonga to'lgan "buqalar"ni yanada g'azablantiradi...

Bundesliga, 10-tur.

"Bavariya" - "Leypcig" (21:30)

"Alyanc Arena" stadioni.

Bosh hakam: Daniel shibert.

O'zaro o'yinlar statistikasi: "Bavariya" va "Leypcig" chempionatda ikki marotaba duch kelishgan va har ikkala bahsda ham myunxenliklar g'alaba qozonishgan.



Germaniya chempionati turnir jadvali >>> Bundesliga

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика