So’nggi yangiliklar

23:14Бэйл: "Тоттенхэм" қарғишдан қутулди"  0 22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  1 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  7 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  4 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  19 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  14 18:19"Милан"нинг янги мавсум либоси намойиш этилди  1 17:50Осимхен "Ювентус"ни рад этди. АПЛнинг 2 та клуби уни трансфер қилмоқчи  1 17:26"Қўқон-1912" "Қизилқум"дан устун келган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05Модричга "Реал"дан янги таклиф тушмади – Ла Лиганинг навбатдаги турида хайрлашув кутилмоқда  4

Bundesliga. Bo'sh tribunalar o'yin sifatiga tasir qilmoqda Yangiliklar

Bundesliga. Bo'sh tribunalar o'yin sifatiga tasir qilmoqda

Bundesligadagi noodatiy debyut tur borasidagi bazi xulosalari bilan o'rtoqlashdi SHaxboz Beg'amov o'zining telegramdagi kanalida.

Tomas Myuller muxlislarsiz o'tgan tur o'yinlarini hazilomuz tarzda nafaqaxo'r chollarning kechki mahal o'tkazgan o'zaro uchrashuviga qiyosladi. "Rur derbisi"da "Borussiya" Dortmundning "o'ynoqi chollari" "SHalke"ni ayab o'tirishmadi.

Xo'sh, qiziq faktlarga o'tamiz. Koronavirus effektini bevosita o'yinga o'tkazgan tasiri haqida. Demak, bu turda Bundesligada barcha jamoalar odatdagidan ko'ra ko'proq to'pni orqaga, yani darvozabonga oshirishdi.

Karantindan avvalgi davr bilan solishtirganda, o'tgan tur darvozabonlar nisbatan ko'proq to'p bilan muomalada bo'lishdi. Masalan, Noyer koronavirusdan avvalgi davrga qaraganda 50% ko'proq to'pga tegingan. Sermahsullik, yani gollar bo'yicha ham farq mavjud. Deylik, avvalgi turlarda o'rtacha 3,25 gollar urilgan. O'tgan turda esa gollar o'rtacha 2,75ni tashkil qildi. Yani samaradorlik tushib ketdi.

O'sish taraflama futbolchilarning yugurishi, yani jamoalarda o'yin davomida amalga oshirilgan sprintlar ko'rsatkichi oshgan. Bu futbolchilar uyda ko'p shug'ullangan individual mashqlari bilan bog'lanishi mumkin.

Zaxira limiti oshirilgani, yani 5 o'zgarishgacha ruxsat berilganidan Bruno Labbadia ("Gerta"), David Vagner ("SHalke"), SHteffen Baumgart ("Paderborn"), Marko Roze ("Borussiya" M), Adolf Xyutter ("Ayntraxt"), Markus Gisdol ("Kyoln"), Axim Bayerlorcer ("Maync"), Markus Xoffman ("Union") foydalandi. Qolganlar to'rttadan o'zgarishni amalga oshirgan bo'lsa, "Bavariya" ustozi Flik odatdagidek 3 o'zgarish bilan cheklandi.

"Bavariya" tarkibi haqida: boshlang'ich tarkibda syurprizlar kuzatilmadi. Avvalgi kabi jamoaning hozirgi davrdagi asosiy o'zagi o'ynadi. Tayanch zonasidagi Kimmix vaqti-vaqti bilan Boateng va Alaba juftligidagi markazga tushib bir chiziqda o'ynadi. Myuller esa o'zining yoqimli "nuqta" - o'ng qanot vingeri rolida harakat qildi. Aytgancha, Tomas karantinda qishga yaqin tiklagan optimal formasini yo'qotmagani ko'rindi. 

Esimda, o'yindan avval Flik "Bavariya" yakka-kurashlarga ko'proq etibor berishi kerakligini takidlab, "Union"ni bu borada maqtagandi. SHu bois asosiy tarkibda Koutino emas, balki Gorecka qo'yildi.

Qisqasi, Flikning haqligi va "Union" havoda va yakka-kurashda ancha kuchliligini ko'rish mumkin. CHunki, o'tgan turda yakka-kurashlardagi eng yaxshi ko'rsatkich "Union"ga (28) tegishli. Yana bir qiziq tarafi, shu kuni "Bavariya"ning barcha futbolchilari, Noyer ham havodagi kurashda kamida ikki marotadan g'olib chiqqan va shunday holatda ham yakkakurash va havodagi to'pga o'ynashda "Union"ga teng keladigani topilmadi.

SHuni ham aytish kerakki,  "Bavariya" o'tgan turda ikkala "Borussiya" yoki "Bayer"dek yorqin ko'rinmaganini ekonom rejim bilan bog'lash mumkin. Yani jamoa etarli zaxira bilan o'ynadi. Flik jamoani hozirgi holatini to'g'ri baholab, iyulga qadar davom etadigan chempionat va keyin malum tanaffusdan keyin ECHL "poyga"siga qo'shilishni inobatga olib, kuchni shunga qarab taqsimlamoqda. O'rtada balansni ushlamoqchi. Flik oldida oson bo'lmagan davr turibdi. Lekin shu holatda ham "Bavariya" Flikning eng kuchli "fishkasi", yani samarali o'ynay oldi. 

Xansi Flik boshqaruvidagi "Bavariya" nafaqat tajovuzkor, agressiv va pressingni xush ko'radigan hujumkor jamoa, balki minimalizaciyadan maksimum foydalanish — samaradorlikni yuqori o'ringa qo'yadi.

Bejizga Flik boshqaruvidagi "Bavariya" Bundesligada o'tkazgan 16 o'yinda 50 ta gol urib, o'rtacha samaradorlik (3,1 gol) bo'yicha Germaniya rekordini o'rnatmadi,  deyiladi xabarda.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика