So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  0 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  1 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Bundesligani qaysi kanalda tomosha qilish borasida SHahboz Beg'amov tavsiyasi Yangiliklar

Bundesligani qaysi kanalda tomosha qilish borasida SHahboz Beg'amov tavsiyasi

Germaniya futboliga ixtisoslashgan jurnalist SHahboz Beg'amov telegram kanali orqali 16 may kuni restart beriladigan Bundesligani qaysi telekanalda tomosha qilish borasida tavsiya berdi.

"Bundesligani qaysi telekanallar ko'rsatadi?

Oxirgi kunlarda bir nechta shunga o'xshash savollarga duch keldim. Bundesligani yurtimizda ko'rsatiladigan kanallar ichidan "Match TV" va uning tarmog'idagi "Futbol1", "Futbol2" hamda "Futbol3" kanallari aniq ko'rsatadi. Kuni kecha efirda "Match TV" jurnalistlari Bundesliga doirasidagi tur o'yinlarining barchasini imkon qadar jonli va parallel uchrashuvlar natijasida efirdan tushib qoladigan bahslarni yozib olingan holda namoyish etishlarini takidlashdi. Yani, "Match TV" va uning tarmog'idagi kanallar Germaniya Bundesligasini to'liq formatda ko'rsatadi.

Bundesliga teletranslyaciya huquqini sotib olgan kanallar orasida dastlab "Sport"ni ko'rganim yo'q. GFL bo'yicha uzoq titkilashlardan keyin mazkur chempionatni ko'rsatish huquqiga o'zimizning «Sport» kanali ham egaligini tasdiqlovchi rasmiy ro'yxatni topdim. Demak «Match TV» kanali yo'q muxlislar ham bemalol Bundesligani tomosha qilishlari mumkin. 

Malumot uchun, Tojikistonda ham Germaniya chempionati namoyish etiladi. «Varzish TV» va «Futbol TV» kanallarida Germaniya chempionati translyaciya huquqi mavjud.

SHuningdek, "Eurosport" tarmog'idagi kanallar ham Bundesligani ko'rsatadi.

Tavsiyam shuki, imkoni bo'lsa Bundesligani faqat "Match TV" kanallarida tomosha qiling! O'yin sifati va sharh bir-biriga hamohang bo'lgani durust. Ayniqsa Bundesligani Sergey Krivoxarchenko va Roman Naguchev sharhida tomosha qilish lozim. CHunki mazkur sharhlovchilar aynan Germaniya futboliga ixtisoslashgan professionallar. SHuningdek, Georgiy CHerdancev, Konstantin Genich sharhida Bundesligani tomosha qilish ham qiziq tuyulmoqda. Biri Italiya futboliga, ikkinchisi ko'proq La Ligaga  ixtisoslashgan profi. Ammo ikkalasining ishi, sharhi va futbol tushunchasi yuqori. Bu esa sharhda juda kerak va shart bo'lgan jihat. SHu taraflama ularning sharhida futbol ko'rish yoqimli.

Ochig'i, Denis Kazanskiy Bundesligani sharhlamagani maqul :-) Doim Bundesligani troll qilib kelgan sharhlovchini Match TVning Germaniya futbolidagi auditoriyasi qabul qilishi qiyin. Qisqasi, imkoniyat bo'lsa Bundesligani faqat "Match TV"da tomosha qiling", - deya yozadi SHahboz Beg'amov o'zining telegramdagi kanalida.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика