Bundesliga: 16-tur prevyusi
13 dek 2013 13:00
Yangiliklar

Bundesliga: 16-tur prevyusi
Bu hafta dam olish kunlari Germaniya bundesligasida navbatdagi 16 tur uchrashuvlari o'tkaziladi.
Bu turda ham qiziqarli o'tishi kutilayotgan bir qator uchrashuvlar mavjud. “SA” sizni ushbu to'qnashuvlarning o'yinoldi tafsilotlari bilan qisqacha tanishtirib o'tadi. Demak, bizda bundesliga 16 tur uchrashuvlari prevyusi.
Avvalo, tur doirasidan o'rin olgan bahslarda qaysi jamoalar o'zaro to'qnash kelishlari bilan tanishib oling:
14.12 00:30 da Gerta - : - Verder Bremen
14.12 19:30 da Maync 05 - : - Borussiya M
14.12 19:30 da Augsburg - : - Ayntraxt B
14.12 19:30 da Bavariya - : - Gamburg
14.12 19:30 da Xoffenxaym - : - Borussiya D
14.12 19:30 da Gannover 96 - : - Nyurnberg
14.12 22:30 da Volfsburg - : - SHtuttgart
15.12 19:30 da SHalke 04 - : - Frayburg
15.12 21:30 da Bayer Leverkuzen - : - Ayntraxt F
Endi esa bahslarga qisqacha to'xtalib o'tamiz:
Stadion: Olimpiashtadion, Berlin
Turning dastlabki uchrashuvi Berlindagi afsonaviy Olimpiashtadionda bo'lib o'tadi. Unda mezbon “Gerta“ kichik inqirozni boshidan kechirayotgan Bremenning “Verder“ jamoasini qabul qiladi. Ushbu uchrashuvga bo'lgan etibor ancha yuqori. Boisi “Verder“ ning o'tgan turdagi “sharmandali“ mag'lubiyatdan keyin qanchalik darajada o'ziga kela olgani ko'plab muxlislarni qiziqtirmoqda. Ammo “mashshoqlar“ ning Olimpiashtadionda “Gerta“ ga qarshi to'p surishlarini ham unutmaslik lozim. Zero berlinliklar uyda istalgan raqibni tiz cho'ktira olishadi. qolaversa, bu jamoa oldiga juda jiddiy maqsadlar qo'yilgan. “Gerta“ yangi mavsumda Evrokuboklarda ishtirok etishni maqsad qilgan. Demak, bizni oldinda murosasiz bahs kutmoqda.
“SA” taxmini bo'yicha jamoalar huyidagi tarkibda maydonga chihadilar:
“Gerta”: Kraft - Langkamp, Pekarik, Lustenberger, van den Bergx - Xosogai, Jigerchi - Skelbred, Allagui- Ramos, Ben-Xatira
“Verder”: Militc - Fritc, Lukimya, Kaldirola, Garsiya - Makiadi, Elia, Selassi, Di Santo, hunt – Celke
“SA” taxmini: “Gerta” 55%-45% “Verder”
Stadion: Kofeys-Arena, Maync
Bu turda “Maync” Kofeys-Arenada turnir jadvali etakchilaridan biri Myonxengladbaxning “Borussiya“ jamoasiga qarshi bahs yuritadi. “Maync“ jami 20 ochko to'plagan holda sakkizinchi pog'onani band etib turibdi. “Borussiya“ hisobida 31 ochko mavjud va myonxengladbaxliklar turnir jadvalining to'rtinchi pog'onasidan joy olishgan. Ko'rinib turibdiki, mexmonlar biroz ustun. Lekin uchrashuv mezbonlari ham bu bahsga jiddiy tayyorgarlik olib borishdi. Ularning o'z maydonlarida to'p surishlarini ham xisobga olsak, uchrashuvni anchagina qiziq o'tishini taxmin qilishimiz mumkin bo'ladi. Myonxengladbaxlik futbolchilar har qanday holatda ham uch ochko uchun maydonga chiqishadi. CHunki ular jamg'argan ochkolar soni yana bir “Borussiya“ (Dortmund) to'plagan ochkolar bilan bir xil. Agar “Borussiya M“ futbolchilari asosiy raqibni o'zib ketishini istamaslar “Maync“ ni mag'lub etishlariga to'g'ri keladi. Ammo buni uddalash oson kechmasligi - aniq.

“Maync”: Karius - Noveski, Pospex, Park, Bell - Gays, Soto - Polter, Simling, Myuller – SH. Okazaki
“Borussiya M”: SHtegen - Yanchke, SHtransl, Vendt, Korb - Kramer, Xaka - Xerrman, Raffael, Arango - Kruze
“SA” taxmini: “Maync” 45%-55% “Borussiya” Myonxengladbax
Stadion: SGL – Arena , Augsburg
Ushbu turda bo'lib o'tadigan o'yinlar orasida unchalik katta qiziqishga sabab bo'lmayotgan matchlardan biri Augsburgda o'tkaziladi. “Augsburg”-“Ayntarxt B” to'qnashuviga muxlislar etibori chindan pastdek, nazarimizda. Braunshvayglik futbolchilar hamon oxirgi o'rinni hech kimga bermay kelishmoqda. Bu jamoa hisobida bor-yo'g'i 8 ochko! mavjud.”Augsburg” da esa ishlar unchalik yomon emas. Bu jamoa o'rtamiyonalardan biri sanaladi va amalda shunday ekanini isbotlamoqda ham. “Augsburg” 15 turdan keyin 20 ochko bilan to'qqizinchi o'rinda bormoqda. Umuman olganda, bu natija “Augsburg” uchun qoniqarlidir. Ko'pchilik mezbonlarning g'alabasiga shubxa qilmayapti. Lekin “Ayntraxt” uchun ochko suv va havodek zarur. Agar bu jamoa muxim ochkolarni yig'maydigan bo'lsa, yangi mavsumni ikkinchi bundesligada boshlashiga to'g'ri keladi. SHu sababdan braunshvaygliklardan ham nimanidir kutsak bo'ladi.

“Augsburg”: Xits - Ferxaey, Kallsen-Brakker, Klavan, Ostrzolek - Baier - Verner, Xolcxauzer, Vogt, Moravek –Altintop
“Ayntraxt B”: Davari - Bichakchich, Elabdellaui, Pertel, Dogan - Kratc, Toyerkauf, Bellarabi, Boland, Vranchich – Kumbela
“SA” taxmini: “Augsburg” 55%-45% “Ayntraxt” Braunshvayg
Stadion: Allianc-Arena, Myunxen
“Gollivud FK” yana bir yangi g'alaba uchun shay holatda! Evropa CHL dagi mag'lubiyatni hisobga olmaganda, “Bavariya” da hammasi joyida. Myunxenliklar bundesliga doirasidagi 40 ta o'yinni mag'lubiyatga uchramagan holda o'tkazishdi va ular bu seriyani hali uzoq davom ettirish niyatidalar. Navbatdagi turda raqiblik qiladigan “Gamburg” ga qarshi bahsga Pep Gvardiola shogirdlari ancha jiddiy tayyorgarlik ko'rishdi. Boisi myunxenliklar “MS” dan uchralgan mag'lubiyat tasodif ekanini butun dunyoga isbotlash niyatidalar. Ammo “Gamburg” ham g'alabani raqibga qo'sh-qo'llab topshirib qo'yadigan jamoa emas. To'g'ri, “Gamburg” hozirda turnir jadvalining 13 pog'onasidan joy olgan. Ammo gamburgliklar hali ham istalgan jamoaga bosh og'rig'i bo'lishi mumkin. SHuni inobatga olsak, Allianc-Arenada bo'lib o'tadigan bahsni tomosha qilish uchun sabablar etarli.

“Bavariya”: Noyer - Dante, van Buyten, Rafinya, Alaba – SHakiri, Riberi, Gyotce, Kroos, Myuller - Mandjukich
“Gamburg”: Adler - Vestermann, Juru, Tay, Yansen - Arslan, Badelj, Kalhanoglu, Bayster, Ilichevich – Lazogga
“SA” taxmini: “Bavariya” 60%-40% “Gamburg”
Stadion: Virsol Rayn-Nekkar-Arena, Zinsxaym
Zinsxaym jamoasiga bu turda “Borussiya” Dortmund raqiblik qiladi. Raqib ancha jiddiy, ammo yutish mumkin bo'lmagan jamoa mavjud emas (“Bavariya” dan tashqari (Germaniyada)). SHuni hisobga olgan holda “Xoffenxaym” chempionat etakchilaridan birini mag'lub etib, muxim ochkolarni qo'lga kiritmoqchi. Biroq buni amalga oshirish oson kechmasligi – hammamizga tushunarli. Dortmundliklar asta-sekin o'z formalarini tiklab borishmoqda. CHL da guruhdan chiqish vazifasining uddalangani ham “Borussiya” o'ziga kelayotganidan dalolat berib turibdi. Bundan xulosa qilish mumkin-ki, Rayn-Nekkar-Arenada o'tkaziladigan uchrashuv anchagina qiziq o'tadi.

“Xoffenxaym”: Kastels - Abraham, Bek, Jonson, Suyle - SHtrobl, Salihovich - Firmino, Folland, Al-Yunusi - Modeste
“Borussiya D”: Vaydenfyoller - Grosskroyc, Fridrix, Kel, Durm - Bender, Blashchikovski, G. Mxitaryan, SHaxin, Roys - Levandovski
“SA” taxmini: “Xoffenxaym” 45%-55% “Borussiya” Dortmund
Stadion: HDI Arena, Gannover
“Nyurnberg” 16 turda “Gannover” mexmoni bo'ladi. Bundesliganing eng omadsiz jamoasi bo'lib turgan Gertyan Verbek shogirdlari hamon g'alaba qozona olishgani yo'q. Bu jamoa hisobida 9 ochko mavjud va eng qiziq tomoni shundaki, bu 9 ochkoni yig'ish uchun nyurnberglik futbolchilar to'qqiz bor durrang o'ynashlariga to'g'ri keldi. Qolgan 6 ta bahsda esa Verbek ustozligidagi jamoa mag'lubiyat alamini totishga majbur bo'ldi. “Gannover“ bo'lsa 17 ochko bilan 12 pog'onada bormoqda. Bu matchda ko'pchilik muxlis va mutaxassislar mezbonlarning g'alabasini taxmin qilishmoqda. Amalda ham shunday bo'lib chiqramikan! Bunisini yaqin vaqt orasida bilib olamiz…

“Gannover”: Ciler - Marselo, Sakai, SHulc, Prib - SHmiedebax, Xusti, Andreasen, SHlaudraff - Sobiex, Diuf
“Nyurnberg”: SHeyfer - Nilsson, Pogatetz, Plattenxardt, CHandler - Franc – Xasebe, Drmich, Foylner, Kiyotake - Ginchzek
“SA” taxmini: “Gannover” 60%-40% “Nyurnberg”
Stadion: Folksvagen-Arena, Volfsburg
Turning markaziy uchrashuvi Volfsburg shahri ko'rkiga ko'rk qo'shib turgan, Germaniyadagi eng muxtasham arenalardan biri sanaluvchi Folksvagen-Arenada bo'lib o'tadi. Unda “Volfsburg” va “SHtuttgart” jamoalari o'zaro bahs yuritishadi. “Bo'rilar” uchun mavsum yaxshi kechmoqda. Ular 26 ochko bilan turnir jadvalining beshinchi pog'onasida borishmoqda. Diter Xekking jamoasi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borayotgan bir paytda Tomas SHnayder boshchiligidagi “SHtuttgart” o'ninchi o'rinda borgan holda o'z muxlislarini biroz ranjitmoqda. Mavsum avvalidagi omadsiz start “SHtuttgart” ga xozirgacha hamroxlik qilib kelmoqda. Ammo so'nggi turlarda qayd etilgan natijalarga etibor berib, Tomas SHnayder shogirdlari asta-sekin o'z o'yinlarini topib borayotganliklarini etirof etishimiz mumkin. Ayniqsa, Bolqonlik xujumchi Vedad Ibishevich ajoib o'yin ko'rsatayotgani diqqatga sazovordir. U to'purarlar bahsida ham yetakchilardan biri bo'lib turibdi. Tabiiyki, “SHtuttgart” muxlislarining undan umidlari katta va ular Vedaddan bu turda ham gol kutib qolishadi. Ammo “Volfsburg” ga qarshi o'yin oson kechmasligi, aniq. Umuman, bu ikki jamoa o'rtasidagi to'qnashuvlar har doim murosasiz o'tib kelgan. Umid qilamizki, bu safargi bahs ham bundan mustasno bo'lmaydi.

“Volfsburg”: Benaglio - Oks, Knoxe, Rodrigez, Naldo - Luis Gustavo, Medoyevich - Kaligiuri, Perishich, Arnold – I. Olich
“SHtuttgart”: Ulrayx - SHvaab, Rudiger, Niedermayer, Raush - Leytner, Kvist, Gentner, Verner - Maksim – Ibishevich
“SA” taxmini: “Volfsburg” 55%-45% “SHtuttgart”
Stadion: Veltnis-Arena, Gelzenkirxen
Turning qiziq o'tishi kutilayotgan bahslaridan yana biri Gelzenkirxenda bo'lib o'tadi. “SHalke” bu safar autsayderlar safida borayotgan “Frayburg” ni qabul qiladi. Uchrashuvda mezbonlarning g'alabasiga hech kim shubxa qilmayapti. Boisi “SHalke” futbolchilarining turdan-turga o'yinlari ochilib bormoqda. Kristian SHtrayx boshchiligidagi “Frayburg” da esa aksincha - borgan sari o'yin sifati va natija tushib bormoqda. SHu sababdan ham uchrashuvda “SHalke” yaqqol favorit deb sanalmoqda. Ko'ramiz, taxminlar o'zini oqlaydimi yoki “Frayburg” sensatciya ko'rsatib, Veltnis-Arenadan ochko olib ketadimi…

“SHalke 04”: Feyrmann - hovedes, Uchida, Santana, Aogo - Jones, Noyshtedter - Boateng, Farfan, Draksler - Scalai
“Frayburg”: Baumann - Corg, Lorensoni, Krmas, Diagne - Ginter - Klaus, Kokvlin, Fernandes, Mexmedi - Frayc
“SA” taxmini: “SHalke 04” 60%-40% “ Frayburg”
Stadion: BayArena, Leverkuzen
“Bayer”-“Ayntarxt F” uchrashuvi bilan 16 tur bahslariga yakun yasaladi. Ushbu matchning ham qiziq o'tishi kutilmoqda. Ikki xil o'yin ko'rsatayotgan jamoalar bahsi ko'pchilikda qiziqish uyg'otgani bejiz emas. Zero, “Bayer” so'nggi yillarda dastlabki ikki o'rinni hech kimga bermay kelayotgan “Bavariya” hamda “Borussiya D” jamoalarining oralariga kirishga muvaffaq bo'ldi. Sami Xyupiya shogirdlari 37 ochko jamg'argan holda ikkinchi o'rinda borishmoqda. Ularning bu turdagi raqibi Frankfurtning “Ayntraxt” jamoasida esa ishlar unchalik “silliq” kechayotgani yo'q. Frankfurtliklar 11 ochko bilan o'n beshinchi pog'onani band etib turishibdi. Musobaqa etakchilaridan birining autsayderga qarshi bahsi qanday qilib qiziq o'tishi mumkin, dersiz… Ammo, aynan, o'sha etakchining bu turda ham ochko olishning uddasidan chiqa olishi yoki buni uddalay olmasligi ko'pchilik muxlislar uchun qiziq-da! SHu boisdan ham biz sizga ushbu bahsni ham tomosha qilishni maslahat beramiz.

“Bayer”: Leno - Donati, Vollshayd, Toprak, Jan - Bender, Raynartc, Kastro, Rolfes - Son, Kissling
“Ayntraxt F”: Trapp - Yung, Zambrano, Anderson, Ochzipka - Rode - Barnetta, Flum, Mayer, Kadlex - Yo'selu
“SA” taxmini: “Bayer” 60%-40% “Ayntraxt F”
BUNDESLIGA TO'PURARLARI:
Robert Levandovski (Borussiya Dortmund) - 11 (3)
SHtefan Kisling (Bayer Leverkuzen) - 9 (1)
Vedad Ibishevich (SHtuttgart) - 9 (2)
Mario Mandjukich (Bavariya) - 9 (0)
Guvohi bo'lganingizdek, 16 tur ham qiziqarli va murosasiz o'tishi kutilayotgan uchrashuvlarga boy. Bizningcha, ushbu uchrashuvlarni tomosha qilib aslo ketkazgan vaqtingizga achinmaysiz. “SA” sizni har doim bundesligaga oid “qaynoq” xabar va malumotlar bilan tanishtirib boradi. Bundesligani tomosha qiling! Bundesligaga muxlislik qiling!
FIFA.UZda bundesligada 16-turda eng ko'p ochko to'plang va sevimli klubingiz futbolkasiga ega bo'ling. Batafsil malumot.
Zoxirjon AKRAMXONOV tayyorladi

“Gerta” – “Verder”Boshlanish vaqti: 14.12.2013 (00:30)

“Maync“ – “Borussiya M"Boshlanish vaqti: 14.12.2013 (19:30)

“Augsburg“ – “Ayntraxt B"Boshlanish vaqti: 14.12.2013 (19:30)
Stadion: SGL – Arena , Augsburg
Ushbu turda bo'lib o'tadigan o'yinlar orasida unchalik katta qiziqishga sabab bo'lmayotgan matchlardan biri Augsburgda o'tkaziladi. “Augsburg”-“Ayntarxt B” to'qnashuviga muxlislar etibori chindan pastdek, nazarimizda. Braunshvayglik futbolchilar hamon oxirgi o'rinni hech kimga bermay kelishmoqda. Bu jamoa hisobida bor-yo'g'i 8 ochko! mavjud.”Augsburg” da esa ishlar unchalik yomon emas. Bu jamoa o'rtamiyonalardan biri sanaladi va amalda shunday ekanini isbotlamoqda ham. “Augsburg” 15 turdan keyin 20 ochko bilan to'qqizinchi o'rinda bormoqda. Umuman olganda, bu natija “Augsburg” uchun qoniqarlidir. Ko'pchilik mezbonlarning g'alabasiga shubxa qilmayapti. Lekin “Ayntraxt” uchun ochko suv va havodek zarur. Agar bu jamoa muxim ochkolarni yig'maydigan bo'lsa, yangi mavsumni ikkinchi bundesligada boshlashiga to'g'ri keladi. SHu sababdan braunshvaygliklardan ham nimanidir kutsak bo'ladi.
“SA” taxmini bo'yicha jamoalar huyidagi tarkibda maydonga chihadilar:
“Augsburg”: Xits - Ferxaey, Kallsen-Brakker, Klavan, Ostrzolek - Baier - Verner, Xolcxauzer, Vogt, Moravek –Altintop
“Ayntraxt B”: Davari - Bichakchich, Elabdellaui, Pertel, Dogan - Kratc, Toyerkauf, Bellarabi, Boland, Vranchich – Kumbela
“SA” taxmini: “Augsburg” 55%-45% “Ayntraxt” Braunshvayg
“Bavariya“ – “Gamburg"Boshlanish vaqti: 14.12.2013 (19:30)
Stadion: Allianc-Arena, Myunxen
“Gollivud FK” yana bir yangi g'alaba uchun shay holatda! Evropa CHL dagi mag'lubiyatni hisobga olmaganda, “Bavariya” da hammasi joyida. Myunxenliklar bundesliga doirasidagi 40 ta o'yinni mag'lubiyatga uchramagan holda o'tkazishdi va ular bu seriyani hali uzoq davom ettirish niyatidalar. Navbatdagi turda raqiblik qiladigan “Gamburg” ga qarshi bahsga Pep Gvardiola shogirdlari ancha jiddiy tayyorgarlik ko'rishdi. Boisi myunxenliklar “MS” dan uchralgan mag'lubiyat tasodif ekanini butun dunyoga isbotlash niyatidalar. Ammo “Gamburg” ham g'alabani raqibga qo'sh-qo'llab topshirib qo'yadigan jamoa emas. To'g'ri, “Gamburg” hozirda turnir jadvalining 13 pog'onasidan joy olgan. Ammo gamburgliklar hali ham istalgan jamoaga bosh og'rig'i bo'lishi mumkin. SHuni inobatga olsak, Allianc-Arenada bo'lib o'tadigan bahsni tomosha qilish uchun sabablar etarli.
“SA” taxmini bo'yicha jamoalar huyidagi tarkibda maydonga chihadilar:
“Bavariya”: Noyer - Dante, van Buyten, Rafinya, Alaba – SHakiri, Riberi, Gyotce, Kroos, Myuller - Mandjukich
“Gamburg”: Adler - Vestermann, Juru, Tay, Yansen - Arslan, Badelj, Kalhanoglu, Bayster, Ilichevich – Lazogga
“SA” taxmini: “Bavariya” 60%-40% “Gamburg”
“Xoffenxaym“ – “Borussiya D"Boshlanish vaqti: 14.12.2013 (19:30)
Stadion: Virsol Rayn-Nekkar-Arena, Zinsxaym
Zinsxaym jamoasiga bu turda “Borussiya” Dortmund raqiblik qiladi. Raqib ancha jiddiy, ammo yutish mumkin bo'lmagan jamoa mavjud emas (“Bavariya” dan tashqari (Germaniyada)). SHuni hisobga olgan holda “Xoffenxaym” chempionat etakchilaridan birini mag'lub etib, muxim ochkolarni qo'lga kiritmoqchi. Biroq buni amalga oshirish oson kechmasligi – hammamizga tushunarli. Dortmundliklar asta-sekin o'z formalarini tiklab borishmoqda. CHL da guruhdan chiqish vazifasining uddalangani ham “Borussiya” o'ziga kelayotganidan dalolat berib turibdi. Bundan xulosa qilish mumkin-ki, Rayn-Nekkar-Arenada o'tkaziladigan uchrashuv anchagina qiziq o'tadi.
“SA” taxmini bo'yicha jamoalar huyidagi tarkibda maydonga chihadilar:
“Xoffenxaym”: Kastels - Abraham, Bek, Jonson, Suyle - SHtrobl, Salihovich - Firmino, Folland, Al-Yunusi - Modeste
“Borussiya D”: Vaydenfyoller - Grosskroyc, Fridrix, Kel, Durm - Bender, Blashchikovski, G. Mxitaryan, SHaxin, Roys - Levandovski
“SA” taxmini: “Xoffenxaym” 45%-55% “Borussiya” Dortmund
“Gannover“ – “Nyurnberg”Boshlanish vaqti: 14.12.2013 (19:30)
Stadion: HDI Arena, Gannover
“Nyurnberg” 16 turda “Gannover” mexmoni bo'ladi. Bundesliganing eng omadsiz jamoasi bo'lib turgan Gertyan Verbek shogirdlari hamon g'alaba qozona olishgani yo'q. Bu jamoa hisobida 9 ochko mavjud va eng qiziq tomoni shundaki, bu 9 ochkoni yig'ish uchun nyurnberglik futbolchilar to'qqiz bor durrang o'ynashlariga to'g'ri keldi. Qolgan 6 ta bahsda esa Verbek ustozligidagi jamoa mag'lubiyat alamini totishga majbur bo'ldi. “Gannover“ bo'lsa 17 ochko bilan 12 pog'onada bormoqda. Bu matchda ko'pchilik muxlis va mutaxassislar mezbonlarning g'alabasini taxmin qilishmoqda. Amalda ham shunday bo'lib chiqramikan! Bunisini yaqin vaqt orasida bilib olamiz…
“SA” taxmini bo'yicha jamoalar huyidagi tarkibda maydonga chihadilar:
“Gannover”: Ciler - Marselo, Sakai, SHulc, Prib - SHmiedebax, Xusti, Andreasen, SHlaudraff - Sobiex, Diuf
“Nyurnberg”: SHeyfer - Nilsson, Pogatetz, Plattenxardt, CHandler - Franc – Xasebe, Drmich, Foylner, Kiyotake - Ginchzek
“SA” taxmini: “Gannover” 60%-40% “Nyurnberg”
“Volfsburg” – “SHtuttgart"Boshlanish vaqti: 14.12.2013 (22:30)
Stadion: Folksvagen-Arena, Volfsburg
Turning markaziy uchrashuvi Volfsburg shahri ko'rkiga ko'rk qo'shib turgan, Germaniyadagi eng muxtasham arenalardan biri sanaluvchi Folksvagen-Arenada bo'lib o'tadi. Unda “Volfsburg” va “SHtuttgart” jamoalari o'zaro bahs yuritishadi. “Bo'rilar” uchun mavsum yaxshi kechmoqda. Ular 26 ochko bilan turnir jadvalining beshinchi pog'onasida borishmoqda. Diter Xekking jamoasi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borayotgan bir paytda Tomas SHnayder boshchiligidagi “SHtuttgart” o'ninchi o'rinda borgan holda o'z muxlislarini biroz ranjitmoqda. Mavsum avvalidagi omadsiz start “SHtuttgart” ga xozirgacha hamroxlik qilib kelmoqda. Ammo so'nggi turlarda qayd etilgan natijalarga etibor berib, Tomas SHnayder shogirdlari asta-sekin o'z o'yinlarini topib borayotganliklarini etirof etishimiz mumkin. Ayniqsa, Bolqonlik xujumchi Vedad Ibishevich ajoib o'yin ko'rsatayotgani diqqatga sazovordir. U to'purarlar bahsida ham yetakchilardan biri bo'lib turibdi. Tabiiyki, “SHtuttgart” muxlislarining undan umidlari katta va ular Vedaddan bu turda ham gol kutib qolishadi. Ammo “Volfsburg” ga qarshi o'yin oson kechmasligi, aniq. Umuman, bu ikki jamoa o'rtasidagi to'qnashuvlar har doim murosasiz o'tib kelgan. Umid qilamizki, bu safargi bahs ham bundan mustasno bo'lmaydi.
“SA” taxmini bo'yicha jamoalar huyidagi tarkibda maydonga chihadilar:
“Volfsburg”: Benaglio - Oks, Knoxe, Rodrigez, Naldo - Luis Gustavo, Medoyevich - Kaligiuri, Perishich, Arnold – I. Olich
“SHtuttgart”: Ulrayx - SHvaab, Rudiger, Niedermayer, Raush - Leytner, Kvist, Gentner, Verner - Maksim – Ibishevich
“SA” taxmini: “Volfsburg” 55%-45% “SHtuttgart”
“SHalke 04“ – “Frayburg"Boshlanish vaqti: 15.12.2013 (19:30)
Stadion: Veltnis-Arena, Gelzenkirxen
Turning qiziq o'tishi kutilayotgan bahslaridan yana biri Gelzenkirxenda bo'lib o'tadi. “SHalke” bu safar autsayderlar safida borayotgan “Frayburg” ni qabul qiladi. Uchrashuvda mezbonlarning g'alabasiga hech kim shubxa qilmayapti. Boisi “SHalke” futbolchilarining turdan-turga o'yinlari ochilib bormoqda. Kristian SHtrayx boshchiligidagi “Frayburg” da esa aksincha - borgan sari o'yin sifati va natija tushib bormoqda. SHu sababdan ham uchrashuvda “SHalke” yaqqol favorit deb sanalmoqda. Ko'ramiz, taxminlar o'zini oqlaydimi yoki “Frayburg” sensatciya ko'rsatib, Veltnis-Arenadan ochko olib ketadimi…
“SA” taxmini bo'yicha jamoalar huyidagi tarkibda maydonga chihadilar:
“SHalke 04”: Feyrmann - hovedes, Uchida, Santana, Aogo - Jones, Noyshtedter - Boateng, Farfan, Draksler - Scalai
“Frayburg”: Baumann - Corg, Lorensoni, Krmas, Diagne - Ginter - Klaus, Kokvlin, Fernandes, Mexmedi - Frayc
“SA” taxmini: “SHalke 04” 60%-40% “ Frayburg”
“Bayer“ Leverkuzen – “Ayntraxt F"Boshlanish vaqti: 08.12.2013 (21:30)
Stadion: BayArena, Leverkuzen
“Bayer”-“Ayntarxt F” uchrashuvi bilan 16 tur bahslariga yakun yasaladi. Ushbu matchning ham qiziq o'tishi kutilmoqda. Ikki xil o'yin ko'rsatayotgan jamoalar bahsi ko'pchilikda qiziqish uyg'otgani bejiz emas. Zero, “Bayer” so'nggi yillarda dastlabki ikki o'rinni hech kimga bermay kelayotgan “Bavariya” hamda “Borussiya D” jamoalarining oralariga kirishga muvaffaq bo'ldi. Sami Xyupiya shogirdlari 37 ochko jamg'argan holda ikkinchi o'rinda borishmoqda. Ularning bu turdagi raqibi Frankfurtning “Ayntraxt” jamoasida esa ishlar unchalik “silliq” kechayotgani yo'q. Frankfurtliklar 11 ochko bilan o'n beshinchi pog'onani band etib turishibdi. Musobaqa etakchilaridan birining autsayderga qarshi bahsi qanday qilib qiziq o'tishi mumkin, dersiz… Ammo, aynan, o'sha etakchining bu turda ham ochko olishning uddasidan chiqa olishi yoki buni uddalay olmasligi ko'pchilik muxlislar uchun qiziq-da! SHu boisdan ham biz sizga ushbu bahsni ham tomosha qilishni maslahat beramiz.
“SA” taxmini bo'yicha jamoalar huyidagi tarkibda maydonga chihadilar:
“Bayer”: Leno - Donati, Vollshayd, Toprak, Jan - Bender, Raynartc, Kastro, Rolfes - Son, Kissling
“Ayntraxt F”: Trapp - Yung, Zambrano, Anderson, Ochzipka - Rode - Barnetta, Flum, Mayer, Kadlex - Yo'selu
“SA” taxmini: “Bayer” 60%-40% “Ayntraxt F”
# |
Jamoa |
O' |
YU |
D |
M |
T - N |
Ochk |
1 |
Bayern Munich |
15 |
13 |
2 |
0 |
39 - 7 |
41 |
2 |
Bayer Leverkusen |
15 |
12 |
1 |
2 |
32 - 14 |
37 |
3 |
Borussia Dortmund |
15 |
10 |
1 |
4 |
35 - 16 |
31 |
4 |
Borussia Monchengladbach |
15 |
10 |
1 |
4 |
33 - 17 |
31 |
5 |
Wolfsburg |
15 |
8 |
2 |
5 |
23 - 16 |
26 |
6 |
Schalke 04 |
15 |
7 |
3 |
5 |
30 - 28 |
24 |
7 |
Hertha Berlin |
15 |
6 |
4 |
5 |
22 - 17 |
22 |
8 |
Mainz 05 |
15 |
6 |
2 |
7 |
22 - 29 |
20 |
9 |
Augsburg |
15 |
6 |
2 |
7 |
16 - 23 |
20 |
10 |
VfB Stuttgart |
15 |
5 |
4 |
6 |
28 - 28 |
19 |
11 |
Hoffenheim |
15 |
4 |
5 |
6 |
34 - 35 |
17 |
12 |
Hannover 96 |
15 |
5 |
2 |
8 |
19 - 26 |
17 |
13 |
Hamburger SV |
15 |
4 |
4 |
7 |
30 - 32 |
16 |
14 |
Werder Bremen |
15 |
4 |
4 |
7 |
19 - 34 |
16 |
15 |
Eintracht Frankfurt |
15 |
2 |
5 |
8 |
18 - 28 |
11 |
16 |
Freiburg |
15 |
2 |
5 |
8 |
14 - 28 |
11 |
17 |
Nurnberg |
15 |
0 |
9 |
6 |
14 - 30 |
9 |
18 |
Braunschweig |
15 |
2 |
2 |
11 |
8 - 28 |

Fikrlar