So’nggi yangiliklar

15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  8 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  6 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  18

Bundesliga. "Bavariya" yakka hokim, "Borussiya Dortmund"ni "tinchlantirib" bo'lmayapti va yana o'sha "Xoffenxaym" Yangiliklar

Bundesliga. "Bavariya" yakka hokim, "Borussiya Dortmund"ni "tinchlantirib" bo'lmayapti va yana o'sha "Xoffenxaym"

Germaniya chempionati tobora o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda.


Kuni kecha yakuniga etgan 4-tur o'yinlari xususida va bugun boshlanadigan 5-tur uchrashuvlariga qisqacha to'xtalib o'tamiz.

Seshanba va chorshanba kuni bo'lib o'tgan 4-tur o'yinlarida kutilmagan sensacion natija qayd etilmadi.

Etiborga molik jihati, "Xoffenxaym" yana barchani ajablantirdi. Gap shundaki, o'tkazilgan barcha o'yinlarda durang o'ynab kelayotgan Yulian Nagelsman jamoasi ushbu turga kelib nihoyat g'alaba qozonishga juda yaqin turgandi. "Darmshtadt"ga qarshi kechgan bellashuvning oxirgi daqiqalarigacha yutib turgan "Xoffenxaym" uchrashuvga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada gol o'tkazib yuborishdi va yana durang natijasini qayd etishdi. To'rt o'yin va 4 ochko.

"Frayburg" kutilganidek "Gamburg" jamoasini o'z uyida mag'lubiyatga uchratdi. "Ingolshtadt" esa o'z maydonida "Ayntraxt"ga imkoniyatni boy berdi.

Mavsum kashfiyoti sifatida qaralayotgan "RB Leypcig" jamoasi bu turda oddiy bo'lmagan raqib "Borussiya Myonxengladbax"ga qarshi kechgan bahsda bir ochkoni qo'lga kiritishdi. Debyutant sanalgan "RB Leypcig" 4-turdan so'ng 8 ochko jamg'argan holda turnir jadvalining 6-pog'onasida bormoqda. Yana ular hozirga qadar mag'lubiyat nimalagini bilmay kelishmoqda. Bu ajoyib natija.

Bosh murabbiyni istefoga chiqargan "Verder" jamoasi yana o'z uyida mag'lubiyatga uchradi. Bu safar bremenliklar maydonidan "Maync" jamoasi 3 ochko bilan qaytishga muvaffaq bo'lishdi. Viktor Skripnikni ishdan ketishi "Verder"ga hozircha naf keltirgani yo'q. "Verder" esa o'ziga yangi bosh murabbiy izlash bilan band. Bu orada esa ular turnir jadvalining eng quyi qismida yaxshilab o'rnashib olishdi.

Leverkuzenda kechgan "Bayer" - "Augsburg" o'yinida hisob ochilmadi. Eng qizig'i, "Bayer" bu bahsda ham yana belgilangan 11-metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmadi. O'tgan o'yinda "Ayntraxt"ga qarshi uchrashuvning so'nggi daqiqasida belgilangan penaltini CHicharito golga aylantira olmagani tufayli leverkuzenliklar mag'lubiyatdan qutilib qolisholmagandi. Bu safar esa Aranguiz jamoasiga suv va havodek kerak bo'lgan g'alaba keltiradigan penaltidan unumli foydalana olmadi. Yakunda esa "Bayer" bu bahsda 2 ochko yo'qotdi.


Mavsumni golsiz va tabiiyki g'alabasiz o'tkazayotgan "SHalke" "Veltins Arena"da o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormagan "Kyoln"ni mehmon qildi. Turnir jadvalining so'nggi pog'onalarida borayotgan gelzerkirxenliklar uchun o'yin omadli boshlangandi. Klass-Yan Xuntelaar nihoyat jamoasining uzoq kutilgan ilk golini kiritishga muvaffaq bo'ldi. "Kyoln" darvozasi ham nihoyat "o'qqa" tutildi. Ammo "SHalke"ning xursandchiligi uzoqqa cho'zilmadi. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng "Kyoln" iroda namoyish etdi va mezbonlar darvozasiga ketma-ket uch marotaba yo'l topdi va safardan muhim 3 ochko bilan qaytish vazifasini uddaladi.


Turning markaziy bahsi "Volfsburg" hamda "Borussiya Dortmund" jamoalari o'rtasida kechdi. O'yin Tomas Tuxel shogirdlarining tezkor hujumlari bilan boshlandi. Uchrashuv debyutidayoq Mark Bartraning faolligi evaziga Rafael Gerreyru darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va Kastels darvozasini nishonga olishda muammoga duch kelmadi. Oradan ko'p vaqt o'tmay Obameyang tablodagi hisobni yana bittaga oshirdi. "Volfsburg" garchi himoyada ko'ngildagidek o'ynay olmagan bo'lsada, hujumda yaxshi taassurot qoldirdi. "Bo'rilar"da ham gol urish ajoyib imkoniyatlar vujudga keldi. Ammo shu kuni "Borussiya" darvozaboni Byurki juda ishonchi o'ynadi va bir qator vaziyatlarda jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Yakunda esa "Borussiya Dortmund" raqibi darvozasiga yana uch marotaba yo'l topa oldi. "Volfsburg" esa raqibning beshta goliga Didavining yagona goli bilan javob qaytardi.

Tomas Tuxel shogirdlari ushbu bahsda jami raqib darvozasi tomon 8 marotaba zarba yo'llashdi va ularning barchasi mo'ljalga aniq bordi. Yo'llangan 8ta zarbaning 5tasi gol bilan yakunlangani va dortmundliklar oxirgi 3 o'yinda jami 17 bor raqiblari darvozasini ishg'ol etishgani shunchaki ajoyib natija.

Turnir peshqadamlari o'rtasida kechgan "Bavariya" - "Gerta" bellashuvida myunxenliklar ishonchli va yirik g'alabani qo'lga kiritishdi. Frank Riberining chiroyli goli, "Gerta" himoyasidagi parokandalikdan unumli foydalangan Tyago Alkantaraning goli va yakunda jarohatidan qutilib ilk marotaba maydonga tushgan Robbenning o'z uslubidagi golidan so'ng tabloda 3:0 hisobi o'rnatildi.


Germaniya chempionatining 4-turidan so'ng "Bavariya" yuz foizlik natija bilan turnir jadvalida yakka peshqadamga aylanib oldi. Mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazayotgan "Kyoln" esa 10 ochko bilan peshqadamni "quvishda" davom etmoqda. Dortmundning "Borussiya" jamoasi esa 9 ochko bilan 3-pog'onaga ko'tarilib oldi. Ularga esa turnir jadvalida "Ayntraxt" hamda "Gerta" jamoalari "qo'shnilik" qilishmoqda. "RB Leypcig" esa shunchaki shov-shuv ko'tarish emas, balki bundesligadagi niyatlari va maqsadlari jiddiy ekanini isbotlamoqda. Debyutant jamoa aktivida 8 ochko mavjud va ular 6-o'rinni o'zlarini qilib olishgan.

Xavfli zonada "Verder" hamda "SHalke" jamoalari "peshqadamlik" qilishmoqda. Bu jamoalar hozircha ko'pchilikni ajablantirishda davom etishmoqda.

Bundesliganing 4-turidan so'ng eng ko'p gol urgan jamoasi "Bavariya" hisobida 14ta gol mavjud. Eng ko'p gol o'tkazib yuborgan jamoa "Verder" aktivida ham 14ta gol bor.


G'alaba qozona olmayotgan jamoalar soni beshta. Bular "SHalke", "Verder", "Ingolshtadt", "Gamburg" hamda "Xoffenxaym". Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan jamoalar soni to'rttani tashkil etadi. "Bavariya", "Kyoln", "RB Leycig" va "Xoffenxaym" jamoalari hali maydonni boshlari egik holda tark etishmadi.


Bundesliga 4-turining ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Byurki ("Borussiya D")

Himoyachilar: Frederik Sorensen ("Kyoln"), David Abraham ("Ayntraxt"), Nikolas Xofler ("Frayburg"), Julio Donati ("Maync")

Yarim himoyachilar: Frank Riberi ("Bavariya), Tyago Alkantara ("Bavariya"), Gonsalo Kastro ("Borussiya D"), Rafael Gerreyru ("Borussiya D")

Hujumchilar: Per-Emerik Obameyang ("Borussiya D"), Antoni Modest ("Kyoln")


To'puralar poygasida Robert Levandovski yakka hokimlik qilmoqda. Uning hisobida 5ta gol mavjud. Ikkinchi pog'onada esa Obameyang va Modest bormoqda. Dortmund hujumchisi "bo'rilar"ga qarshi o'yindagi dubli evaziga gollari sonini 4taga etkazib oldi. Levandovski hamda Obameyang poygasiga tezlik bilan "Kyoln" hujumchisi Antoni Modest ham qo'shilib oldi. Ularga esa "RB Leypcig" hujumchisi Timo Verner ham raqobat taqdim etishga urinib ko'rmoqchi. Hozircha yosh istedodli hujumchi Verner hisobida 3ta gol bor.


Assistentlar etakchisi Frank Riberi sanaladi. Hozircha Riberi jamoadoshlarining to'rtta goliga hammualliflik qildi. "Xoffenxaym" yarim himoyachisi Kramarich, dortmundliklar azosi Kastro va "Bavariya" futbolchisi Tomas Myuller esa 3ta golga assistentlik qilishgan.


Bugun Bundesliganing 5-tur o'yinlariga start beriladi.


Turni "Borussiya Dortmund" hamda "Frayburg" jamoalari o'rtasidagi bahs ochib beradi. Ertaga esa "Ayntraxt" jamoasi "Gerta"ni mehmon qiladi. "Augsburg"ning bu galgi raqibi esa "Darmshtadt" bo'ladi. "Gamburg" o'z maydonida "Bavariya"ga jiddiy imtihon topshiradi. Ishlari yurishayotgan "Maync" bu turda aksincha ishlari orqaga ketayotgan "Bayer"ni qabul qiladi. Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi esa "Ingolshtadt" bilan kuch sinashadi. Turnir jadvalining qo'yi qismida o'rnashib olgan "Verder" bu gal o'tgan turda "Borussiya D"dan "tarsaki" egan "bo'rilar", yani "Volfsburg" bilan orani ochiq qilib olishadi.

Yakshanba kuni esa turning so'nggi ikkita bellashuvi bo'lib o'tadi. Faqat durang qayd etayotgan "Xoffenxaym" mag'lubiyatdan boshi chiqmayotgan "SHalke"ni sinovdan o'tkazadi. Hozircha ajoyib o'yinlari bilan muxlislarni xursand etayotgan "Kyoln" hamda "RB Leycig" jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика