So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  6 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  14 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Bundesliga. "Bavariya" Gelzerkirxenga safarga otlangan, "Bayer" esa "Gamburg" "tanovul" qilmoqchi... Yangiliklar

Bundesliga. "Bavariya" Gelzerkirxenga safarga otlangan, "Bayer" esa "Gamburg" "tanovul" qilmoqchi...

Bundesliganing 2-tur o'yinlari markaziy bahs orqali boshlanadi.


Bugun tunda Germaniya chempionatining 2-tur doirasidagi "SHalke" - "Bavariya" uchrashuvi bo'lib o'tadi.


Birinchi turda safarda "Ayntraxt"ga qarshi o'yinni boy bergan "SHalke" endi o'z maydonida "Bavariya"ni qabul qiladi.

Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Bavariya" mavsumni ajoyib g'alaba bilan boshlagandi.
"SHalke" futbolchilarining kayfiyati esa ko'tarinki emas. Birinchidan jamoa ilk turda mag'lubiyatga uchradi, ikkinchidan yangi mavsumdagi dastlabki o'ydagi o'yin amaldagi chempion "Bavariya"ga qarshi.

"SHalke" bosh murabbiyi Markus Vayncirl endi o'z shogirdlariga kerakli so'zlarni topib berishi, "Bavariya" bilan bo'ladigan bellashuvga esa aniq va puxta reja tayyorlashi kerak bo'ladi. Aks holda myunxenliklar "SHalke"ni ochkosiz qoldirib ketishlari haqiqatga yaqinroq.
"SHalke" uchun 2-turdan keyin ham 0 ochko bilan turnir jadvali quyida bo'lish esa ancha uyatli holat hisoblanadi.

To'qnashuv favoriti aniq. Lekin gelzerkirxenliklar shunchaki jabrdiyda rolida bo'lishlarini ham tasavvur qilish qiyin. Demak bugun hech bir jamoa osonlikcha ochkolarni qo'lga kirita olmaydi. Demak "Feltins Arena"da bugun haqiqiy jang, keskin kurashlar va shiddatkorona futbol guvohiga aylanishimiz kafolatlangan, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Bundesliganing 2-turidan o'rin olgan qolgan o'yinlar ertaga va indinda bo'lib o'tadi.


Turning yana bir etiborga molik bahsi Leverkuzenda o'tkaziladi. "Bay Arena"da mahalliy "Bayer" jamoasi "Gamburg"ni mehmon qiladi. Mavsumning dastlabki uchrashuvida Myonxengladbaxda "Borussiya"ga yutqazib qo'ygan "Bayer" endi o'z muxlislari qarshisida vaziyatni o'nglashga harakat qiladi. "Bayer"ning raqibi mavsumni yangi umidlar va niyatlar bilan boshlagan "Gamburg" bo'ladi. Bruno Labbadia jamoasi "Ingolshtadt" bilan bo'lgan o'yinda yaxshi taassurot qoldirishgandi. Ammo o'sha bahs ularga faqatgina bir ochkoni taqdim etgandi. "Bay Arena"dagi uchrashuvda ham Labbadia kamida ochko bilan qaytishni ko'zlamoqda. Rojer SHmidt esa faqat 3 ochko ilinjida jamoasini ushbu bellashuvga tayyorlamoqda. Bahs favoriti kimligini aytish shart emas, ammo hozirgi "Gamburg" istalgan jamoa uchun yaxshigina bosh og'riq bo'la olishi taxmin qilinmoqda.


O'tgan turning markaziy uchrashuvida muhim g'alabani qo'lga kiritgan "Borussiya Myonxengladbax" bu safar "Frayburg" mehmoniga aylanadi. To'qnashuvda mezbonlar o'zlarining mavsumdagi dastlabki ochkolarini qo'lga kiritishga urinib ko'rishadi, Andre SHubert boshchiligidagi gladbaxliklar muvaffaqiyatli yurishni davom ettirish uchun bor kuchlarini ishga solishlari tayin. Ularni keyingi haftada ECHL doirasidagi muhim bahs kutayotgani ham bu bahsda kuch tejashlariga sabab bo'la olmaydi. SHubertning fikri-hayoli ayni paytda faqat bundesliga o'yinlariga qaratilgan.

Dortmundning "Borussiya" klubi bu turda debyutant "RB Leypcig" bilan kuch sinashadi.
Tomas Tuxel "armiya"si 1-turda "Signal Iduna Park"da qiyinchilik bilan bo'lsada "Maync"ni mag'lubiyatga uchratishni uddalagandi. Yangi mavsumda ham "Bavariya"ga chempionlik "poygasi"da to'sqinliq qilishi mumkin bo'lgan "Borussiya Dortmund" uchun bu kabi o'yinlarda ochko yo'qotish yaramaydi. Ammo bu debyutantga qarshi uchrashuv ular uchun shunchaki rasmiyatchilik bo'lmasligi aniq. Mavsum kashfiyoti bo'lishi kutilayotgan "RB Leypcig" o'z muxlislari qarshisida nomdor jamoani mag'lubiyatga uchratish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni amalga oshirishi kundek ravshan. Bu jamoa gol urishni biladigan, chiroyli va ochiq futbol o'ynashga intiladigan qiziqarli jamoa ekanligini "Xoffenxaym" bilan bo'lgan bahsda ham isbotlagandi. Safarda "Xoffenxaym" bilan 2:2 natijasini qayd etish oson ish emasligi va buni Ralf Xazenxyutl shogirdlari uddalagani ko'p narsadan dalolat beradi. "Borussiya Dortmund" uchun bu bahs haqiqiy bosh og'riqqa aylansa ajab emas. Bu to'qnashuv neytral muxlislar uchun haqiqiy tomoshabop o'yinga aylanishi kutilmoqda.


Mavsumni kuo'tarinki kayfiyatda boshlagan "bo'rilar", yani "Volfsburg" jamoasi "Kyoln" bilan o'z maydonida hisob-kitob qilib oladi.
O'tgan turda "Bavariya"dan qaqshatkich zarbani qabul qilib olgan bremenliklar bu turda "Augsburg" bilan to'qnash kelishadi.
"Ingolshtadt" o'z uyida "Gerta"ni qabul qilsa, "SHalke"ni yutgan "Ayntraxt" "Darmshtadt"ni o'z uyida qabul qiladi.
Turning so'nggi bellashuvi "Maync" hamda "Xoffenxaym" o'rtasida kechadi.

Hozircha birinchidan turdan so'ng hech qanday aniq bir xulosa qilish yaramaydi. Ushbu turdan so'ng jamoalarning imkoniyatlari, kuchlari, mavsumga qay tarzda tayyorgarlik ko'rgani haqida kichik bo'lsada xulosa qilish mumkin bo'ladi.

Bundesliganing ushbu turida ham kutilgan va kutilmagan natijalar qayd etilishi mumkin.


Robert Levandovski, Obameyang, CHicharito, Tomas Myuller ushbu turda gol ura olishadimi? Kim xet-trik, kim poker qayd eta oladi? CHicharito ushbu mavsumda ham yana "Bayer"ning haloskori bo'larmikan? Mario, ha, Super-Mario yana Bundesligaga qaytdi. Raqib himoyachilari nuqul ko'zdan qochirib qo'yadigan Mario Gomes yana gollar urishni davom ettiradimi? Noyer bu safar tomoshabinlar va raqib hujumlariga qanday hunar o'ylab toparkin, degan savollar yo'q emas. Bu kabi savollarga Bundesliganing ushbu tur o'yinlari orqali ham javob topib olsak ajab emas. Karlo Anchelottining Germaniya chempionatidagi sayohati ham alohida kuzatishga arzigulik voqea. Karlo tog'a uchun "pochin" ancha yaxshi va qiziqarli chiqqandi. O'zgargan, yanada kuchaygan va keskinlashgan "Bavariya"ning Gelzerkirxendagi o'yini ko'pchilikni qiziqtirishi tabiiy.

Xullas, bugun boshlanadigan 2-tur o'yinlari yana kamida 2 kun davom etishini hisobga olsak, Germaniya chempionatiga mahliyo bo'lib qolgan ishqibozlar hech ham zerikmasliklari aniq.

Bundesliga zerikarli, bir jamoaning chempionatiga deydiganlarga esa shunchaki ushbu chempionatdagi o'yinlarni tomosha qilishni tavsiya qilamiz. Qolganiga esa o'zlari baho beraverishadi.

Demak o'tkazib yubormang, bugun futbol kechasi!


Bundesligani "www.Aleziya.com" sayti orqali jonli kuzatib boring!


SHahboz Beg'amov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика