So’nggi yangiliklar

14:51Тонали Гаттузо ҳақида: "У менга айтган ҳамма нарсани қадрлайман"  0 14:23Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум  0 14:07U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон – Фаластин. Таркиблар маълум  13 13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  1 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3 12:45Эшитдик-да! "Бунёдкор" "Олимпия" стадионида ўйнайди  8 12:21"Истиқлол" бош мураббийи Ашурматов ва Машариповнинг жароҳати ҳақида тўхталди  1 11:52Жанни Инфантино: "Шавкат Мирзиёевнинг футболга бўлган муҳаббати сўнгги икки йил ичида янада кучайганини кўриб хурсанд бўлдим"  4 11:25Эронлик эксперт: "Юсуфи майдондан тўғри четлатилди, Алижонов ва пенальти бўйича қарор ҳам ўринли, бироқ..."  38 10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  5 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  9 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  5 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  13 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  3

Bundesliga: 24-tur prevyusi Yangiliklar

Bundesliga: 24-tur prevyusi

Diqqat! Bundesligada navbatdagi 24-tur uchrashuvlari boshlanmoqda.
Ko'z ochib yumgunga qadar bir hafta ham o'tdi va yana Germaniya chempionati o'yinlaridan baxra olish imkoniga egamiz. Mazkur tur uchrashuvlari orasida bir qator qiziq o'tishi kutilayotgan matchlar mavjud.

Ayniqsa, "Volfsburg" - "Bavariya" hamda "SHalke 04" - "Xoffenxaym" o'yinlarini tomosha qilish orqali bundesliga muxlislari aslo zerikib qolishmaydi, deb o'ylaymiz. "Championat.asia" siz – aziz muxlislarni shu va boshqa uchrashuvlarning o'yinoldi tafsilotlari bilan tanishtirib o'tadi.

Tur doirasidan quyidagi bahslar o'rin olgan:
08.03 19:30 da   SHalke 04 - : - Xoffenxaym
08.03 19:30 da   Borussiya M - : - Augsburg
08.03 19:30 da   SHtutgart - : - Ayntraxt B
08.03 19:30 da   Gannover 96 - : - Bayer
08.03 19:30 da   Volfsburg - : - Bavariya
08.03 19:30 da   Gamburg - : - Ayntraxt F
08.03 22:30 da   Nyurnberg - : - Verder Bremen
09.03 19:30 da   Frayburg - : - Borussiya D
09.03 21:30 da   Maync 05 - : - Gerta Berlin

Endi esa bevosita har bir uchrashuvga qisqacha to'xtalib o'tamiz:



"SHALKE 04" - "XOFFENXAYM"
Stadion: Veltins-Arena, Gelzenkirxen
Bosh hakam: Hartmann (Vangen)
Qanot hakamlari: Salver (SHtutgart), Emmer (Turmansbang)
To'rtinchi hakam: Osmers (Gannover)

Mazkur uchrashuv gelzenkirxenliklar uchun alohida ahamiyatga ega. Boisi "SHalke 04" o'tgan haftada qabul qilib olingan ikki yirik mag'lubiyatni tezroq engib o'tishi talab etiladi. Buning uchun esa zinsxaymliklarni mag'lub etish lozim bo'ladi. SHu orqaligina Yens Keller shogirdlari muxlislar ishonchini qaytara olish imkonikga ega bo'lishadi. Yo'qsa, Dortmundning "Borussiya"si kabi "SHalke 04" ham kichik bo'lsa-da inqiroz ko'chasiga kirib qolishi mumkin. "Qirollik klubi"dan 6 ta va "Bavariya"dan 5 ta gol qabul qilib olingani jamoa muxlislarining keskin noroziligiga sabab bo'ldi. Aynan shuni inobatga olgan holda aytishimiz mumkinki, mezbonlar mazkur matchda ochiq va hujumkor o'yin namoyish etishadi va faqat g'alaba uchun to'p surishadi. Ammo "Xoffenxaym" ham oson mag'lub etiladigan jamoalardan emas. Demak, uchrashuvni kuzatish uchun sabablar etarli…


"BORUSSIYA M" - "AUGSBURG"
Stadion: Borussiya-Park, Myonxengladbax
Bosh hakam: Kirxer (Rottenburg)
Qanot hakamlari: Kempter (Zauldorf), Zaydel (Xennigsdorf)
To'rtinchi hakam: Vingenbax (Maync)

Mazkur bellashuvning ham murosasiz bahslarga boy tarzda o'tishi taxmin qilinmoqda. Buning uchun sabablar etarli. Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi mavsumni qanday yaxshi start bilan boshlagan bo'lsa, ikkinchi davrani shunday yomon tarzda davom ettirmoqda. Gladbaxlik futbolchilar mana 8 ta uchrashuvdirki, g'alaba nimaligini bilmay kelishmoqda. Bunday holat ushbu jamoa bilan tez-tez sodir bo'lmaydi, buni yaxshi bilasiz. Mavsum avvalida ushbu jamoa oldiga CHLga yo'llanma olish vazifasi qo'yilgandi. Lekin ahvol shu tarzda davom etadigan bo'lsa, "Borussiya"ni xatto Evropa Ligasida ham ko'rmasligimiz mumkin. Buyog'ini endi vaqt ko'rsatadi. Biz esa sizga ushbu uchrashuvni tomosha qilishni maslahat beramiz.

 
"SHTUTGART" - "AYNTRAXT B"
Stadion: Mersedes-Benc-Arena, SHtutgart
Bosh hakam: Dingert (Lebeksmuyle)
Qanot hakamlari: Bandurski (Oberxauzen), S. SHtegemann (Niederkassel)
To'rtinchi hakam: Zippel (Myunxen)

Deyarli barcha jamoalar sekin-asta kerakli ochkolar yig'ayotgan paytda "SHtutgart" boshqalarga ochko ulashish bilan band. Bir necha yillar avval bundesliga gegemonlaridan biri sanalgan jamoaning bunday ahvolga tushib qolgani achinarli, albatta. Lekin na iloj… Bu gaplarni braunshvayglik futbolchilarga nisbatan ham ishlatish mumkin. Faqat farqli tomoni, "Ayntraxt" Braunshvayg avvaldan bundesliganing kuchli jamoalari emas, balki ligada jon saqlab qolishga urinuvchi jamoalar sirasiga kiradi. Ikki omadsiz o'yin namoyish qilayotgan jamoalar to'qnash kelayotgan bo'lishsa-da, uchrashuvning qiziq o'tishi takidlankoqda. Boisi har ikki jamoa uchun ham ochko suv va havodek muxim. Demak, bizni oldinda qiziqarli bahs kutmoqda.  


"GANNOVER 96" - "BAYER"
Stadion: HDI-Arena, Gannover
Bosh hakam: Svayer (Berlin)
Qanot hakamlari: SHtoyer (Menden), Pelgrim (Boxolt)
To'rtinchi hakam: Rode (Rostok)

Tur doirasidan o'rin olgan bahslardan yana biri Gannover shahrida joylashgan ko'rkam arenada bo'lib o'tadi. Unda mezbon - "Gannover" turnir jadvali etakchilaridan biri "Bayer"ni qabul qiladi. Mazkur bellashuv ham ko'plab muxlis va mutaxassislarning qiziqishiga sabab bo'lmoqda. Mezbonlar to'rt o'yindan buyon muvaffaqiyatsizlikka uchrashmoqda. Buni jamoaning o'sha to'rt bellashuvning uchtasida mag'lub bo'lib, faqat bir bor durrang o'ynagani ham ko'rsatib turibdi. "Bayer"da esa holat biroz boshqacharoq. Sami Xyupiya shogirdlarining ishlari yomon emas, deb aytishimiz mumkin. Ammo "dorishunoslar" biroz bo'shashadigan bo'lishsa, ularni quvib o'tishga shay turgan ikki jamoa mavjud. Bunga yo'l qo'ymaslik uchun esa ertaga bo'lib o'tadigan bahsda g'alaba qozonish talab etiladi.




"VOLFSBURG" - "BAVARIYA"
Stadion: Folksvagen-Arena, Volfsburg
Bosh hakam: Velz (Cisbaden)
Qanot hakamlari: Foltiyn (Maync-Kastel), Tomsen (Kleve)
To'rtinchi hakam: Grudzinski (Hamburg)

Musobaqa jadvalining eng yuqori pog'onasini band etib turgan "Bavariya" esa navbatdagi g'alaba uchun shay holatda! Ha, shunday, biz adashayotganimiz yo'q. Myunxenliklar mazkur uchrashuvda ham uch ochko olishni ko'zlashmoqda. Buni jamoa ustozi Pep Gvardiola ham aytib o'tdi. Qolaversa, "Gollivud FK"da martdayoq chempionlik masalasini hal qilib qo'yish imkoniyati mavjud. Jamoaning har bir azosi ushbu voqeaning tezroq sodir bo'lishini xohlamoqda va shu boisdan ham "Bavariya" oldiga Volfsburgdan zafar bilan qaytish vazifasi qo'yilgan. Ammo… Ammo "Volfsburg" ham ushbu matchda g'alaba uchun maydonga chiqadi. "Bo'rilar"ning o'z muxlislari qarshisida o'ynashlarini ham unutmaslik lozim. Ko'rib turganingizdek, uchrashuvni kuzatishimiz uchun sabablar etarli. Ko'ramiz, omad qay bir jamoaga kulib boqar ekan…


"GAMBURG" -  "AYNTRAXT F"
Stadion: Imtex-Arena, Hamburg
Bosh hakam: Hakamlar hali tayinlangani yo'q

Boshqa bellashuvlarga qaraganda "Gamburg" - "Ayntraxt F" uchrashuviga bo'lgan muxlislar etibori biroz pastroqdek. Ha, chindan ham. Jamoalarning turnir jadvalida egallab turgan o'rinlarini inobatga oladigan bo'lsak, shunday bo'lishi ham kerak. Ammo bu degani, mazkur bahs zerikarli o'tishini anglatmaydi. Zero, har ikkala jamoa uchun ham ochko juda va juda zarur. Kerakli ochkolarning qo'lga kiritilishi xavfli zonadan uzoqlashish imkonini beradi. SHu boisdan, uchrashuv ancha murosasiz ruhda o'tishini taxmin qilishimiz mumkin.

"NYURNBERG" - "VERDER"
Stadion: Grundig-SHtadion, Nyurnberg
Bosh hakam: Greyfe (Berlin)
Qanot hakamlari: Kleve (Kyoln), Zinn (Fildershtadt)
To'rtinchi hakam: Fisher (Xemer)

SHanba kuni kechki payt bo'lib o'tuvchi bahsda "Nyurnberg" "Verder"ni qabul qiladi. Mazkur bellashuvning ham ancha keskin ruhda o'tishi taxmin qilinmoqda. Boisi ikki jamoa ham bundesligadagi o'rinlari bo'yicha deyarli qo'shni bo'lib turishibdi va ularning oldiga qo'yilgan vazifa ham bir xil: bundesligada jon saqlab qolish. Ko'rinib turibdiki, ikki jamoa ham faqat uch ochko uch maydonga chiqishadi. Lekin ushbu bahsni qo'rqmay olti ochko taqdirini hal etuvchi uchrashuv, deb atashimiz mumkin. Zafar quchadigan jamoa o'zining asosiy raqobatchilaridan birni muxim uch ochkodan maxrum etadi. SHuni inobatga olib aytadigan bo'lsak, Grundig-SHtadionda bo'lib o'tadigan mazkur bellashuvni ham tomosha qilish mumkin.

"FRAYBURG" - "BORUSSIYA D"
Stadion: Mage-Solar-SHtadion, Frayburg
Bosh hakam: Gagelmann (Bremen)
Qanot hakamlari: Anklam (Buxxolc), Gorniak (Bremen)
To'rtinchi hakam: SHmidt (SHtutgart)

Yana bir qiziq o'tishi kutilayotgan match Frayburg shahrida bo'lib o'tadi. Mage-Solar SHtadionda o'tkaziladigan mazkur bellashuvda "Frayburg" va "Borussiya" Dortmund jamoalari to'qnash kelishadi. Etiborga molik jihati shuki, mezbonlar dortmundlik futbolchilarga qarshi o'yinga qattiq tayyorgarlik olib borishdi. Ular jamoa muxlislariga syurpriz tayyorlash niyatidalar. Ammo buni uddalash oson bo'lmaydi. CHunki, "sariq-qoralar" jamoasi asta-sekinlik bilan bo'lsa-da o'z o'yinini topib bormoqda. Dortmundliklar yana turnir jadvalining ikkinchi pog'onasiga chiqib olishdi. Bu voqea ushbu jamoa muxlislarini juda ham xursand qildi. Ammo "Borussiya D" ishqibozlarini ranjitayotgan narsa shuki, jamoaning asosiy hujum quroli sanalauvchi Robert Levandovskining yakshanba kungi matchda maydonga tushishi masalasi hozircha ochiq  turibdi. Futbolchi hafta o'rtasida terma jamoa bahsida kichik jarohat orttirib olgandi. Endi esa yakshanba kuni uning maydonda harakatlana olish imkoni bor yoki yo'qligi nomalum bo'lib turibdi. Nima bo'lgan taqdirda ham bu bellashuvning qizg'in kechishiga shubxa yo'q. Keling, yaxshisi uchrashuvni kuzatamiz va voqealar rivojiga birga guvoh bo'lamiz.

"MAYNC" - "GERTA"
Stadion: Kofeys-Arena, Maync
Bosh hakam: Meyer (Burgdorf)
Qanot hakamlari: Bornxorst (Damme), Voss (Grossxansdorf)
To'rtinchi hakam: Grudzinski (Gamburg)

24-turning so'nggi uchrashuvi yakshanba kuni Maync shahri ko'rkiga ko'rk qo'shib turgan muxtasham Kofeys-Arenada bo'lib o'tadi. Unda "Maync" va "Gerta" jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi. Mazkur jamoalar bellashuvi ham ko'pchilik muxlislar etiborini tortgan. Boisi har ikki jamoa chempionatni ajoyib tempda davom ettirishmoqda. Mezbonlar ham, berlinliklar ham Evropa Ligasida o'ynash imkonini beruvchi o'rinlarni egallashni maqsad qilishgan va hozircha hammasi rejalashtirilganidek ketmoqda. Ammo ikki raqobatchining o'zaro to'qnashuvida omad kimgadir kulib boqadi va aksincha kimdandir yuz o'giradi. Xo'sh, bu safargi to'qnashuvda kimning qo'li baland kelar ekan?! Ushbu savolga javobni yaqin vaqt ichida olish imkoniga egamiz.

To'purarlar  bahsi:
Bundesliga to'purarlari bahsi ajoyib tarzda kechmoqda. Deyarli har turda etakchi nomi o'zgarmoqda. Bu turda ham Levandovski taxdan ag'darilsa, ko'pchilik hayron bo'lmaydi. Boisi uning raqobatchilari Ramos va Mandjukichlar mazkur tur bellashuvlariga o'zgacha ruhda tayyorgarlik olib borishdi. Levida esa biroz boshqacha holat: Polyak hujumchisining joriy turda maydonga tushishi aniq emas. Demak, to'purarlar bahsida etakchi nomi o'zgarishiga tayyor tursak ham bo'ladi. Ko'ramiz, voqealar qay tarzda rivoj olar ekan… 


 

#

O'yinchi

Jamoa

Gollar

1

Robert Levandovski

Borussiya Dortmund

15

2

Mario Mandjukich

Bavariya Myunxen

14

3

Adrian Ramos

Gerta Berlin

14

4

Pier-Emerik Obameyang

Borussiya Dortmund

13

5

Roberto Firmino

Xoffenxaym

12

 

Bugunga kelib musobaqa jadvali quyidagicha ko'rinish olgan:

#

Jamoa

O'

YU

D

M

T-N

Och

1

Bavariya

23

21

2

0

56

65

2

Borussiya D

23

14

3

6

27

45

3

Bayer

23

14

1

8

13

43

4

SHalke 04

23

12

5

6

7

41

5

Volfsburg

23

12

3

8

8

39

6

Maync 05

23

11

4

8

-3

37

7

Borussiya M

23

10

6

7

11

36

8

Gerta Berlin

23

10

5

8

7

35

9

Augsburg

23

10

5

8

2

35

10

Xoffenxaym

23

7

8

8

4

29

11

Gannover

23

7

4

12

-12

25

12

Frankfurt

23

6

7

10

-13

25

13

Verder Bremen

23

6

7

10

-20

25

14

Nyurnberg

23

4

11

8

-13

23

15

SHtutgart

23

5

4

14

-13

19

16

Gamburg

23

5

4

14

-14

19

17

Frayburg

23

4

7

12

-22

19

18

Ayntraxt B

23

4

4

15

-25

16



Aziz bundesliga muxlislari, ko'rib turganingizdek, navbatdagi tur doirasidan o'rin olgan uchrashuvlar orasida qiziq va keskin kurashlarga boy tarzda o'tishi kutilayotganlari talaygina. Biz sizlarga ushbu bellashuvlarni kuzatishni maslahat beramiz. Zero, bundesliga o'yinlarini kuzatish orqali yana bir bor Evrofutbol havosidan bahra olish imkoniga ega bo'lamiz.

Keling ushbu imkoniyatni qo'ldan boy bermaymiz!

Bundesligani ko'ring! Bundesligaga muxlislik qiling!

Zoxirjon AKRAMXONOV
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика