Bundesliga. 77 daqiqa bir kishi ko'p bo'lib harakat qilgan “Bavariya” ishonchli g'alabaga erishdi

28 okt 2017, 23:36
Germaniya chempionatining 10-turida “Bavariya” ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.

Myunxenliklar “Alyan Arenada” “RB Leyptsig” klubini 2:0 hisobida taslim etishdi. Mehmonlar tarkibida  Orban 13-daqiqada to'g'ridan to'g'ri qizil kartochka olib, mezbonlarning mushkulini yanada osonlashtirdi. 19-daqiqada Xames hisobni ochgan bo'lsa, 38-daqiqada Robert Levandovskiy o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi.

Ushbu g'alabadan keyin “Bavariya” ochkolari soni 23 taga etdi va ular turnir jadvalining birinchi pog'onasiga ko'tarilishdi.

Germaniya chempionati, 10-tur.

Bavariya – RB Leyptsig 2:0 (2:0, 0:0)

Gollar: 1:0 – 19 Xames, 2:0 – 38 Levandovski.

Bavariya – Ulrayx, Xummels, Boateng, Alaba, Martines, Robben (Tolisso, 86), Kimmix (Rafinya, 84), Alkantara, Rudi, Xames, Levandovski (Vidal, 45).

RBLeyptsig –Gulachi, Orban, Xalstenberg, Klostermann, Upamekano, Zabitcer (Bruma, 46), Keyta, Demme, Forsberg (Laymer, 62), Poulsen, Verner (Konate, 22).

Ogohlantirish: Alkantara (82).

Chetlatish: Orban (13)


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia