Bundesliga futbolchilari mavsumni niqoblarda davom ettirishadi
24 apr 2020 19:59
Yangiliklar
Bundesliga futbolchilari mavsumni niqoblarda davom ettirishadi
"Der Spiegel" nashri xabariga ko'ra, Germaniya mehnat vazirligi uch varoqli hujjatni Bundesliga rahbariyatiga jo'natgan va unda liganing davom ettirilishi ikki varianti yozib berilgan.
1-variant: barcha futbolchilar, murabbiylar, tibbiyot xodimlari va ular bilan to'g'ridan-to'g'ri gaplashadigan shahslar mavsum yakuniga qadar karantinda bo'lishadi. Masalan, klublar bir mehmonxonani mavsum yakuniga qadar ijaraga oladi.
2-variant: sport musobaqasi o'tayotgan vaqtda futbolchi va murabbiylar tibbiyot niqoblarida bo'lishadi. Niqoblar bir marta foydalaniladiganidan emas, balki, tegishli tibbiyot standartlariga ega bo'lishi kerak. Hujjatda yozilishicha, futbolchilar to'p uchun kurashayotgan vaqtida bu niqoblar ularga halaqit qilmasligi kerak. O'z navbatida futbolchilar o'yin vaqtida niqoblariga tegishi mumkin bo'lmaydi.
Agarda kimdir o'yin vaqtida niqobni echib qo'ysa, bosh hakamga uchrashuvni to'xtatish uchun huquq beriladi. Tanaffusda ham barcha futbolchilar bir-biridan 1,5 metr oralig'ida bo'ladi.
SHuningdek, golni nishonlash chog'ida futbolchilar bir-birini tabriklashi man qilinadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar