Bundesliga: 21-tur prevyusi
14 fev 2014 20:16
Yangiliklar


Bundesliga: 21-tur prevyusi
21-turda quyidagi jamoalar o'zaro to'qnash kelishadi:
15.02 00:30 da Maync 05 - : - Gannover 96
15.02 19:30 da Borussiya D - : - Ayntraxt F
15.02 19:30 da Bavariya - : - Frayburg
15.02 19:30 da Verder - : - Borussiya M
15.02 19:30 da Xoffenxaym - : - SHtutgart
15.02 19:30 da Ayntraxt B - : - Gamburg
15.02 22:30 da Bayer Leverkuzen - : - SHalke 04
16.02 19:30 da Augsburg - : - Nyurnberg
"Bavariya" - : - "Frayburg"
Stadion : "Allianc-Arena"
Boshlanish vaqti: 15.02 (19:30)
"SA" taxmini: 60 - 40
Tur doirasidan o'rin olgan bahslar orasida eng murosasiz o'tishi kutilayotganlaridan biri Myunxen shahrida joylashgan ko'rkam "Allianc-Arena"da bo'lib o'tadi. Unda musobaqa peshqadami "Bavariya" ko'rsatayotgan nursiz o'yinlari tufayli muxlislarini ranjitayotgan "Frayburg"ni qabul qiladi. Ko'plab muxlis va mutaxassislar ushbu uchrashuvda mezbonlarning hech qanday qiyinchiliksiz g'alaba qozonishlarini taxmin qilishmoqda. Ammo shuni ham unutmaslik lozimki, frayburglik futbolchilar mazkur to'qnashuvga qattiq tayyorgarlik ko'rdilar. Ular ham oldilariga Myunxendan ochko olib qaytish vazifasini qo'yishgan. SHuni inobatga olgan holda aytishimiz mumkinki, "Bavariya" - "Frayburg" uchrashuvini kuzatish uchun sabablarimiz etarli.
• "Bavariya" bu galgi raqibi - "Frayburg"ga qarshi kechgan so'nggi 23 bahsning birortasida mag'lubiyatga uchramay kelmoqda. Ko'ramiz, bu safar ham ushbu anana davom etarmikan…
• "Frayburg" o'z tarixida biror marta bo'lsa ham turnir jadvali peshqadamiga qarshi kechgan safar o'yinida g'alaba qozona olmagani etiborga molik hodisadir.
• 20-turdan keyin "Gollivud FK" hisobida 56 ochko mavjud. Bir narsaga diqqatimizni qaratsak: O'tgan mavsum yakunida 56 ochko to'plagan jamoa to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritgandi. Demak, "Bavariya" eng kamida CHLda o'ynash imkonini beruvchi o'rinni o'zi uchun naqd qilib bo'ldi!
• Xosep Gvardiola shogirdlari so'nggi o'n ikki uchrashuvda faqat va faqat zafar quchishmoqda. Xatto durrang o'ynash ham myunxenliklar uchun "qiyin" vazifaga aylangan.
• Bu mavsumda hech bir jamoa "Bavariya"ni mag'lub etish imkonini topa olayotgani yo'q. Faqatgina "Frayburg" va "Bayer" jamoalari "Gollivud FK"ga qarshi kechgan uchrashuvlarda durrang natija qayd etishning uddasidan chiqishgan.
• Myunxen super-klubi joriy mavsumdagi barcha uy uchrashuvlarida zafar quchib kelmoqda. Bunday uchrashuvlarning soni hozircha 10 ta. Ammo bu seriyaning yanada uzoqroq davom etishiga ishonishimiz mumkin. Etiborli jihati shundaki, bugunga qadar bundesliganing hech bir klubiga mavsumning hamma uy o'yinlarini faqat g'alaba bilan tugatish nasib etgan emas.
• Tiago bundesliga doirasidagi o'zining dastlabki o'n uchrashuvining hammasida g'alaba qozondi. Xavi Martines bo'lsa o'zi ishtirok etgan oxirgi 19 o'yinni yutib kelomoqda. Bu ikki natija ham bundesliga rekordi sanaladi.
• Oliver Baumann va David Alaba singari futbolchilar qiziq bir natijaning sohibi bo'lib turishibdi: Ushbu ikki futbolchi uzoq vaqt davomida sariq kartochka olmasdan kelishmoqda. Baumann 77 o'yindan buyon sariq olmagan bo'lsa, Alaba 69 uchrashuvdan beri ogohlantirilmadi.
"Borussiya D" - : - "Ayntraxt F"
Stadion : "Signal Iduna Park"
Boshlanish vaqti: 15.02 (19:30)
"SA" taxmini: 55 - 45
Turning yana bir murosasiz bahsi Dortmundda bo'lib o'tadi. Unda "Signal Iduna Park" sohiblari Frankfurt shahri bosh jamoasi sanaluvchi "Ayntraxt"ga qarshi bahs olib borishadi. Mezbonlar ushbu uchrashuvda faqat g'alaba uchun maydonga tushishlarini jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp takidlab o'tdi. Boisi "sariq-qoralar" so'nggi to'rt uy uchrashuvida g'alaba qozona olishmadi. Tabiiyki, bu dortmundlik muxlislarning noroziliklariga sabab bo'lmoqda. SHuni inobatga oladigan bo'lsak, "Borussiya"ning hujumkor o'yin namoyish etishini taxmin qilishimiz mumkin. Balki, ancha paytdan beri gol ura olmay kelayotgan Levandovski bu safar o'z muxlislarini shod etar. Buyog'ini o'yinni tomosha qilish orqali bilib olamiz. Quyida esa uchrashuv atrofidagi bir qator qiziqarli malumotlar bilan sizlarni tanishtirib o'tamiz.
• "Borussiya" Dortmund "Iduna Park"da kechgan oxirgi to'rt o'yinda zafar qucha olmadi. Bu jamoa tarixidagi eng yomon ikkinchi ko'rsatkichdir. Bundan avval 2006 yilda dortmundliklar qatorasiga besh uy uchrashuvida g'alaba qozonishning uddasidan chiqa olishmagan edi.
• Qiziq jihati shundaki, ushbu ikki jamoa so'nggi besh kun ichida ikkinchi bor bir-birlari bilan to'qnash kelishmoqda. Seshanba kuni bo'lib o'tgan Kubok bahsida "Borussiya" D Obameyang tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga zafar quchgan edi. Bu safar kimning qo'li baland kelar ekan…
• O'tgan turda ikkala jamoa ham g'alaba nashidasini surishga muvaffaq bo'lishgan. Mezbonlar "Verder"ni 5-1 hisobida taslim etishgan bo'lsa, frankfurtlik futbolchilar braunshvayglik "adashlari" ("Ayntraxt B") ga qarshi bahs yuritib, 3-0 hisobida zafar quchishgani etiborga molik.
• Yurgen Klopp "Verder"ga qarshi kechgan matchda o'zining murabbiy sifatida bundesligadagi 110-g'alabasini tantana qildi. Agar bu safar ham dortmundliklar uch ochko qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lishsa, Klopp Otmar Xitcfildga etib olish imkoniga ega bo'ladi. U 111 uchrashuvda dortmundliklarni g'alaba sari olib borishning uddasidan chiqqan.
• Frankfurtliklar so'nggi besh safar o'yining to'rttasida mag'lub bo'lishgan. Faqat "Bayer" (16-tur) o'z uyida 1-0 hisobida mag'lub etilgan. Ko'rib turganingizdek, mazkur to'qnashuvda "Ayntraxt" Frankfurt yaqqol autsayder emas. Agar bu jamoa futbolchilari shiddat bilan o'ynashsa, "Bayer" va xatto "Borussiya D"dek jamoalarni ham taslim eta olishlari mumkin.
• "Borussiya D" bundesligada o'ynay boshlaganidan buyon "Ayntraxt F"dan boshqa hech bir klubni 38 bor mag'lub etish imkoniga ega bo'lmagan. Bu borada frankfurtliklarga unchalik ham havas qilib bo'lmaydi.
• Bilasiz, Armin Vey ko'p yillardan buyon bundesligada faoliyat olib boradi. U bir necha nemis jamoalarini boshqargan. SHu vaqt ichida Vey boshqaruvidagi jamoalar 16 bor "Borussiya" Dortmundga qarshi bahs yuritishgan bo'lib, faqat bir marta zafar quchishga muvaffaq bo'lishgan, xolos. Bu voqea 2007 yilda "SHtutgart" bilan amalga oshirilgan.
• Robert Levandovski "Ayntraxt F"ga qarshi o'tgan o'yinlarda to'rt bor maydonga tushgan bo'lib, bu o'yinlarda polyak futbolchisiga gol urish nasib etmagani diqqatga sazovordir.
"Bayer" - : - "SHalke 04"
Stadion : "BayArena"
Boshlanish vaqti: 15.02 (22:30)
"SA" taxmini: 55 - 45
21 turning markaziy uchrashuvi Leverkuzen shahrining eng nodir memoriy majmualaridan biri sanaluvchi "BayArena"da bo'lib o'tadi. Uchrashuvda turnir jadvalining oldingi pog'onalarini egallab turgan ikki etakchi jamoalar to'qnash kelishadi. Ha, "Bayer" - "SHalke 04" bahsi ko'pchilik muxlislarda katta qiziqish uyg'otayotgani bor gap. Boisi bu ikki klub medallar uchun kurash olib borishmoqda va ko'rsatayotgan ajoyib o'yinlari orqali o'z muxlislarini xushnud etishmoqda. Yuksak maqsad yo'lida odimlayotgan ushbu ikki jamoa to'qnashuvida kimning qo'li baland kelishi hammamiz uchun qiziq, albatta. SHuni inobatga olib, barcha-barcha bundesliga ixloslmandlarini ushbu matchni tomosha qilishga chorlab qolamiz.
• Leverkuzenning "Bayer" jamoasi 20 uchrashuvning 14 tasida zafar quchishga muvaffaq bo'ldi. Bu orqali "dorishunoslar" jamoa rekordini yangilashga erishishdi. SHunday bo'lsa-da, leverkuzenliklar peshqadam - "Bavariya"dan 13 ochko ortda borishmoqda.
• SHtefan Kisling yubilyar bo'lish arafasida: U bundesligadagi 300 o'yinida maydonga chiqish imkoniga ega bo'lib turibdi. Agar Kissling "SHalke"ga qarshi kechadigan bahsda maydonga tushsa, 300 uchrashuvlik dovonni zabt etgan 212-futbolchiga aylanadi.
• Kisling 299 uchrashuvda 121 marta raqiblar darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'lgan.
• Kisling haqida yana bir malumot: SHtefan bundesligadagi so'nggi 106 turning barchasida maydonga tushgan yagona o'yinchidir. SHu paytga qadar hech bir futbolchi Germaniya chempionatida ketma-ket 106 uchrashuvda maydonga chiqish imkoniga ega bo'lmagan.
• Ushbu ikki jamoaning "BayArena"dagi oxirgi bahsi o'tgan mavsumning 12-turida sodir bo'lgandi. O'shanda mezbonlar 2-0 hisobida zafar quchishga muvaffaq bo'lishgan. Aynan o'sha uchrashuvdan so'ng "SHalke 04"da omadsiz uchrashuvlar seriyasi boshlanib ketgandi.
• Bilasiz, bundan 50 yil oldin yangicha bundesligaga asos solingan edi. O'shandan buyon "Bayer" ham, "SHalke 04"ham chempionlik shoxsupasiga ko'tarila olmay kelishmoqda. Qachonlardir Germaniya chempioni degan unvonga ega chiqqan jamoalar ichida faqat shu ikki klubgina yangi 50 yillikda bundesligada zafar qucha olishmadi.
• Qiziq bir jihatga etiboringizni qaratamiz: Joriy mavsumda Leverkuzen jamoasida eng yorqin o'yin ko'rsatayotgan futbolchi bu – Sidney Semdir. Qiziq tomoni, Sidney yangi mavsumdan boshlab "SHalke 04" uchun to'p tepishni boshlaydi.
Mazkur turda bir qator natijalar yangilanishi va yangi rekordlar qayd etilishi mumkin:
Yurgen Klopp 111-g'alabasiga mushtoq: Dortmundning "Borussiya" jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp tarixiy natijani qayd etish arafasida turibdi. Agar Klopp shogirdlari navbatdagi turda g'alaba qozonishning uddasidan chiqishadigan bo'lishsa, Yurgen Klopp murabbiy sifatida bundesligadagi 111-g'alabasini qo'lga kiritadi. Bu "sariq-qoralar" jamoasi murabbiylari tomonidan zabt etilgan rekord natija sanaladi. Ushbu rekord hozirda SHveycariya terma jamoasini boshqarayotgan mutaxassis Otmar Xitcfild tomonidan o'rnatilgan. Buning uchun unga 208 o'yin talab etilgandi. Klopp esa 190 uchrashuvdayoq dortmundliklar murabbiylari orasida eng yuqori cho'qqini zabt etish imkoniga ega bo'lib turgani etiborga molik voqeadir.
SHtefan Kisling 300lik dovonni zabt etmoqchi: Leverkuzenning "Bayer" jamoasi yuragi sanaluvchi Kisling ajoyib natijani qayd etish arafasida. Gap shundaki, hujumchi faoliyati davomida 299 bor bundesliga uchrashuvlarida ishtirok etishga ulgurdi va mazkur turda 300-uchrashuvida maydonga tushishi mumkin. Futbolchi 299 o'yinda 121 marta gol urishga muvaffaq bo'lgani ham etirofga loyiq. SHtefan 300 uchrashuvlik dovonni zabt etayotgan 212-futbolchidir.
Tiago ham yangi rekord o'rnatishi mumkin: Ispaniyalik futbolchi bundesligaga ko'chib o'tganidan buyon uning jamoasi faqat g'alaba qozonmoqda. Tiago "Bavariya" safida bundesliganing 10 ta uchrashuvida maydonga tushdi. Ushbu bahslarning hammasi "Gollivud FK"ning g'alabasi bilan tugadi. Agar mazkur turda ham myunxenliklar zafar quchishning uddasidan chiqishsa, Tiago o'zi ishtirok etgan dastlabki 11 uchrashuvda g'olib chiqqan dastlabki futbolchiga aylanadi. Boisi 10 uchrashuvda faqat g'alaba qozongan futbolchilar orasida Tiago yolg'iz emas: Robert Kovach, Isaak Forza va Dominik Kor kabi futbolchilar ham o'zlarining bundesligadagi dastlabki 10 uchrashuvini g'alaba bilan tugatishga muvaffaq bo'lishgandi. Ammo Tiago bu borada ularni ortda qoldirish imkoniga ega. Buning uchun unga va uning jamoasiga yana bir zafarli uchrashuv kifoya.
Musobaqa to'purarlari:
To'purarlar bahsida qiziq holat yuzaga keldi. Mavsum boshidan buyon goleodorlar bahsida etakchilikni hech kimga bermay kelayotgan "Borussiya D" hujumchisi Robert Levandovski ikkinchi davraga kelib biroz sustlashdi va "poytaxtlik mehmon" Adrian Ramosga birinchi pog'onani bo'shatib berishga majbur bo'ldi. Ramos ajoyib o'yin ko'rsatishda davom etmoqda. Agar "Levi" avvalgidek o'ynay boshlamasa, Ramos "shoxsupa"dan pastga tushadiganga o'xshamaydi. Qolaversa, Mandjukich va Obameyang kabi futbolchilar ham turdan-turga hisobidagi gollar sonini oshirib borishmoqda. Borgan sari qizib borayotgan ushbu "kichik bahs"da omad oxir-oqibat qaysi futbolchiga kulib boqar ekan. Kuzatamiz…
# |
O'yinchi |
Jamoa |
Gollar |
1 |
Adrian Ramos |
Gerta Berlin |
14 |
2 |
Robert Levandovski |
Borussiya Dortmund |
13 |
3 |
Mario Mandjukich |
Bavariya Myunxen |
12 |
4 |
Pier-Emerik Obameyang |
Borussiya Dortmund |
11 |
5 |
Vedad Ibishevich |
SHtutgart |
10 |
6 |
Yosip Drmich |
Nyurnberg |
10 |
7 |
SHtefan Kisling |
Bayer L |
10 |
Musobaqa jadvali:
# |
Jamoa |
O' |
YU |
D |
M |
UG - O'G |
T-N |
Och |
1 |
Bavariya Myunxen |
20 |
18 |
2 |
0 |
53 - 9 |
44 |
56 |
2 |
Bayer Leverkuzen |
20 |
14 |
1 |
5 |
37 - 20 |
17 |
43 |
3 |
Borussiya Dortmund |
20 |
12 |
3 |
5 |
47 - 24 |
23 |
39 |
4 |
SHalke 04 |
20 |
11 |
4 |
5 |
39 - 29 |
10 |
37 |
5 |
Borussiya M |
20 |
10 |
3 |
7 |
36 - 25 |
11 |
33 |
6 |
Volfsburg |
20 |
10 |
3 |
7 |
33 - 24 |
9 |
33 |
7 |
Gerta Berlin |
20 |
9 |
4 |
7 |
31 - 24 |
7 |
31 |
8 |
Augsburg |
20 |
9 |
4 |
7 |
30 - 29 |
1 |
31 |
9 |
Maync 05 |
20 |
9 |
3 |
8 |
29 - 35 |
-6 |
30 |
10 |
Gannover 96 |
20 |
7 |
3 |
10 |
29 - 35 |
-6 |
24 |
11 |
Xoffenxaym |
20 |
5 |
7 |
8 |
40 - 43 |
-3 |
22 |
12 |
Ayntraxt F |
20 |
5 |
6 |
9 |
24 - 34 |
-10 |
21 |
13 |
Verder Bremen |
20 |
5 |
5 |
10 |
24 - 45 |
-21 |
20 |
14 |
SHtutgart |
20 |
5 |
4 |
11 |
33 - 41 |
-8 |
19 |
15 |
Frayburg |
20 |
4 |
6 |
10 |
20 - 36 |
-16 |
18 |
16 |
Nyurnberg |
20 |
2 |
11 |
7 |
24 - 36 |
-12 |
17 |
17 |
Gamburg |
20 |
4 |
4 |
12 |
33 - 47 |
-14 |
16 |
18 |
Ayntraxt B |
20 |
3 |
3 |
14 |
11 - 37 |
-26 |
12 |
Zoxirjon AKRAMXONOV tayyorladi

Fikrlar