Bundesliganing 2020 yildagi eng sermahsul o'yinchisi kim? Xoland? Yo'q, u emas!

19 may 2020, 09:17
Bundesliganing 2020 yildagi eng sermahsul o'yinchisi “Bayer” vakilidir.

“Bayer” yarim himoyachisi Kay Xavertc 2020 yildagi o'yinlari doirasida jamoasining 16 ta golida bevosita ishtirok etdi. Futbolchi Bundesliga 26-turi doirasida “Verder”ga qarshi bahsda dublga erishdi. Shunday qilib, Xavertc 2020 yil hisobida 9 ta gol urib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu orqali u Bundesliganing 2020 yildagi eng sermahsul o'yinchisi bo'lib turibdi.

Eslatib o'tamiz, Xavertcga “Barselona”, “Liverpul”, “Manchester Yunayted”, “ Bavariya”, “Chelsi” va “Real”dan qiziiqsh bor. Leverkuzen klubi Kay transferidan kamida 100 mln evro ishlab olishni ko'zlamoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta Sports