So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Bundesliga. Prevyu: Yil o'yini yoxud bundesliga taqvimchilariga yangi yil deserti uchun DANKE! Yangiliklar

Bundesliga. Prevyu: Yil o'yini yoxud bundesliga taqvimchilariga yangi yil deserti uchun DANKE!

Teglar :  PrevyuBundesliga
Bundesliganing navbatdagi turi uchun prevyu bilan tanishib chiqing.

Germaniyada yil o'yiniga asosiy nomzod bo'lishi kutilayotgan debyutant "RB Leypcig" hamda amaldagi chempion "Bavariya" jamoalari o'rtasidagi bahs qishki chempion nomini aniqlab beradi.

Bundesliga taqvimini tuzuvchilariga ajoyib tuhfa taqdim etishgani uchun rahmat aytamiz. Aynan ularning topqirliklari tufayli futbol shinavandalari yil oxirida, yangi yil bayramiga bayramona desert tanovul qilishadi.

Hozircha har ikkala jamoa hisobida bir xil 36 ochkodan mavjud va to'plar nisbatiga ko'ra, Anchelotti shogirdlari turnir jadvalining yuqori pog'onasidan joy olib turishibdi.

To'g'risini tan olish kerak, agarda chempionat boshida "Leypcig" jamoasi peshqadamlik qilishda "Bavariya"ga raqobat qiladi va muammo tug'diradi, deyilsa, hech kim ishonmasdi.

Futbol shunisi bilan qiziq. Ayniqsa Bundesliga.

Ralf Xazzenxyuttl boshqaruvida "RB Leypcig" bir qator ajoyib futbol uchrashuvlarini o'tkazmoqda. Bu jamoa ulkan ishtiyoq va yuqori shiddat bilan har bir o'yinda maydonga tushmoqda va o'zi uchun kerakli bo'lgan natijaga erishmoqda. "Leypcig"ning yana bir jihati, bu jamoa ko'proq raqibning o'yinini "bo'g'ib" qo'yish natijasida ularni zararsizlantiradi va o'z imkoniyatlaridan maksimal tarzda foydalanishni uddalab kelmoqda. Faqatgina autsayder "Ingolshtadt" bilan bo'lgan o'yindagina ularning bu rejasi o'zlariga qarshi ishladi. Qolgan bahslarda esa asosan Ralf Xazzenxyuttl o'ylagan rejalar ish berib kelmoqda. "Leypcig" tezkor, shiddatkor va qarshi hujumda xavfli o'ynaydi. Ular himoyadan hujumga o'tishni juda tez va oqilona amalga oshirishadi.

Ralf Xazzenxyuttl asosan klassik sxema 4-4-2 va uning biroz boshqacharoq bo'lgan varianti 4-2-2-2dan foydalanadi.

Darvozada Gulashi ancha ishonchli turibdi. Himoya markazida Uili Orban va SHtefan Ilsanker harakat qilishmoqda. Bu ikki himoya markazidagi tandem ancha yaxshi o'ynashmoqda. "RB Leypcig" hozirgi kunda Germaniya bundesligasida eng kam gol o'tkazib yuborish bo'yicha faqatgina "Bavariya"dan keyingi o'rinda bormoqda.

"Buqalar"ning tayanch hamda markaziy yarim himoyasida Nabi Keyta hamda Diego Demme juda yuqori saviyada harakat qilishmoqda. Ayniqsa Nabi Keytaning yorqin o'yinlari ko'pgina mutaxassis va muxlislar etiboriga tushgan.

Avstriya terma jamoasi tarkibidagi o'yinlari orqali tanilgan Marsel Zabitcerdan Ralf Xazzenxyuttl o'ng qanot vingeri sifatida foydalanmoqda. Emil Forsberg esa chap qanotda javlon urmoqda. Hujum tanemida Timo Verner va Yussuf Poulsen ancha samarador to'p tepishmoqda. Bu ikki hujumchi hisobida umumiy hisobda 10ta gol va 3ta golli uzatma mavjud. Gollarning aksariyat qismi Timo Vernerga tegishli. Ammo Yussuf Poulsenning foydali ish koefficenti ancha yuqori va Timo Vernerga ko'proq bo'sh hudud qolishiga ham Poulsenning xizmatlari ancha katta.

Emil Forsberg hozirda Bundesliganing eng yaxshi assistenti bo'lib turibdi. Uning hisobida 8ta golli uzatma bor. Diego Demme va Marsel Zabitcer ham jamoasining ko'pgina gollariga hammualliflik qilishgan. Bu jamoaning hujumlaridagi so'nggi pasni aynan shu futbolchilar bajarishadi.

"Bavariya"ga qarshi o'yin umuman boshqa dunyo ekanligini butun jamoa tushunib turibdi. Bu guyoki tushdek taassurot qoldirayotgan bo'lsada, "RB Leypcig" jamoasi va uning muxlislari katta eyforiyada emaslar. Ular g'alaba tamini his etib ulgurishdi va o'zlarini etakchi jamoalardek tutishni boshlashgani ham ko'p narsadan dalolat berib turibdi. Ko'pchilik "RB Leypcig"ning "Ingolshtadt"ga qarshi o'yinidagi mag'lubiyatidan so'ng, jamoaning muvaffaqiyatli seriyalari butunlay yakunlanganini taxmin qilishgandi. Ammo bu shunchaki eyforiya emasligini "buqalar" o'tgan turda isbotlashdi.

"Bavariya" yangi mavsumni Karlo Anchelotti qo'li ostida ideal tarzda boshladi, deya olmaymiz. Jamoaning aynan o'yinida va bazi uchrashuvlardagi natijalarida ham ko'plab pasayishlar kuzatildi. "Bavariya" kuz oyining so'nggi qismida biroz o'zini o'nglab olishga ko'p vaqt sarflay yubordi. SHu boisdan ham Bundesligada chempionlik uchun kurash qizidi.

Hozirgi kunda Evropaning top-5 ligalarida peshqadam jamoalar o'rtasidagi tafovuti eng kami bu Germaniya chempionatida. Qolgan barcha ligalarda peshqadam jamoa o'zining eng yaqin taqibchisidan kamida 3 ochko oldinda. Bundesligada esa bu tafovut nolni (0) tashkil qiladi.

Buning asosiy sababchilaridan bittasi "RB Leypcig"ning ajoyib parvozi va "Bavariya"ning bazi uchrashuvlardagi kichik inqirozi.


"Bavariya" borasida gap ketganda inqiroz degan so'zni ishlatish biroz g'alati eshitilishi mumkin. CHunki Karlo Anchelotti jamoani yomon boshqarmayapti, shunchaki uning o'yin modulini yaratishda va qaysi birini tanlashga ketayotgan vaqti biroz cho'zilib ketdi.

"Bavariya" va Karlo Anchelotti oldida hozir faqat bitta yo'l turibdi. Bu ham bo'lsa "Alyanc Arena"da g'alaba qozonish va muxlislarni yangi yil bayrami oldidan kayfiyatni chog' etish. Jamoa tatilga yakka peshqadam sifatida yo'l olmoqchi. Qishki chempionlikni boshqa, ayniqsa debyutant jamoa, uning ustiga o'zaro o'yinda, kamida o'z maydonida kechgan bahsda yutqazib, ikkinchi bo'lish juda alamli.

Bu Karlo Anchelotti uchun ham muhim bellashuv. Sababiki, Anchelotti “Bavariya”ni umuman boshqacha kayfiyatda tatilga qo'yib yuborib, keyin umuman boshqacha holatda jamoani mavsumning hal qiluvchi qismiga tayyorlash ortiqcha qiyinchilik va muammolarni taqdim etishi shubhasiz. SHu jihatlar evaziga ham bu o'yinning qiymati yanada qimmatli va qadrli.

Bu to'qnashuv ko'plab savollarga javob ham berishi mumkin, yoki aksincha, ortiqcha savollarni keltirib chiqishi ham ehtimoldan holi emas.

"Bavariya" safida ushbu mavsumda eng sermahsul o'ynayotgan futbolchi bu Robert Levandovski sanaladi. Polsha terma jamoasi sardori hisobida 11ta gol bor. Eng yaxshi assistent esa Frank Riberi va Tomas Myuller hisoblanadi. Ular jamoadoshlarining 5tadan gollariga hammualliflik qilishgan.

Har ikkala jamoa uchun ham bu yil o'yiniga qiyoslanishi mumkin. Gap o'yinga qanday yondoshuvga bog'liq. "Bavariya" o'yinini o'zgartirmaydi va eski uslubida o'z ustunligini raqibga o'tkazishga urinadi. "Leypcig" esa ananaga muvofiq aniq reja asosida o'yinga kirishadi. Ralf Xazzenxyuttl o'yindan keyin "Bavariya" futbolchilari "RB Leypcig"ga qarshi o'ynashganini his qilishlarini istamoqda. "Bavariya" esa qishki chempionlik kayfiyatida yangi yilni kutib olmoqchi. Har xil yondoshuv, ammo maqsad bitta - g'alaba.

"Bavariya" uchun yaxshi yangilik bu Robben va Lamning safga qaytgani. Boateng va Koman esa lazaretda.

"RB Leypcig"da ham o'sha eski jarohatlangan Marvin Kompper, Klostermann va Kiriyakos Papadopulos ushbu  bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Ushbu jamoalar o'z tarxlarida ilk marotaba to'qnash kelishmoqda.

"Bavariya" - "RB Leypcig" (00:00)

"Alyanc Arena" stadioni.

Bosh hakam: Feliks Zvayer.


SHuningdek, bu turning yana to'rtta o'yini bo'lib o'tadi.

Unda hali mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan "Xoffenxaym" o'z uyida "Verder"ni qabul qiladi. G'alabali odimlarini davom ettirayotgan va autsayderlar zonasini tark etishga taraddud ko'rayotgan "Ingolshtadt" bu safar "Frayburg"ni sinovdan o'tkazadi. Oxirgi o'yinlarda "Frayburg" ham istalgan raqiblariga qarshi munosib o'ynamoqda va ularni muammolar bilan ranjitmoqda.

Antoni Modest to'p tepadigan "Kyoln" esa o'z uyida o'tgan turda "Ingolshtadt"dan yaralangan "Bayer"ni mehmon qiladi. "RB Leypcig" effektini chinakamiga his etgan "Gerta" "Darmshtadt"dan alamini olishga hozirlik ko'rmoqda.

SHu tariqa Bundesliga 2016 yilning so'nggi o'yinlarini o'tkazadi va bir oylik tatilga chiqadi. Qishki chempion qaysi jamoa bo'lishini aniqlab beradigan ushbu turni ko'rishga sabablar etarli. Muhimi ushbu bahsni garchi tunda bo'ladigan bo'lsa ham o'tkazib yuborish tavsiya etilmaydi. Yilning yana bir muhim uchrashuvi va balki shov-shuvli natijasini onlayn ko'rishni zavqi o'zgacha bo'ladi.


Germaniya Bundesligasi turnir jadvali bilan tanishing


SHahboz Beg'amov

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика