So’nggi yangiliklar

23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  0 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  2 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  2 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  11 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  62 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1

Bundesliga. "Bavariya" bugun o'z maydonida "burgutlar"ni qabul qiladi (prevyu) Yangiliklar

Bundesliga. "Bavariya" bugun o'z maydonida "burgutlar"ni qabul qiladi (prevyu)

Bugun "Alyanc Arena"da Germaniya chempionatining 27-turidan o'rin olgan "Bavariya" - "Ayntraxt" bahsi o'tkaziladi.

"Bavariya" Xansi Flik boshchiligida g'alabalar foizini o'stirib, katta maqsad yo'lida odimlab bormoqda. Hozir ayni o'ch olish vaqti, chunki raqib - birinchi davrada "Bavariya"ni to'rtta to'p farqi bilan 5:1 hisobida taslim qilgan "Ayntraxt".

Bayern Munich

Leon Goretzka - 17', Thomas Mueller - 41', Robert Lewandowski - 46', Alphonso Davies - 61', Martin Hinteregger - 74'

1. Bundesliga . 27-tur

23/05/2020, 21:30

2
:
5
Tugadi

Eintracht Frankfurt

Martin Hinteregger - 52', Martin Hinteregger - 55'

Stadion: Allianz Arena, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Marco Fritz

45'
90'
17'  Leon Goretzka
17'  Thomas Mueller
41'  Thomas Mueller
41'  Alphonso Davies
46'  Robert Lewandowski
46'  Kingsley Coman
61'  Alphonso Davies
64'  Ivan Perisic (Serge Gnabry)
73'  Jerome Boateng (Lucas Hernandez)
74'  Martin Hinteregger
85'  Kingsley Coman (Joshua Zirkzee)
85'  Joshua Kimmich (Michael Cuisance)
35'  Martin Hinteregger
46'  Evan N'Dicka (Timothy Chandler)
52'  Martin Hinteregger
52'  Sebastian Rode
55'  Martin Hinteregger
55'  Sebastian Rode
71'  Mijat Gacinovic (Djibril Sow)
71'  Sebastian Rode (Daichi Kamada)
76'  Andre Silva (Bas Dost)
76'  Danny da Costa (Erik Durm)

Hozir jamoalarning holati mutlaqo boshqacha deyishingiz mumkin, biroq bu o'yinda hech qanday intriga bo'lmaydi degani emas.

So'nggi ikki yil ichida Myunxen va Frankfurt o'rtasidagi kurash qaysidir manoda principial ahamiyat kasb etmoqda – jamoalar mana ettinchi bor turli musobaqalarda to'qnash kelishyapti.

"Bavariya" – 2020 yilda yutqazmagan holda 34 ochkoga ega bo'lgan yagona jamoa.

Flik qo'mondonligi ostida "Bavariya" har bir o'yinda o'rtacha 3,1 ta gol urmoqda (Bundesliganing 16 o'yinida naqd 50 ta gol!). SHu vaqt ichida Levandovski 13 ta va butun mavsum davomida 26 ta gol urdi. U shuncha turda 26 ta gol urishga erishgan "Bavariya" afsonasi Gerd Myullerdan tashqari chempionat tarixidagi ikkinchi o'yinchiga aylandi.

"Ayntraxt" – bu mavsumda "Bavariya"ni mag'lubiyatga uchratgan to'rt jamoadan biri.

Alohida aytish kerakki, "burgutlar" ligada mehmondagi o'yinlar bo'yicha eng yomon statistikaga ega. Ular ishlab olish mumkin bo'lgan 36 ochkodan atigi 7 ochko to'plashgan.  "Ayntraxt" Myunxendagi oxirgi 10 ta uchrashuvda faqat yutqazgan.

Jamoaning to'purarlari - himoyachi Martin Xinteregger va hujumchi Gonsalo Pasiensiya. Ularning har biri 7 tadan gol urgan.

"Frankfurt"da o'ziga yarasha muammolar bor. Pasiensiya, Abraxam, Russ, Jelson va Kor kabilar turli sabablarga ko'ra o'yinni o'tkazib yuborishadi.

"Ayntraxt"ning bu o'yinda g'alaba qozonishiga hech kim ishonmayapti va jamoa mag'lubiyatlar seriyasini beshtaga etkazishini taxmin qilishmoqda.


"Bavariya" "Union" bilan uchrashuvda katta kuch bilan o'ynamagani rost, lekin bu bugungi o'yinda ham shunday bo'lishini anglatmaydi.

"Bavariya" ikkinchi o'rindagi jamoadan to'rt ochko oldinda bormoqda. Flik bugungi bahsda keyingi turda "Borussiya D" bilan bo'lib o'tadigan super jangni yodda tutgan holda o'z shogirdlarining kuchini ayab o'ynatishga harakat qiladi, etakchilarni asraydi. Balki, zaxiradagi o'yinchilarning xizmatidan foydalanishi mumkin.

"Bavariya" tarkibidagi holat hamon o'zgarishsiz, yani Tolisso, Xavi Martines va Zyule davolanishni davom ettirmoqdalar, Koutino ham qaytishga yaqin. U navbatdagi o'yinlarni o'tkazib yuborsa-da, safga qaytishga oz qolgani uning kelajagi bo'yicha savollarga javob berishiga sabab bo'ladi.


Bild nashri tomonidan taqdim etilgan taxminiy tarkiblar


"Alyanc Arena" bugungi o'yinga tayyor!

“Bavariya” ishtirokidagi o'yinlarni tomosha qilish har bir futbol ishqiboziga zavq bag'ishlaydi. SHunday ekan, Toshkent vaqti bilan 21:30'da boshlanadigan bahsni o'tkazib yuborishni maslahat bermaymiz.  

Bundesliga. Markaziy o'yin va "Folksvagen-Arena"dagi to'qnashuv haqida (prevyu)

Bundesliga. Qiziqarli o'yinlarga boy tur prevyusi


SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика