So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Bundesliga: Video-takrorning samarasi, Boshshning ilk "o'ljasi"ga aylangan "bo'rilar" va turning boshqa tafsilotlari Yangiliklar

Bundesliga: Video-takrorning samarasi, Boshshning ilk "o'ljasi"ga aylangan "bo'rilar" va turning boshqa tafsilotlari

Bundesliganing 1-tur yakunlari haqida jurnalist SHahboz Beg'amovning tahlili.


Germaniya chempionatining yangi mavsumi ancha sokin va shov-shuvli natijalarsiz boshlandi.

Go'zal va betakror qo'shiqchi Namika yangi mavsumning ilk o'yini "Bavariya" - "Bayer" uchrashuvi oldidan jonli ijroda mamlakat madhiyasini kuyladi va Bundesligani ochib berdi


O'tkazilgan to'qqizda o'yindan faqatgina bir o'yinda durang qayd etildi.
Kristian SHtrayxning "Frayburg" jamoasi o'z uyida Niko Kovach boshchiligidagi "Ayntraxt" bilan murosa ko'chasini tanlashdi.

Ilk turda mehmondagi ikkita jamoa safardan g'alaba bilan qaytishni uddalashdi. Peter Bosh qurayotgan yangi "Borussiya" Dortmund "bo'rilar"ni o'z uylarida yirik hisobda taslim etishga muvaffaq bo'ldi. Boshshning yangi kursisidagi ilk "o'ljasi" - "bo'rilar" bo'ldi. Bu o'yin Andris Yonker hali "Volfsburg" bilan juda ko'p ishlarni amalga oshirishi va jamoani avvalgi mavqeiga qaytarish uchun ko'p ter to'kishiga to'g'ri kelishini ko'rsatib berdi.


Safarda g'alaba bilan qaytishni uddalagan ikkinchi jamoa - "Gannover".
"Maync" mehmoni bo'lgan Andre Braytenrayter shogirdlari Bundesligaga qaytishlarini g'alaba bilan nishonlashdi.
Olmaliqda tug'ilib o'sgan Anton Valdemar o'ynayotgan "Gannover" startni ancha yaxshi oldi.
Avvalgi prevyuda qayd etganimdek, "Maync" uchun bu yilgi mavsum ancha qiyin o'tishi aniq. Jamoaning asosiy maqsadi va vazifasi Bundesligada jon saqlab qolish bo'lishi tabiiy.


Pol Dardai Berlinda o'tgan yili ko'tarinki kayfiyatni qaytargandi. Jamoa uzoq tanaffusdan so'ng nihoyat evrokuboklarga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Yangi mavsumga o'zgacha tayyorgarlik ko'rgan "Gerta" startni yaxshi kayfiyat bilan boshladi. Avstraliya terma jamoasi azosi Mattyu Lekkining dubli Germaniya poytaxtidagi futbol ishqibozlarini xursand etdi.
SHu tariqa "Gerta" yangi mavsumni ajoyib g'alaba bilan boshladi.

Bundesligaga qaytgan "SHtutgart" uchun ilk o'yin omadsiz chiqdi.

Har yili Bundesligadan chiqib ketishi taxmin qilinadigan va doim so'nggi soniyalarda ligada qolish masalasini hal etadigan "Gamburg" o'z uyidagi "Augsburg"ga qarshi o'yinni muvaffaqiyatli o'tkazdi. Nikolay Myuller tomonidan kiritilgan yagona gol mezbonlarga g'alaba keltirdi.

Yulian Nagelsmann boshchiligidagi "Xoffenxaym" garchi yangi mavsum oldidan ikkita etakchi futbolchisidan ayrilgan bo'lsada, bu yo'qotishlar ularga "Verder" ustidan g'alaba qozonishlariga to'sqinlik qilmadi.


Turning etiborga molik o'yinlaridan biri Gelzerkirxenda o'tdi. Yangi murabbiy qo'l ostiga o'tgan "SHalke" startdagi dastlabki bahsini o'tgan yilgi shov-shuvchi jamoa "Leypcig"ga qarshi o'tkazdi.
Mezbonlarning ustunligi ostida o'tgan o'yinda Domeniko Tedesko boshqarayotgan "SHalke" ishonchli g'alabaga erishdi.
"Leypcig" esa startdagi ilk yurishni ko'ngildagidek boshlay olmadi.

Diter Xekin rulga o'tirganidan so'ng kuchaygan "Borussiya" Myonxengladbax o'z uyida engish qiyin bo'lgan raqib - "Kyoln"ni mag'lub etish choralarini topishga muvaffaq bo'ldi.


Mavsumni boshlab bergan o'yinda esa "Bavariya" Xayko Xerlixx boshqarayotgan "Bayer" darvozasiga uch marta yo'l topdi. "Bayer" safidan esa Mehmedi "Bavariya" darvozasini ilk turdayoq ishg'ol etishni uddasidan chiqdi.

Aynan shu o'yinda har ikkala jamoa darvozasi ishg'ol etildi. Qolgan uchrashuvlarda esa bunday holat kuzatilmadi.

1-turda jami 15ta gol urildi. SHulardan 10tasini mezbon jamoalar, qolgan 5tasiga esa mehmonda to'p surgan jamoa vakillari mualliflik qilishdi.

Bundesliganing yangi mavsumdagi ilk golini "Bavariya"ning yangi himoyachisi Niklas Zyule kiritdi.

Birinchi turda dastlabki dubl muallifi ham aniqlandi. "Gerta"ning avstraliyalik futbolchisi Mattyu Lekki "SHtutgart" darvozasini ikki bor ishg'ol etdi va to'purarlar bahsida yakka peshqadamga aylanib oldi.

Birinchi turda eng ko'p seyvni amalga oshirgan darvozabon - Timo Xorn bo'ldi. "Kyoln" posboni garchi o'z darvozasidan gol o'tkazib yuborgan bo'lsada, o'yin davomida jamoasini 7 bor goldan saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi.


To'pni raqibdan olib qo'yish bo'yicha "Maync" himoyachisi Daniel Brosinski hamda "Leypcig"ning tayanch yarim himoyachisi Nabi Keyta juda aniq o'ynashdi. Ular barcha kurashga kirishgan duellarida to'pni raqibdan olib qo'yishga muvaffaq bo'lishdi va bu borada 100% ko'rsatkichni qayd etishdi.

Birinchi turda ikkita penalti belgilandi.

Bilasiz, ushbu mavsumdan boshlab Germaniya Bundesligasida video-takrorlardan foydalaniladi.


"Bavariya" - "Bayer" o'yinida bosh hakam Tobias SHtiler Robert Levandovskini Aranguiz yiqitib qolgan vaziyat bo'yicha video-assistentga murojaat qildi va aynan video-takrordan so'ng mavsumdagi ilk penalti belgilandi.

Video-takrorlar yangi mavsumning ilk o'yinidayoq o'z samarasini berdi.

O'tgan yilgi kuchli to'rtlik ichidan faqatgina "Leypcig" mehmonda mag'lub bo'ldi. Qolgan uchta jamoa mavsumni yuqori kayfiyatda boshlashdi.

Garchi "Bayer" mag'lub bo'lgan bo'lsada, Xayko Xerlixx tuzayotgan jamoadan yangi mavsumda hali juda ko'p xavf kutish mumkinligiga jamoaning ikkinchi taymdagi o'yini ishora qilib qo'ydi. "Bavariya" esa birinchi taymni ideal tarzda o'tkazgan bo'lsa, tanaffusdan keyin o'yin tizginini raqibga topshirib qo'ydi. Anchelottining tarkibdagi bir qator yo'qotishlarga qaramay jamoani mavsumga yaxshi holatda olib kelgani ko'rinib turibdi. Ammo jamoa hozircha raqibga butun o'yin davomida bosim uyushtirishga jismonan tayyor emasligini bilinib qoldi.

"SHalke" esa o'z uyidagi ilk bahsni jiddiy jamoaga qarshi muvaffaqiyatli o'tkazgani Tedeskoga bo'lgan ishonchni yanada oshirdi.
"Borussiya" Myonxengladbaxning g'alabasi ham ularning yangi mavsumdagi ambiciyalari jiddiy ekanligini ko'rsatdi.
Peter Bosh yaratayotgan jamoa esa ancha qiziqarli ekanigini ko'rinib qoldi. "Volfsburg" maydonida, mavsumning dastlabki bellashuvida raqib darvozasini uch marta ishg'ol etilishi bu jiddiy chaqiruv.


Bundesliga, 1-tur. Turnir jadvali

Frayburg – Ayntraxt F 0:0 (0:0, 0:0)
SHvarcvald-SHtadion

Borussiya M – Keln 1:0 (0:0, 1:0)
Borussiya-Park
Gol
: 1:0 – 49 Elvedi.

Xoffenxaym-1899 – Verder 1:0 (0:0, 1:0)
Rayn-Nekkar-Arena
Gol
: 1:0 – 84 Kramarich.

Gerta – SHtutgart 2:0 (0:0, 2:0)
Olimpiyashtadion
Gollar
: 1:0 – 46 Lekki, 2:0 – 62 Lekki.

Gamburg – Augsburg 1:0 (1:0, 0:0)
Imtex Arena
Gol
: 1:0 – 8 Myuller.

Maync – Gannover 96 0:1 (0:0, 0:1)
Kofas-Arena
Gol
: 0:1 – 73 Xarnik.

Volfsburg – Borussiya D 0:3 (0:2, 0:1)
Folksvagen-Arena
Gollar
: 0:1 – 22 Pulishich, 0:2 – 27 Bartra, 0:3 – 60 Obameyang.

SHalke-04 – RB Leypcig 2:0 (1:0, 1:0)
Feltins-Arena
Gollar
: 1:0 – 43, penalti Bentaleb, 2:0 – 73 Konoplyanka.

Bavariya – Bayer 3:1 (2:0, 1:1)
Alyanc-Arena
Gollar
: 1:0 – 9 Zyule, 2:0 – 19 Tolisso, 3:0 – 53, penalti Levandovski, 3:1 – 65 Mexmedi.



Bundesliganing 1-tur ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Timo Xorn ("Kyoln")

Himoyachilar
: Daniel Brosinski ("Maync"), Mark Bartra ("Borussiya" D), Mattias Ginter ("Borussiya" M), Ostjolek ("Gannover")

Yarim himoyachilar
: Nikolay Myuller ("Gamburg"), Nabil Bentaleb ("SHalke"), Arturo Vidal ("Bavariya"), Pulishich ("Borussiya" D)

Hujumchilar
: Mattyu Lekki ("Gerta"), Andrey Kramarich ("Xoffenxaym").


SHahboz Beg'amov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика