Bundesliga. "Ayntraxt" Bremenda g'alaba qozondi
04 iyu 2020 01:25
Yangiliklar


Bundesliga. "Ayntraxt" Bremenda g'alaba qozondi
Mazkur bahsda sensaciya qayd etilmadi. O'yinga qadar "Verder" (25 ochko) musobaqa jadvalining 17-pog'onasini egallab turgan edi. Frankfurtliklar esa bu bellashuvda g'alaba qozonish orqali ochkolari sonini 35taga etkazib, 11-o'ringa ko'tarilib olishlari mumkinligini bilishardi va yakunda shunday bo'ldi.
Uchrashuv teng kurashlar ostida o'tdi. Birinchi bo'limda hisobni ochish maydondagi futbolchilarning hech biriga nasib etmadi. Ikkinchi bo'lim avvalida faollikni oshirgan mehmonlarni 61-daqiqada Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Andre Silva hisobda oldinga olib chiqdi. O'yinning 81-daqiqasida esa SHtefan Ilzanker Sebastyan Rodeni almashtirdi va shu daqiqaning o'zida hisoni 0:2 ko'rinishiga olib keldi. Aynan Ilzankerning o'zi bahsning so'nggi daqiqalari hisobni yirik ko'rinish olishini ham taminladi - 0:3.
Werder Bremen |
1. Bundesliga . 24-tur 04/06/2020, 00:30 3
:
0
Tugadi
|
Eintracht Frankfurt Andre Silva - 61', Stefan Ilsanker - 81', Stefan Ilsanker - 90' |
Stadion: Wohninvest-Weser-Stadion, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Patrick Ittrich
24-y tur
Verder – Ayntraxt F 0:3
3 iyun, 23.30, "Vezershtadion"
Gollar:
0:1 – 60 Andre Silva, 0:2 – 81 Ilzanker, 0:3 – 90 Ilzanker.
"Verder" – Pavlenka, Velkovich, Gebre Selassie, Fridl (Augustinsson, 76), Fogt (Voltemade, 83), Klassen, Eggeshtayn, Bartels (Rashica, 62), Moysander, Osako (Bitenkur, 76), Zelke (Sardjent, 62).
"Ayntraxt F" – Trapp, Ture, Abraam, Xinteregger, Xasebe, Kor, Kostich, Gachinovich (de Guzman, 87), Rode (Ilzanker, 81), Kamada (Sou, 77), Andre Silva (Dost, 77).
Ogohlantirishlar:
Bartels (3), Xinteregger (14), Velkovich (87).
Germaniya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar