So’nggi yangiliklar

01:50АПЛ. "Эвертон" — "Манчестер Юнайтед" 0:1 (матнли трансляция)  2 00:17"Бу — шармандалик!" — Паулу Фонсека Трампга Тинчлик мукофоти берилгани ва ЖЧ-2026 АҚШда ўтишига қарши чиқди  3 00:00"Эвертон" — "Манчестер Юнайтед": Таркиблар маълум!  6 23:25"Милан" футболчиси жағ қисмидаги синиш сабаб узоқ муддатга сафдан чиқди  2 22:52Можаро авжида: Престианни Мбаппе ва Винисиусни судга бермоқчи!  12 22:19"72 йил давомида ҳакамлар бошлиғи "Реал" одамлари бўлган!" — Лапорта "Негрейра иши" бўйича баёнот берди  12 21:52"У 10 нафар футболчини алмаштирмоқчи эди" — Лапорта Хавининг истеъфоси ҳақидаги ҳақиқатларни очиқлади  9 21:20"Роналду ЖЧни ютмаса ҳам тарихдаги энг буюги бўлиб қолаверади" — Роберто Мартинес  8 20:47Моуринью яна "бойкот" эълон қилди: "Special One" Мадриддаги матбуот анжуманига кирмайди  8 20:32ФИФАдан янгилик: Энди жароҳат олган футболчилар майдон ташқарисида 1 дақиқа қолишга мажбур бўлади!  7 20:02Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Ривожланиш Кубогида бронза медалига эга чиқди  5 19:49"Бунёдкор" "Шўртан" билан дуранг ўйнади  2 19:34Расман: Престианни дискриминацион хатти-ҳаракат сабаб "Реал"га қарши навбатдаги ўйинда иштирок этмайди  29 19:12"Ювентус" мартда Влахович билан учрашув ўтказади  1 18:43Мбаппе ПСЖга қарши судда ғалаба қозонди  7

Bundesliga "otaxoni" turni yakunlab beradi (Prevyu) Yangiliklar

Bundesliga "otaxoni" turni yakunlab beradi (Prevyu)

Bugun Bundesliga 26-turining so'ngi uchrashuvi tashkil etiladi.

"Verder"ning ayni damdagi ishlari yaxshi emas. Florian Kofeldt shogirdlari 18 ochko jamg'argan holda jadvalning 17-o'rnida borishmoqda. Elitada qolish maqsadida bo'lgan jamoaning bitta zaxira o'yini mavjud ("Ayntraxt", 24-tur).

"Farmacevtlar"da esa holat biroz boshqacharoq. Joriy yil CHLda guruh bosqichidan nariga o'ta olmagan jamoa kelasi yil ham Evropaning eng nufuzli klublari musobaqasida qatnashish harakatida. "Bayer" bu yo'lda jiddiy raqobatga kirishgan. Ammo, kuchli to'rtlik uchun imkoniyat boy berilgan taqdirda ham, leverkuzenliklar evrokuboklarsiz qolishmaydi.


"Bayer" mavsum restartini mehmondagi o'yin bilan boshlasada, buning ijobiy taraflari ham yo'q emas. Mezbon Bremen jamoasi o'z maydonida ochko to'plash bo'yicha eng yomon ko'rsatkichga ega. Bremenliklar 11ta uy uchrashuvida o'tkazib atigi 5 ochko to'plashgan va 26ta gol o'tkazib yuborishgan. SHu o'rinda aytish kerakki, leverkuzenliklar o'z navbatida, mehmondagi o'yinlarda eng yaxshi ishtirok etayotgan Top-4 jamoalar orasida. "Farmacevtlar" 12ta o'yinda 22 ochko to'plab, raqiblar darvozasini 12 bor ishg'ol qilishgan.


"Verder" 14 yil davomida jamoa bilan ijobiy natijalar qayd etgan Tomas SHaafdan so'ng yana o'z tizimidan murabbiy topishga qaror qildi. Bunday mutaxassis istefodan qo'rqmagan holda jamoa bilan uzoq vaqt ishlaydigan murabbiy bo'lishi lozim edi. 2017 yilda bremenliklar ustoziga aylangan Florian Kofeldt aynan shunday edi. U o'rganadi, xatolarni tan olishdan qo'rqmaydi, urinadi va izlanadi, asosiysi ishlaydi. Ammo, Bundesligada juda kamtar tarkibga ega bo'lgan murabbiy uchun bu ilk katta sinovdir.


"Bayer" ustozi esa o'yindan oldin Lars Benderdan "ayrildi". Futbolchi to'pig'idagi jarohat sabab bugun jamoasiga yordam bera olmaydi. Uning o'rniga esa 17 yoshli hujumkor yarim himyaochi Florian Virtc qaydnomadan o'rin egallagan. Yosh o'yinchi Boshda katta taassurot qoldirdi, ammo unga asosiy jamoada muntazam o'rin yo'q, hozircha.

GERMANIYA BUNDESLIGASI TURNIR JADVALI

Malumot uchun, Bremenning "Verder" jamoasi Bundesligada eng ko'p o'yin o'tkazgan jamoa hisoblanadi - 1890 ta uchrashuv.

Taxminiy tarkiblar

"Verder" himoyadagi muammolarni bartaraf etish uchun dekabr oyidan 3-4-3 sxemasiga o'tgan. "Bayer" esa mavsumda uch yoki to'rt nafar himoyachi bilan o'ynab kelmoqda.


Demak, bugun soat 23:30. Restart olgan Bundesliga 26-turining so'ngi uchrashuvi. O'tkazib yubormang!

Werder Bremen

Theodor Gebre Selassie - 30'

1. Bundesliga . 26-tur

19/05/2020, 00:30

4
:
1
Tugadi

Bayer Leverkusen

Kai Havertz - 28', Kai Havertz - 33', Mitchell Weiser - 61', Kerem Demirbay - 78'

Stadion: Wohninvest-Weser-Stadion, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Tobias Stieler

45'
90'
30'  Theodor Gebre Selassie
30'  Leonardo Bittencourt
54'  Niklas Moisander
54'  Philipp Bargfrede (Johannes Eggestein)
71'  Davie Selke (Joshua Sargent)
71'  Leonardo Bittencourt (Nick Woltemade)
75'  Marco Friedl
85'  Milot Rashica (Fin Bartels)
85'  Kevin Vogt (Yuya Osako)
28'  Kai Havertz
28'  Moussa Diaby
33'  Kai Havertz
33'  Kerem Demirbay
44'  Sven Bender
61'  Mitchell Weiser
61'  Moussa Diaby
62'  Florian Wirtz (Karim Bellarabi)
62'  Moussa Diaby (Leon Bailey)
71'  Nadiem Amiri (Julian Baumgartlinger)
78'  Kerem Demirbay
78'  Karim Bellarabi
85'  Kai Havertz (Lucas Alario)
85'  Charles Aranguiz (Paulinho)


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика