Bundesliga. “Xoffenxaym” o'z uyida yutqazib qo'ydi
14 dek 2019 07:38
Yangiliklar


Bundesliga. “Xoffenxaym” o'z uyida yutqazib qo'ydi
Unda “Xoffenxaym” jamoasi “Augsburg”ni qabul qilib, 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Mehmonlar safida Filipp Maks dublga erishdi, Yago hamda Frederik Ensen esa bittadan gol urishga erishdi. Mezbonlarning gollari esa Robert Skov hamda Yurgen Lokadiya hisobiga yozildi.
Ushbu g'alabadan so'ng “Augsburg” ochkolari sonini 20 taga etkazib, musobaqa jadvalida 10-o'ringa ko'tarilib oldi. “Xoffenxaym” esa 21 ochkosi bilan 8-pog'onadan joy olib turibdi.
“Xoffenxaym” – “Augsburg” 2:4
Gollar: 0:1 – 11 Maks, 1:1 – 14 Skov, 1:2 – 51, penalti Maks, 1:3 – 56 Yensen, 2:3 – 80 Lokadiya, 2:4 – 85 Yago.
Xoffenxaym – Baumann, Akpoguma, Bichakchich (Lokadiya, 61), Kaderjabek (Baumgartner, 71), Skov, Grillich, Samasseku (Gayger, 29), Bebu, Rudi, Adamyan, Kramarich.
Augsburg – Koubek, Lixtshtayner (Uduoxay, 86), Gaueleu, Edvay, Yago, Bayer, Yensen (Kordova, 81), Rixter, Xedira, Maks (Xan, 90), Niderlexner.
Ogohlantirish: Samasseku (7).
Hoffenheim Robert Skov - 14', Jurgen Locadia - 80' |
1. Bundesliga . 15-tur 14/12/2019, 00:30 4
:
2
Tugadi
|
Augsburg Philipp Max - 11', Philipp Max - 51', Fredrik Jensen - 56', Iago - 85' |
Stadion: Prezero Arena, 23309 tomoshabin
Bosh hakam: Bibiana Steinhaus
O’xshash yangiliklar

Fikrlar