Bundesliga. “Bavariya” mavsumdagi ilk mag'lubiyatni qarshi oldi+FOTO
29 sen 2018 01:37
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/455658_original.jpg)
![](/upload/storage/455658_220.jpg)
Bundesliga. “Bavariya” mavsumdagi ilk mag'lubiyatni qarshi oldi+FOTO
Berlindagi “Olmpiashtadion”da kechgan bellashuvning 23-daqiqasida Vedad Ibishevich penaltini aniq amalga oshirib, mezbonlarni hisobda oldingi olib chiqqan bo'lsa, tanaffusga qadar yarim himoyachi Ondrey Duda ikkinchi bor myunxenliklarni ranjitdi.
Bu Niko Kovach boshqaruvidagi “Bavariya”ning joriy mavsumdagi ilk mag'lubiyati bo'ldi. Qizig'i, mavsumni ketma-ket g'alabalar bilan boshlagan “Bavariya” o'tgan turda o'z uyida “Augusburg”ni (1:1) engga olmagandi.
Bundesliganing keyingi turida “Bavariya” o'z uyida “Borussiya” (M)ni qabul qilsa, “Gerta” safarda “Maync” mehmoni bo'ladi. Har ikkla o'yin 6 oktyabr kuni o'tkaziladi.
Gerta – Bavariya 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 23, penalti Ibishevich, 2:0 – 44 Duda.
Gerta – Kraft, Rekik, SHtark, Mittelshtedt, Lazaro, Mayer, Duda, Kalu (Lekki, 71), SHelbred, Dilrosun (Yastshembski, 90), Ibishevich (Zelke, 53).
Bavariya –Noyer, Zyule, Kimmix, Alaba, Boateng, Alkantara, Sanshesh (Gnabri, 63), Riberi, Xames (Vagner, 72), Robben (Myuller, 52), Levandovski.
Ogohlantirish: Ibishevich (40), Kimmix (48), Dilrosun (90), Duda (90).
Hertha Berlin Vedad Ibisevic - 23', Ondrej Duda - 44' |
1. Bundesliga . 6-tur 28/09/2018, 23:30 0
:
2
Tugadi
|
Bayern Munich |
Stadion: Olympiastadion, 74669 tomoshabin
Bosh hakam: Marco Fritz
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar