Bundesliga. Hakam futbolchi ro'za amalini bajarishi uchun o'yinni to'xtatdi
11 apr 2022 09:45
Yangiliklar
Bundesliga. Hakam futbolchi ro'za amalini bajarishi uchun o'yinni to'xtatdi
Germaniya chempionati 29-turida “RB Leypcig” yirik hisob (3:0)da “Xoffenxaym”ni engdi.
1-taymda bosh hakam Bastian Dankert mezbonlar himoyachisi Muhammad Simikan ro'za amalini bajarib olishi uchun o'yinni vaqtincha to'xtatdi. Bu orada futbolchilar suv ichib olib, biroz dam olishdi. Simikan esa energetik gel va shirinlik bilan og'iz ochgani aytilmoqda.
21 yoshli francuz joriy mavsum Bundesligada 25 bahsda qatnashib, bitta gol urdi.
Fikrlar