So’nggi yangiliklar

17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  7 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   4 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  1 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  6 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1

Bundesliga. Markaziy o'yin va "Folksvagen-Arena"dagi to'qnashuv haqida (prevyu) Yangiliklar

Bundesliga. Markaziy o'yin va "Folksvagen-Arena"dagi to'qnashuv haqida (prevyu)

"Borussiya M" - "Bayer", "Volfsburg" - "Borussiya D" o'yinlari haqida batafsil to'xtalamiz.

Bugun “Volfsburg” “Folksvagen-Arena”da “Borussiya D”ni qabul qiladi.  Jamoalar restartni g'alaba bilan boshladilar, ammo bu o'xshashlik shu joyga kelib tugaydi. Mezbonlar dortmundliklarga katta qarshilik ko'rsata olmaydilar. Ha, "Borussiya" safarda o'z uyidagi kabi engilmas darajada harakat qila olmaydi, mehmondami yoki uydami bu farq unchalik muhim emas, ayniqsa, hozirgi vaqtda.

Wolfsburg

1. Bundesliga . 27-tur

23/05/2020, 19:30

2
:
0
Tugadi

Borussia Dortmund

Raphael Guerreiro - 32', Achraf Hakimi - 78'

Stadion: Volkswagen Arena, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Daniel Siebert

45'
90'
61'  Daniel Ginczek
64'  Daniel Ginczek (Josip Brekalo)
64'  Jerome Roussillon (Felix Klaus)
66'  John Anthony Brooks
80'  Felix Klaus
85'  Admir Mehmedi (Joao Victor)
86'  Maximilian Arnold
90'  Xaver Schlager
32'  Raphael Guerreiro
32'  Thorgan Hazard
46'  Mats Hummels (Emre Can)
55'  Thomas Delaney
65'  Julian Brandt (Jadon Sancho)
74'  Thorgan Hazard
78'  Achraf Hakimi
78'  Jadon Sancho
79'  Thorgan Hazard (Giovanni Reyna)
83'  Thomas Delaney (Leonardo Balerdi)
83'  Raphael Guerreiro (Marcel Schmelzer)

Mehmonlar ushbu raqibga qarshi ajoyib statistikaga ega – "Volfsburg" Bundesligadagi o'zaro so'nggi olti o'yinda raqibdan ochko ololmagan va hatto gol ura olmagan.

Hozir jamoaning eng yaxshi to'purari Vaut Vegorst safga qaytmoqda, balki endi mezbonlar ham gol urishi mumkin bo'lar. Yana alohida takidlab o'tish kerakki, Vegorst hali dortmundliklar darvozasiga yo'l topa bilmagan. 

"Volfsburg" etti ushrashuvdan beri yutqazmayapti. 

"Borussiya" 2020 yildagi to'qqiz uchrashuvning sakkiztasida g'alaba qozongan.

Volfsburg ikkinchi davradagi oltita golni bosh bilan urgan. Bundan tashqari, sakkizta gol o'tkazganini unutmaslik lozim.

"Borussiya D" "Volfsburg"dagi so'nggi to'rtta o'yinda g'alaba qozongan; "Bo'rilar" ketma-ket beshta uy o'yinlarida yutqazishmagan.

"Borussiya D" – hozirgi paytda uch o'yinchisi 10 tadan oshiq gol urgan Xoland (10), Roys (11), Sancho (14) yagona jamoa.

Jamoalar shu paytgacha o'zaro 45 marta to'qnash kelishgan. SHulardan 25 tasida “Borussiya” zafar quchgan bo'lsa, “bo'rilar” 9 ta o'yinda g'alabaga erishgan, duranglar soni - 10 ta.

Taxminiy tarkiblar


Turning markaziy o'yinida ikki ajoyib murabbiyning qoyilmaqom jamoalari o'zaro uchrashishadi: "Borussiya M" - "Bayer". Bu o'yin CHempionlar ligasi yo'lidagi kurash bo'ladi. 

Borussia Moenchengladbach

Marcus Thuram - 52'

1. Bundesliga . 27-tur

23/05/2020, 19:30

3
:
1
Tugadi

Bayer Leverkusen

Kai Havertz - 7', Kai Havertz - 58', Sven Bender - 81'

Stadion: Borussia-Park, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Soeren Storks

45'
90'
12'  Breel Embolo (Lars Stindl)
52'  Marcus Thuram
52'  Alassane Plea
71'  Ramy Bensebaini
76'  Tobias Strobl (Laszlo Benes)
78'  Marcus Thuram (Oscar Wendt)
7'  Kai Havertz
7'  Karim Bellarabi
58'  Kai Havertz
62'  Moussa Diaby
66'  Karim Bellarabi (Leon Bailey)
81'  Aleksandar Dragovic (Julian Baumgartlinger)
81'  Sven Bender
81'  Kerem Demirbay

Marko Roze hozirda Bundesliga murabbiylari orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega, yani har bir o'yinda o'rtacha 2 ochkodan to'plagan.

Peter Boshda bunday natija yo'q, ammo u so'nggi yillarda "Bayer"ning eng yaxshi o'yinlarini "qurdi". Uning jamoasi to'pga juda ko'p vaqt egalik qiladi, stabil o'yin ko'rsatgan holda doimiy ravishda gollar urib turadi va hatto hujumchisiz ham sifatli o'ynashga qodir.

"Bayer" ketma-ket 10 uchrashuvdan buyon yutqazmayapti. Hujumchi Kay Xavertc esa bu mavsum juda yaxshi formada, bejizga grand klublar uni sotib olishga oshiqishmayapti.

"Borussiya M" u darajada maqtana olmaydi, shuningdek, ular maydon markazida hali ham ulkan muammoga duch kelishmoqda – jamoa asosiy yarim himoyachisi Denis Zakariya jarohatda.

Xursand qiladigan tarafi, jamoaning hujum chizig'idagi vakili Markus Tyuram yorqin o'yinlari orqali etakchilardan biriga aylana oldi.

Bu o'yin to'g'ridan to'g'ri CHempionlar Ligasi uchun kurash ekanligini inobatga olsak, bugun dahshatli jang guvohi bo'lamiz.  Bu kabi bahslarda hamma jamoalar uchun ochko to'plash juda muhim. "Bayer" g'alaba qozonsa, jadvalda raqibdan oldinga o'tib olishi mumkin, "Borussiya M" yutadigan bo'lsa, sezilarli farq bilan ilgarilab ketadi.

Klublar shu paytgacha barcha turnirlarda 51 marta o'zaro bahslashgan. SHulardan 22 tasida “Bayer” zafar quchgan bo'lsa, “Borussiya M” 10 bor halaba qozongan, 19 ta o'yinda esa durangga imzo chekilgan.   

Bugungi o'yin qanday natija bilan yakunlanishini aniqlash mushkul masala, chunki bu o'yinda yaqqol favorit mavjud emas.

Umuman olganda, ushbu qarama-qarshilik har doim gollarga boy o'tadi, shunday ekan, bu o'yinni o'tkazib yubormang!

Taxminiy tarkiblar


Bundesliga, 27-tur o'yinlari jadvali:

22 may, juma.

"Gerta" — "Union" 4:0

23 may, shanba.

"Frayburg" "Verder" (18:30)

"Padeborn"  "Xoffenxaym" (18:30) 

"Borussiya M" "Bayer" (18:30)

"Volfsburg""Borussiya D" (18:30)

"Bavariya" "Ayntraxt" (21:30)

24 may, yakshanba.

"SHalke" "Augsburg" (16:30)

"Maync""Leypcig" (18:30)

"Kyoln""Fortuna" (21:00)


Bundesliga. Qiziqarli o'yinlarga boy tur prevyusi 


SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика