Bundesliga jamoalari qishki tanaffusda qaerda yig'in o'tkazishadi
26 dek 2016 17:12
Yangiliklar
Bundesliga jamoalari qishki tanaffusda qaerda yig'in o'tkazishadi
Malumotlarga ko'ra, Germaniya chempionatining faqat 1 ta jamoasi yig'inni AQSHda o'tkazadi. "Bayer" Orlando shtatida mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko'radi.
Bundesliganing 10 ta jamoasi qishda Ispaniyada shug'ullanadi. Bular "Frayburg" (Sotogrande shahri), "Maync" (Estepona), "Borussiya" D, "Borussiya" M, "Augsburg" (hammasi Marbellada), "Verder" (Alxaurin el Grande), "Volfsburg" (La Manga), "Darmshtadt" (San Petro Del Pintar), "SHalke-04" (Benidorm), "Gerta" (Malorka).
CHempionat debyutanti va sensacion natija qayd etgan "Leypcig" Portugaliyaning Lagos shahrida yig'in o'tkazadi.
Bundesliganing 3 ta jamoasi mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni Osiyo qitasida o'tkazadi. "Ayntraxt" (Abu Dabi) va "Gamburg" (Dubay) BAAga yo'l oladi. "Bavariya" esa Qatarning Doha shahrida shug'ullanadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar