Bundesliganing 2020 yildagi eng sermahsul o'yinchisi kim? Xoland? Yo'q, u emas!
19 may 2020 09:17
Yangiliklar


Bundesliganing 2020 yildagi eng sermahsul o'yinchisi kim? Xoland? Yo'q, u emas!
Bundesliganing 2020 yildagi eng sermahsul o'yinchisi “Bayer” vakilidir.
“Bayer” yarim himoyachisi Kay Xavertc 2020 yildagi o'yinlari doirasida jamoasining 16 ta golida bevosita ishtirok etdi. Futbolchi Bundesliga 26-turi doirasida “Verder”ga qarshi bahsda dublga erishdi. SHunday qilib, Xavertc 2020 yil hisobida 9 ta gol urib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu orqali u Bundesliganing 2020 yildagi eng sermahsul o'yinchisi bo'lib turibdi.
Eslatib o'tamiz, Xavertcga “Barselona”, “Liverpul”, “Manchester Yunayted”, “ Bavariya”, “CHelsi” va “Real”dan qiziiqsh bor. Leverkuzen klubi Kay transferidan kamida 100 mln evro ishlab olishni ko'zlamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar