So’nggi yangiliklar

15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  1 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  2 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  78 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  3 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  11 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2

Bundan roppa-rosa 10 yil oldin Toshkent mezbonlik qilgan, Hakimov va Minamino to'purar bo'lgan Osiyo chempionatini yodga olamiz Yangiliklar

Bundan roppa-rosa 10 yil oldin Toshkent mezbonlik qilgan, Hakimov va Minamino to'purar bo'lgan Osiyo chempionatini yodga olamiz

Mamlakatimiz shu vaqtga qadar ikki bor o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonliq qilgan.

Ilk bor 2008 yil Osiyo chempionatini o'zida qabul qilgan O'zbekiston turnirni yuqori darajada tashkillashtirgandi. Biroq, o'shanda Robert Gay boshchiligidagi o'smirlarimiz muvaffaqiyatsiz ishtirok etgandi. SHunga qaramasdan OFK ikkinchi bor qita chempionati mezbonligini O'zbekistonga topshirdi. Aleksey Evstafeev va Ahmadjon Musaev boshchiligidagi 1994 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat o'smirlar terma jamoamiz musobaqada juda yaxshi qatnashib finalga qadar etib borgan, vakillarimiz ko'rsatayotgan o'yin esa barchaga manzur kelayotgandi. Biroq, finalda Alirizo Fag'oniy boshchiligidagi hakamlar guruhi KXDRni chempion bo'lishiga ko'maklashib yuborgandi. Abbosbek Maxstaliev va Sardor Rahmonovlar qay tarzda maydondan chetlatilgani yodingizda bo'lsa keraga. Qita birinchiligida barchani o'ziga rom qilgan o'smirlarimiz Meksikadagi Jahon chempionatida ham barchaning nigohini o'ziga qaratgandi. Lekin, ming afsuski shunday ajoyib avloddan bugungi kunda sanoqli futbolchilar Superligada harakat qilmoqda. 


Ushbu tarkibdan bugungi kunda Sardor Rahmonov, Sardor Sobirxo'jaevlargina yuqori darajada to'p tepmoqda. Qolganlarning taqdiri esa turlicha kechdi. Aksariyat futbolchilar butsalarini erta mixga ildi.


Musobaqa davomida yaponiyalik Takumi Minamino bilan to'purar bo'lgan Temur Hakimov hozirda "Oq-tepa" jamoasi futbolchisi, Minamino esa "Liverpul"da...


KXDR futboli o'sha yillarda o'zining cho'qqisiga chiqib borayotgandi. O'smirlari chempionlikni qo'lga kiritgan, milliy terma jamoasi esa JARdagi Jahon chempionatida ishtirok etgan edi. 


Zabixillo O'rinboev, Sardor Rahmonov, Jasur Hakimov. Bugungi kunda katta futbolda o'z o'rnini topgan ushbu avlodning kam sonli futbolchilaridan biri. 


Aleksey Evstafeev ayni vaqtda Rossiyada istiqomat qilmoqda. Ahmadjon Musaev esa bolalar futbolida murabbiylikni davom ettirmoqda.


Bugungi kunda Pro liga vakili "Istiqlol" jamoasi sharafini himoya qilayotgan Abbosbek Maxstalievdan ham ko'p narsa kutilgandi. Lekin...

Fotosuratlar uchun Hasan Pirmuhammedovga o'zimizni samimiy minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика