So’nggi yangiliklar

11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  1 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  6 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  3 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  11 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  19 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  15 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  13

Bundesliga. "Qora-sariqlar" "bo'rilar" mehmoni bo'ladi, peshqadamlar Myunxenda uchrashishadi va turning boshqa o'yinlari haqida Yangiliklar

Bundesliga. "Qora-sariqlar" "bo'rilar" mehmoni bo'ladi, peshqadamlar Myunxenda uchrashishadi va turning boshqa o'yinlari haqida

Germaniya chempionatining navbatdagi 4-tur o'yinlari seshanba kuni, yani bugun boshlanadi.


Odatda haftaning o'rtasida evropada milliy chempionat o'yinlari o'tkazilmaydi. Ammo bundesligada sentyabr oyining o'rtalarida har 3 kunga bittadan o'yin o'tkazishga to'g'ri keladi.
Oxirgi 2 hafta ichida Germaniyada to'rtta tur uchrashuvlari o'tkazilishi ko'zda tutilgan. Bu esa jamoalarning zaxira kuchini sinab olishi uchun ham sharoit yaratib beradi. SHu boisdan o'tgan turda ko'plab jamoalarning bazi etakchi futbolchilari zaxirada qoldirilgandi. Bu turda esa o'tgan o'yinda ishtirok etgan futbolchilarga dam berilishi mumkin. Yoki aksincha.
Bundesliganing 3-turidan 6-turiga qadar qaysi jamoaning zaxirasi uzunroq bo'lsa, o'sha jamoaning oshig'i olchi bo'lishi aniq.


Demak Bundesliganing 4-turida bizni kutayotgan o'yinlar xususida gaplashamiz.

Bugun va ertaga Germaniya chempionatining 4-turidan o'rin olgan barcha to'qqizta o'yinlar bo'lib o'tadi.

O'tgan turda "Kyoln" mehmoniga aylangan va safardan yirik mag'lubiyat bilan qaytgan "Frayburg" o'z uyida "Gamburg"ni qabul qiladi. Turnir jadvalining quyi qismida borayotgan ushbu jamoalar o'rtasidagi uchrashuv qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy kechishi kutilmoqda. Sababi, Kristian SHtrayx shogirdlari o'z maydonlarida bo'ladigan bahsda ishqibozlarga g'alabani taqdim etish uchun kurashishadi. "Gamburg" esa mavsumdagi dastlabki yutuqni qo'lga kiritish maqsadida maydonga tushadi.
Bu ikkala jamoa o'zlarining himoya chiziqdagi o'yinlari maqtana olishmaydi. SHu boisdan ham bu to'qnashuvda tomoshabinlar ko'proq hujumkor va gollarga boy uchrashuv guvohiga aylanishlari mumkin.
Ushbu jamoalarning o'zaro o'yinlariga etibor qaratadigan bo'lsak, ustunlik "Frayburg" tarafida. O'tkazilgan 10ta o'yinning to'rttasida "Frayburg"ning qo'li baland kelgan, "Gamburg" esa ikki marotaba g'alaba nashidasini surgan. Qolgan yana to'rtta bellashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan.


To'g'risi aytadigan bo'lsam, har bir o'yinga alohida to'xtalganda o'sha bahsning qiziqarli o'tishi va shunga monand gaplarni ishlataman. Bu erish tuyulishi mumkin, ammo endigi aytmoqchi bo'layotgan o'yinimda muxlislar hech ham zerikib qolmasliklari aniq. Bu bilan o'yin afishasini ortiqcha balandlarga ko'tarib maqtamoqchi emasman. SHunchaki "Darmshtadt" - "Xoffenxaym" uchrashuvini tomosha qiladigan ishqiboz futboldan lazzat olishi mumkinligini eslatib o'tmoqchiman.
Hozirga qadar o'tkazilgan uchta turdan hech birida g'alaba qozonmagan "Xoffenxaym" jamoasi o'tgan hafta Dortmundda "kaltak" egan "Darmshtadt" mehmoni bo'ladi.
Maydon egalari raqiblari "Xoffenxaym"dan farqli o'laroq ushbu mavsumda g'alaba tamidan boxabar bo'lishgan. Ammo shunga qaramay "Xoffenxaym" turnir jadvalida "Darmshtadt"dan teparoqda turibdi. CHunki "Xoffenxaym" hech bir o'yinda mag'lubiyatga uchramasdan, raqiblari bilan murosaga kelmoqda va o'z aktivida 3 ochkoga ega. To'plar nisbatiga ko'ra, Yulian Nagelsman jamoasi "Darmshtadt"dan 4 pog'ona tepada turishibdi.
Bu o'yinda favorit sifatida "Xoffenxaym"ni tilga olish mumkin. CHunki 29 yoshli mutaxassis Nagelsman boshqaruvidagi ushbu jamoa himoya va hujumdagi tafovutni bir xil maromda ushlab turibdi. G'alaba qozona olmayotgani uchun tanqidlarga uchrayotgan bo'lsada, mag'lubiyat nimaligini bilmayotgani sababli ham Blian oqlovga ega. "Xoffenxaym"ning g'alabasiz seriyasi bu vaqtinchalik holat sifatida qaralmoqda. Yulian Nagelsman shogirdlarining ilk g'alabasi aynan "Darmshtadt"ga qarshi o'yinda qo'lga kiritilishi kutilmoqda.
Lekin shuni unutmaslik kerakki, ushbu jamoalarning o'tgan yilgi o'zaro ikkala bellashuvida ham "Darmshtadt" raqibiga imkoniyatni boy bermagan. Bir g'alaba va durang.
"Darmshtadt" bu bahsda o'tgan o'yin uchun o'z muxlislari qarshisida oqlanishga harakat qiladi.


Nafaqat bugungi kunning, balki turning markaziy uchrashuvi sifatida qaralayotgan "Volfsburg" hamda Dortmundning "Borussiya" jamoalari o'rtasidagi o'yin haqida ortiqcha gapirishga hojat yo'q. Bu bahs ortiqcha tarifga muhtoj emas. Bundesliganing etakchi jamoalarining qarama-qarshiligi barchaning diqqat-markazida bo'lishi tabiiy.

Tomas Tuxel o'z jamoasini qanchalik jiddiy va muhim bellashuvga saflanayotganini to'g'ri tushunib turibdi. SHu boisdan ham Tuxel "Darmshtadt"ga qarshi o'yinda Obameyang xizmatidan foydalanmaslikka qaror qildi va murabbiy jamoa to'purarini aynan shu bahsga asradi.


Diter Xekking esa jamoasining himoyadagi ishlaridan ko'ngli to'q. Ammo hujumdagi samaradorlik borasida "bo'rilar"da muammolar yo'q emas. O'tkazilgan uchta o'yindan ikkitasini "Volfsburg" nursiz durang qayd etgan holda yakunladi. Birinchi bahsda esa safarda "Augsburg" ustidan ishonchli g'alabani rasmiylashtirishgandi.
"Volfsburg"ning hujumdagi kamchiliklari bu Mario Gomesning hali jamoa o'yiniga to'liq qo'shilib ketmagani va hujumchining hali o'zining optimal sport formasiga kirib ololmagani bilan bog'liq.
Lekin Mario Gomes har daqiqa va har soniyada raqib jarima maydonchasi ichida juda xavfli futbolchi sanaladi.
Diter Xekking bu o'yinda Luis Gustavo Didavining xizmatlaridan foydalana olmaydi. Bu albatta "bo'rilar" uchun katta yo'qotish. Jamoaning maydon markazidagi etakchisi, qora mehnatlarni bajaradigan Gustavoning yo'qligi va kamiga hujumkor o'yinda muhim sanalgan Didavi ham o'yinda ishtirok etmasligi "bo'rilar" ishqibozlarini dilini hira qilmoqda.

"Borussiya Dortmund"da yo'qotishlar yo'q emas. Marko Roysning jarohatidan xabaringiz bor va Marko hali safga qaytganicha yo'q. Ushbu yozda "Volfsburg"dan dortmundliklar safiga kelib qo'shilgan ANdre SHyurrle ham o'zining sobiq jamoasiga qarshi bahsda jarohati tufayli ishtirok etolmaydi.

Bu jamoalarning o'zaro o'yinlariga nazar soladigan bo'lsak, oxirgi o'tkazilgan 14ta o'yinning 8tasida "Borussiya"ning qo'li baland kelgan. Ikkita uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmay qolgan. Qolgan to'rt o'yinda esa "Volfsburg" raqibini mag'lub etgan.
Ayniqsa ushbu jamoalarning so'nggi to'qnashuvidagi alamli mag'lubiyat "Volfsburg"ni ushbu o'yinda yanada jaxl bilan tayyorlanishlariga turtki bo'lsa ajab emas. "Volfsburg" bugungi o'yinda o'sha 5:1 hisobi uchun ham o'ch olishni maqsad qilishgan.


Markus Kauchinski boshqaruvidagi "Ingolshtadt" o'z uyida "Ayntraxt" bilan kuch sinashadi. O'tgan turda "Bavariya"dan mag'lubiyatga uchragan mezbonlar bu safar 3 ochko ilinjida maydonga tushishlari uchun asoslar etarli.
Jamoa avvalo o'zining ilk g'alabasini nishonlashni istaydi. SHuningdek, Kauchinski jamoasi o'z maydonidagi bellashuvlarda imkon qadar ochko yo'qotmaslikka harakat qiladi. CHunki ushbu jamoaning asosiy vazifasi bundesligada jon saqlab qolish sanaladi. SHu boisdan ham buning uchun eng avvalo o'z uyidagi uchrashuvlarda imkon qadar kerakli ochkolarni yig'ib olishlari lozim bo'ladi. "Ayntraxt" esa bu bahsga juda yaxshi kayfiyatda etib kelmoqda. Niko Kovach shogirdlari uchun ushbu safardan ochko bilan qaytishlari oson bo'lmaydi.


Turnir peshqadamlari o'rtasidagi kurash Myunxenda kechadi. Yo'qotishlarsiz borayotgan "Bavariya" va "Gerta" "Alyanc Arena"da kim turnir jadvalida yakka hokimlikni o'rnatishi borasida bahslashishadi. O'tgan turda "SHalke"ni ranjitgan "Gerta"ning "ishtahasi" ochilgan. Pol Dardai o'z jamoasini Myunxenga imkon qadar mag'lub bo'lmaslik maqsadida olib kelmoqda.
SHundagina "Gerta" minimum vazifani uddalagan bo'ladi. Yani turnir jadvalidagi "qo'shnichilik" saqlanib qolinadi. Lekin buni uddalash qanchalik qiyin bo'lishi tasavvur qilish oson.


Anchelotti o'tgan uchrashuvda asosiy tarkib futbolchilarining ko'pchiligidan foydalana olmagandi. Bu safar ham vaziyat u qadar yaxshi emasligini oydinlashdi. Sababi, Lam, Xummels va Alaba hali jamoaning umumiy mashg'ulotlariga qo'shilishgani yo'q. Bu esa bu futbolchilarning ertangi o'yinda ishtirok etish-etmasliklarini so'roq ostida qo'ymoqda.
Tomas Myuller esa kichik tanaffusdan so'ng tezda qaytdi. SHuningdek, Aren Robben va Jerom Boateng ham Anchelotti ixtiyorida. Aren Robben katta ehtimol bilan "Gerta" bilan bo'ladigan o'yinda boshlang'ich tarkibda o'ynashi mumkin. Jerom Boateng esa o'tgan uchrashuvning so'nggi 10 daqiqasida zaxiradan maydonga tushirilgandi. Bo'lajak bahsda Anchelotti qanday qarorga kelishini ko'ramiz. Frank Riberiga esa bu bahsda dam olish imkoniyati berilishi ham mumkin. Faqatgina birgina muammo, Duglas Kostaning jarohat olishi bu rejalarni buzib yuborishi mumkin. Anchelotti Frank Riberi dam berib, uning o'rniga Kingsli Komanni qo'yadimi yoki yaxshi sport formasida bo'lgan tajribali vingerni zaxirada qoldirib tavakkal qilmaydimi? Ko'ramiz.
SHunisi aniqki, "Bavariya"ni oldinda hozirgacha bo'lgan o'yinlar ichidan eng muhimi va eng qiyini kutib turibdi. SHu bois bu bellashuvga shunchaki tayyorgarlikning o'zim kamlik qilishi mumkin.


Mavsumni shov-shuv bilan boshlagan, butun matbuot etiboriga tushgan "RB Leypcig" endi myonxengladbaxliklar qarshiligini his etib ko'radi. Mavsumni ajoyib ruhda o'tkazayotgan "Leypcig" uchun bu galgi mehmon oddiy jamoa emas. "Borussiya Myonxengladbax" har doim istalgan jamoa uchun haqiqiy bosh og'riq taqdim etgan tajribali jamoa sanaladi. Andre SHubert jamoasining asosiy kamchiligi - nostabillik. "RB Leypcig" raqibining aynan shu kamchiligidan foydalanib qolishi mumkin. O'tgan turda ishonchli va yirik g'alaba qozonganiga qaramasdan "Borussiya Myonxengladbax" jamoasini ushbu to'qnashuv favoriti, deb atay olmaymiz. CHunki Ralf Xazenxyutt boshqaruvidagi ajoyib jamoa o'tgan safar o'z uyida boshqa bir kuchliroq "Borussiya"ni quruq qo'l bilan ortga qaytarib yuborgandi. Bu jamoalarning o'yini qiziqarli va tomoshabop o'tishi aniq. Bellashuvda esa istalgan natija qayd etilishi mumkin. Kuchli ishtiyoq, ajoyib start, tajovuzkor va shiddatkor futbol ko'rsatayotgan "RB Leypcig" jamoasining imkoniyatlari birozgina yuqoriroq, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Yana bir etiborga molik bahs Gelzerkirxenda bo'lib o'tadi. Hali g'alaba tugul gol nimalagini bilmay kelayotgan "SHalke" o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormagan "Kyoln" bilan bahs olib boradi. Gol urmagan va gol o'tkazmagan jamoalarning o'zaro o'yini yangi va qiziq afisha taqdim etmoqda. "SHalke" "koma" holatidan chiqib ketadimi? Yoki "Kyoln" o'z ananasiga sodiq qoladimi? Kuzatamiz.

Bundesligada ilk istefoga sababchi bo'lgan Viktor Skripnikning sobiq jamoasi "Verder" "Maync"ga qarshi saf tortadi. Vaqtincha Aleksander Nuri boshqaruviga o'tgan bremenliklar mavsumdagi dastlabki ochkoni qo'lga kiritish uchun Martin SHmidt shogirdlarini ranjitishlariga to'g'ri keladi.

O'tgan turda muvaffaqiyatsizlikka uchragan "Bayer" hamda "Augsburg" jamoalari esa Leverkuzendagi "Bay Arena"da o'z omadlarini sinab ko'rishadi.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика