So’nggi yangiliklar

00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  1 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  5 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  20 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  5 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  6 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  4 22:02Суперлига. "Динамо" 10 киши бўлиб Қўқонда ғалабага эришди  19 22:01Суперлига. "Пахтакор" сўнгги дақиқаларда "Насаф" дарвозасига иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди  179 20:15"Эвертон" 16 йиллик футболчиси билан шартномани узайтирди  0 19:4438 ёшли Жиру Францияга қайтади  3 19:18Рубен Невеш: "Манчестер Сити"га қарши жипс бўлиб ўйнашимиз шарт"  1 18:28Ван Нистелрой "Лестер" бош мураббийлигидан кетди  0 18:00Қаршидаги "Марказий" стадиони "Насаф" – "Пахтакор" тўқнашувига тайёр!  11 17:31ПСЖ "Лион"га ёрдам қўлини чўзди  2 17:05Юрак хасталиги ортда қолди: Бове майдонга қайтади!  0

Bundesliga. Engilmas "Xoffenxaym"ni taslim etadigan jamoa topilmayapti, "Leypcig" esa shovqin ko'tarishda davom etmoqda Yangiliklar

Bundesliga. Engilmas "Xoffenxaym"ni taslim etadigan jamoa topilmayapti, "Leypcig" esa shovqin ko'tarishda davom etmoqda

Germaniya chempionatining 17-turi doirasidagi bir qator uchrashuvlar bo'lib o'tdi.


"Folksvagen" stadionida o'tkazilgan bellashuvda "bo'rilar" "Gamburg"ni qabul qilishdi va Mario Gomesning yagona goli evaziga g'alaba qozonishdi. Bundesliganing eski "bo'ri" hujumchilaridan hisoblangan Mario Gomes uchrashuv yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida jamoasi joniga oro kirgan muhim to'pni kiritdi.

Gelzerkirxendagi o'yinda "SHalke" o'z tarixida ilk marotaba "Ingolshtadt"ni mag'lubiyatga uchratdi. O'yin tugashiga sanoqli soniyalar qolganida "SHalke" tarkibida debyut bellashuvini o'tkazayotgan Burgshtaller g'alaba to'pini kiritdi.

Darmshtadtdagi o'yinda har ikkala jamoa yangi bosh murabbiy bilan debyut uchrashuvini o'tkazishdi. Torsten Frings hamda Diter Xekking bir-birlarini ranjitishni istashmadi shekilli, o'yinda hisob ochilmadi.

Bremendagi bahsda "Borussiya Dortmund" ancha mashaqqatli g'alabani qo'lga kiritdi. Dastlab Andre SHyurrle kiritgan to'pga Bartels o'z goli bilan javob berdi. Keyinchalik esa polshalik himoyachi Lukash Pishchek Tomas Tuxel jamoasiga o'ta muhim g'alabani taqdim etgan golga mualliflik qildi.

Engilmas "Xoffenxaym" esa "Augsburg" safaridan ham yaxshi kayfiyatda qaytishga muvaffaq bo'ldi. Yulian Nagelsmann jamoasi Vagner hamda Kramarichning gollari evaziga ishonchli g'alabaga erishdi. "Xoffenxaym" ayni paytda evropa kuchli beshligidagi yagona mag'lubiyatga uchramagan jamoa bo'lib turibdi.

Debyutant "Rb Leypcig" esa o'z maydonida "Ayntraxt" ustidan yirik g'alabani tantana qildi. Marvin Kompper, Timo Verner va raqib futbolchisining avtogoli tabloni bezadi. "RB Leypcig" esa qishki tanaffusdan keyin ham barchani lol qoldirishda davom etmoqda.

Frayburgda kechgan bellashuvning dastlabki daqiqalari kutilmaganda Kristian SHtrayx shogirdlarining tezkor va tajovuzkor hujumlari bilan boshlandi. Buning samarasi o'laroq uchrashuvning 4-daqiqasida Xaberer Noyer qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol etdi.

Birinchi bo'limning dastlabki qismida "Frayburg" to'liq ustunlikka erishdi va "Bavariya" darvozasi oldida bir qator xavfli vaziyatlarni yaratdi. "Bavariya" esa asosan birinchi bo'limning ikkinchi qismida o'z o'yinini ko'rsatdi.

O'yinning 35-daqiqasida Robert Levandovski burchak zarbasidan so'ng chiroyli tarzda darvozani aniq nishonga oldi va muvozanatni tikladi

Jamoalar tanaffusga 1:1 hisobi bilan yo'l olishdi.

Ikkinchi taymni ham mezbonlar faollik bilan boshlashdi. Ammo ular tomonidan tashkil etilgan hujumlarni "Bavariya" himoyachilari va darvozabon Noyer bartaraf etishni uddasidan chiqdi. Uchrashuv ancha qiziqarli va keskin kurashlarga boy tarzda kechdi.

Bahs yakunlanishiga tobora oz vaqt qolayotgan bo'lsada, g'olib jamoa nomi aniqlanmay turgandi. Uchrashuvning oxirgi daqiqalarida har ikkala jamoa vakillarida ham gol urish uchun imkoniyat va vaziyatlar yuzaga keldi. "Frayburg" asosan himoyaga etibor qaratgan holda, o'z omadini qarshi hujumda izlashga urindi.

Hakam tomonidan uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi. Qo'shib berilgan 2-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Frank Riberi jamoasi hujumini maydon markazidan boshladi va bir qator himoyachilarni ortda qoldirib, to'pni jarima maydonchasi ichida turgan Robert Levandovski tomonga oshirdi. Polshalik mahoratli hujumchi to'pni gavdasi bilan qabul qilishda qanday o'ynash kerakligini ko'rsatdi va to'pni juda ajoyib tarzda o'ziga bo'ysundirgan holda nozik did bilan yo'llagan zarbasi orqali o'yin taqdirini hal etgan gol muallifiga aylandi.

Ajoyib, shiddatkor va tomoshabop kechgan bellashuvda "Bavariya" irodali g'alabani qo'lga kiritdi va turnir jadvalida peshqadamlikni mustahkamlab oldi.

Robert Levandovski esa yilning ilk o'yinida dubl qayd etdi va jamoasiga muhim g'alabani sovg'a qildi.


Bundesliga, 17-tur. Turnir jadvali

20 yanvar, juma.

Frayburg – Bavariya 1:2 (1:1, 0:1)

SHvarcvald-SHtadion

Gollar
: 1:0 – 4 Xaberer, 1:1 – 35 Levandovski, 1:2 – 90 Levandovski.

Frayburg
– SHvolov, Torrexon, Gyunter, SHtencel (Kyubler, 83), Gulde, Frantc, Xefler, Xaberer (Bulut, 80), Filipp, Grifo, Niderlexner (Petersen, 70).

Bavariya
– Noyer, Martines, Xummels, Alaba (Bernat, 71), Robben, Lam, Vidal (Kimmix, 55), Xabi Alonso, Duglas Kosta (Riberi, 71), Myuller, Levandovski.

Ogohlantirishlar
: Xabi Alonso (31), Duglas Kosta (48), Xaberer (74), SHvolov (84).

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi
: Robert Levandovski 9,1*



21 yanvar, shanba.

Volfsburg – Gamburg 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 82 Gomes.

Volfsburg – Benalo, Luis Gustavo, Bruma, Rodriges, Kalijuri (Vieyrinya, 69), Zeguin, Gilavogi, Malli (Mayoral, 80), Ntep (Blashchikovski, 89), Gerxardt, Gomes.

Gamburg –  Mateniya, Ostjolek (Gregorich, 84), Duglas Santos, Sakai, Papadopulos, Ekdal, Myuller, Kostich, Xoltbi, Mavray, Vud.

Ogohlantirishlar:Ekdal (28), Benalo (33), Ostjolek (37), Luis Gustavo (85).

CHetlatish: Ekdal (33).

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi: Duglas Santos 7,7*


SHalke-04 – Ingolshtadt-04 1:0 (0:0, 1:0)

Gol:1:0 – 90 Burgshtaller.

SHalke-04 – Fermann, Nastasich, Xevedes, Naldo, Aogo (Konoplyanka, 85), Gays (Burgshtaller, 46), SHopf, Mayer (Avdiyay, 67), Goretcka, Kolashinac, SHupo-Moting.

Ingolshtadt-04 –  Xansen, Brejeri, Zuttner, Xaderdjonay, Matip, Koen, Rojer, Gross (Yung, 75), Morales, Lekki, Leskano (Lyaypertc, 90).

Ogohlantirishlar:Nastasich (79).

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi: Leon Goretcka 8,3*


Darmshtadt – Borussiya M 0:0 (0:0, 0:0)

Darmshtadt – Esser, Xolland, Miloshevich, Sulu, Sirigu, Vranchich (Yungvirt, 82), Xeller, Rozental (Nimayer, 70), Gondorf, Guvara, CHolak (SHipplok, 89).

Borussiya M –  Zommer, Vestergor, Yanchke, Vendt, Kristensen, Xofmann (Xan, 70), Kramer, Daud, Azar, Raffael (Simakala, 80), SHtindl.

Ogohlantirishlar: Yanchke (59), Nimayer (90).

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi: Jerom Gondorf 8,1


Verder – Borussiya D 1:2 (0:1, 1:1)

Gollar: 0:1 – 5 SHyurrle, 1:1 – 59 Bartels, 1:2 – 71 Pishchek.

Verder – Drobni, Sane, Garsiya, Bauer, Moysander, Bartels, Fritc (Kaync, 80), Dileyni, Gnabri (Velkovich, 27), Pisarro (Vidvald, 42), Kruze.

Borussiya D –  Vaydenfeller, Papastatopulos, SHmelcer (Durm, 46), Pishchek, Ginter, SHyurrle, Pulishich, Kagava, Kastro (Gerreyru, 70), Roys (Dembele, 70), Vaygl.

Ogohlantirishlar: Bauer (19), SHyurrle (43), Dileyni (76), Garsiya (84).

CHetlatish:Drobni (39).

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi: Lukash Pishchek 8,2*


Augsburg – Xoffenxaym-1899 0:2 (0:0, 0:2)

Gollar:0:1 – 47 Vagner, 0:2 – 64 Kramarich.

Augsburg – Xitc, Xinteregger, Gaueleu, Stafilidis (Bobadilya, 64), Maks, Gu CHja CHxol (Kor, 46), Bayer, Moravek (Xalil Altyntop, 73), SHmid, Verxag, CHji Don Von.

Xoffenxaym-1899 –  Baumann, Cuber, Xyubner, Zyule, Demirbay (SHer, 74), Oks (Kramarich, 46), Rudi, Fogt, Amiri (Polyanski, 87), Vagner, Ut.

Ogohlantirishlar: Stafilidis (10), Demirbay (15), Oks (21), Zyule (36), Gu CHja CHxol (39), Kor (50), SHer (90).

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi: Nadiem Amiri 8,0*


RB Leypcig – Ayntraxt F 3:0 (2:0, 1:0)

Gollar
: 1:0 – 6 Kompper, 2:0 – 45 Verner, 3:0 – 67, avtogol Valexo.

RB Leypcig
– Gulachi, Bernardo, Orban, Kompper, Xalstenberg, Ilzanker (Berk, 70), Demme, Zabitcer, Keyta, Poulsen (Zelke, 62), Verner (Kayzer, 80).

Ayntraxt F
– Gradecki, Abraam, Xektor, Valexo, CHendler, Maskarel, Xasebe, Ochipka, Rebich (Seferovich, 72), Gachinovich (Barkok, 72), Xrgota (Lindner, 6).

Ogohlantirishlar
: Rebich (15), Maskarel (69), Zelke (71).

CHetlatish
: Gradecki (3).

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi: Marvin Kompper 8,5*


Bundesliganing 17-turidan o'rin olgan yana ikkita uchrashuv: "Bayer" - "Gerta" hamda "Maync" - "Kyoln" to'qnashuvlari yakshanba kuni bo'lib o'tadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика